Alloh Muhammadni yana ulardan boshqalarga – dunyoga keyin kelib ularga yetisha olmagan insonlar uchun ham yubordi. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
There are 210 verses derived from the masdar-o'zak ح ك م you searched for.
hokim bo'lgansan, hukm beradi, va hikmatini, Hokim bo'lgan, hokimlar(ning oldi)ga, hukm va hikmat egasidir, hukm qilmoq uchun, hokimdir, va Hikmat(dan), va hikmat
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Alloh Muhammadni yana ulardan boshqalarga – dunyoga keyin kelib ularga yetisha olmagan insonlar uchun ham yubordi. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Alloh maxfiy va oshkora ishlarni biluvchi, qudrat va hikmat sohibidir.
Darvoqe, Alloh sizlar uchun maʼlum miqdorda kafforat toʻlab qasamlaringizdan qutulib chiqishni buyurgan. Alloh sizlarning Xojangizdir. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ey mushriklar, sizlarga nima boʻldi? Qanday hukm chiqarmoqdasizlar?!
Yoki sizlar uchun Bizning zimmamizda: “Oʻzlaringiz hukm qilgan narsa sizlarniki boʻladi”, – degan to qiyomat kunigacha yetadigan qasamlar bormi?!
Bas, ey Muhammad, Robbingizning hukmiga sabr qiling va nahang balig‘i sohibi Yunus payg‘ambar singari besabr boʻlmang! Qaysiki, u baliq qornida turib g‘amga toʻlgan holda Robbisiga nido qilgan edi.
Bas, siz Robbingizning hukmiga sabr qiling va ulardan biror gunohkor yo noshukrga itoat qilmang!
Ey insonlar, xohishlaringiz faqat Alloh xohlasagina boʻladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Axir, Alloh oʻsha kunda hukm qiluvchilarning eng adolatlisi emasmi?!
Axir, Alloh oʻsha kunda hukm qiluvchilarning eng adolatlisi emasmi?!