Ey Rasulim, ularning aytayotgan gaplari, albatta, sizni xafa qilayotganini bilib turibmiz. Ular aslida sizni yolg‘onchiga chiqarmayaptilar, lekin bu zolimlar Allohning oyatlariga qarshi chiqmoqdalar.
There are 12 verses derived from the masdar-o'zak ج ح د you searched for.
yolg'onlaydilar, hatto turib inkor, inkor qildi, inkor qilayotirlar, va inkor qildilar, inkor qilmaydi, qasddan inkor qilmoqda, inkorga, inkor qilishlari, hatto turib inkor qilayotgan edilar
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Rasulim, ularning aytayotgan gaplari, albatta, sizni xafa qilayotganini bilib turibmiz. Ular aslida sizni yolg‘onchiga chiqarmayaptilar, lekin bu zolimlar Allohning oyatlariga qarshi chiqmoqdalar.
Ular dinlarini bekorchi narsa va oʻyin-kulgu qilib olgan hamda ularni oʻtkinchi dunyo hayoti aldab qoʻygan kimsalardir. Demak, bugun ular bu kunga roʻbaroʻ kelishni unutganlari va oyatlarimizni inkor qilganlari uchun biz ham ularni unutamiz.
Mana bular Od qabilasining oqibatidir. Chunki ular bila turib Robbilarining oyatlarini yolg‘onga chiqardilar va payg‘ambarlariga itoatsizlik qildilar hamda har qanday zolimu qaysarlarning asossiz buyruqlariga ergashdilar.
Alloh rizq xususida ayrimlaringizni ayrimlaringizdan ustun qilib qoʻydi. Bas, bu rizqda ustun qilingan kishilar oʻz rizqlarini qoʻl ostidagi qullariga qaytarib boy va kambag‘allikda unda barchalari barobar boʻlib olmaydilar-ku! Nega unda, Allohning neʼmatini inkor qiladilar.
Oʻzlari aniq bilgan boʻlsalar ham, zulm va kibrga berilib, u moʻʼjizalarni inkor qildilar. Endi ey Muhammad, buzg‘unchilarning oqibati qanday boʻlganini koʻring.
Ey Muhammad, shunday qilib, sizga kitobni nozil qildik. Bas, Biz ilgari Tavrot va Injil kitobini bergan zotlar unga iymon keltiradilar. Ana u Makka ahli orasidagilarda ham unga iymon keltiradigan kishilar bordir. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlar inkor qiladilar.
Yoʻq, bu Qurʼon ilm berilgan zotlarning qalblaridagi aniq oyatlardir. Bizning oyatlarimizni faqat zolimlar inkor qiladilar.
Qachonki, odamlarni dengizda ketayotganlarida tog‘lardek toʻlqinlar oʻrab olsa, Allohning diniga ixlos etgan hollarida duo qila boshlaydilar. Bas, qachonki, Alloh ularga najot berib, eson-omon quruqlikka chiqarsa, u holda ulardan ayrimlarigina toʻg‘ri yoʻl tutuvchidir. Bizning oyatlarimizni faqat barcha xoin va noshukr kimsalargina inkor qiladilar.
Allohning oyatlarini inkor qiluvchi kimsalar mana shunday toʻg‘ri yoʻldan burilib ketadilar.
Bas, Od qavmi yer yuzida nohaq kibrlanib: “Dunyoda bizdan ham quvvatliroq kim bor?” – dedi. Axir, ularni yaratgan Alloh kuch-qudratda ulardan quvvatliroq ekanini bilmadilarmi?! Ular Bizning oyatlarimizni inkor qilar edilar.
Bu azob Alloh dushmanlarining jazosi boʻlgan doʻzaxdir. Oyatlarimizni inkor qilganlarining jazosi sifatida ularga u yerda mangulik diyori bordir.
Ey Makka ahli, holbuki, Biz boylik va quvvat jihatidan sizlarga bermagan imkonlarni ularga bergan edik. Ularga puxta eshituvchi quloqlar, teran koʻzlar va dillarni ato qilgan edik. Lekin ular Allohning oyatlarini inkor etganlari uchun ularga quloqlari ham koʻzlari ham, dillari ham biror foyda bermadi va ularni oʻzlari masxara qilib yurgan narsalari oʻrab oldi.