Qavmi unga: “Ey Muso, u yerda juda bahaybat odamlar bor. Ular u yerdan chiqib ketmagunlaricha biz u yerga aslo kirib bormaymiz. Agar u yerdan chiqsalar shunda biz, albatta, unga kirib boruvchimiz”, – dedilar.
There are 10 verses derived from the masdar-o'zak ج ب ر you searched for.
jabbar, jabbarning, bosh ko'taruvchi, bir jabbar, jabbarlar kabi, bir majburlovchi, Jabbordir (xohlaganini majburan qildiruvchi)
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Qavmi unga: “Ey Muso, u yerda juda bahaybat odamlar bor. Ular u yerdan chiqib ketmagunlaricha biz u yerga aslo kirib bormaymiz. Agar u yerdan chiqsalar shunda biz, albatta, unga kirib boruvchimiz”, – dedilar.
Mana bular Od qabilasining oqibatidir. Chunki ular bila turib Robbilarining oyatlarini yolg‘onga chiqardilar va payg‘ambarlariga itoatsizlik qildilar hamda har qanday zolimu qaysarlarning asossiz buyruqlariga ergashdilar.
Soʻngra payg‘ambarlar moʻminlarning g‘alabasi uchun madad tiladilar va har bir zolim va qaysar kimsalar umidsizlikka uchradi.
U ota-onasiga mehribon boʻlib, jabr qiluvchi, osiy boʻlmadi.
Shuningdek, meni onamga mehribon qildi va meni takabbur, badbaxt qilmadi.
Agar mazlum va bechoralarni ushlasangiz, ularga rahm qilmay zolimlardek ushlaysizlar.
Shunda ham Muso ikkoviga dushman boʻlgan u qibtiy kimsani ajratib olmoqchi boʻlganida bani Isroillik odam baqirib: “Ey Muso, kecha bir jonni oʻldirganing kabi bugun meni ham oʻldirmoqchimisan?! Sen faqat yer yuzida jabr qiluvchi boʻlmoqchisan. Sen isloh qiluvchilardan boʻlishni xohlamaysan”, – dedi.
Allohning oyatlari haqida oʻzlariga kelgan biror dalilsiz tortishadigan kimsalar Alloh nazdida ham, iymon keltirgan zotlar nazdida ham qattiq nafratga qoladilar. Alloh har bir mutakabbir va zoʻravonning qalbini mana shunday muhrlab qoʻyadi.
Biz kofirlar aytayotgan gaplarni yaxshi bilamiz. Ey Rasulim, siz ularning ustida dinga majburlovchi emassiz. Bas, ushbu Qurʼon bilan Mening tahdidimdan qoʻrqadigan kishilarga nasihat qiling.
U Alloh, shunday Zotdirki, Undan oʻzga iloh yoʻq. U butun borliqning podshohi boʻlgan – Malik, barcha ayb-nuqsonlardan pok – Quddus, bandalariga omonlik beruvchi – Muʼmin, osoyishtalik ato qiluvchi – Salom, barcha narsani kuzatib turuvchi – Muhaymin, qudrat sohibi – Aziz, boʻysundiruvchi – Jabbor va hammadan ulug‘ boʻlgan – Mutakabbir Zotdir. Alloh mushriklarning keltirayotgan shirklaridan pokdir.