Bas, agar chaqirganlaringiz sizlarga javob qilmasalar, unda bilingki, albatta, nozil qilingan Qurʼon Allohning ilmi bilan vahiy qilingandir. Hamda Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Bas, endi sizlar musulmonlardan boʻlasizlarmi?!
There are 152 verses derived from the masdar-o'zak أ ل ه you searched for.
sening xudoyingga, va xudosiga, Xudosiga, Xudoyingiz, Xudodir, xudo, Allohim, xudodir, iloh, ilohdan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Bas, agar chaqirganlaringiz sizlarga javob qilmasalar, unda bilingki, albatta, nozil qilingan Qurʼon Allohning ilmi bilan vahiy qilingandir. Hamda Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Bas, endi sizlar musulmonlardan boʻlasizlarmi?!
Keyin Od qabilasiga birodarlari Hudni payg‘ambar qilib yubordik. Hud payg‘ambar: “Ey qavmim, faqat Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan boshqa iloh yoʻq. Sizlar faqat turli ilohlarni oʻzingiz toʻqib oluvchilarsiz”, – dedi.
Shunda Hud payg‘ambarning qavmi: “Ey Hud, bizga hali biror dalilni keltirmading. Biz sening oddiy gaping bilan ilohlarimizni tark qiluvchi va senga ishonuvchilar ham emasmiz”, – dedi.
Biz seni, balki, baʼzi ilohlarimiz yomonlik bilan chalib ketgandir, – deb aytmoqchimiz. Shunda Hud ularga: “Albatta, men Allohni guvoh qilaman va siz ham guvoh boʻling, men sizlar shirk keltirayotgan narsalardan bezorman”, – dedi.
Keyin Samud qabilasiga birodarlari Solihni payg‘ambar qilib yubordik. Solih payg‘ambar: “Ey qavmim, faqat Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan boshqa iloh yoʻq. U sizlarni Yerdan paydo qilib, unda sizlarni joylashtirdi va uni obod etuvchi qildi. Bas, Undan mag‘firat tilanglar keyin Unga tavba qilinglar. Albatta, Robbim sizga shoh tomiringizdan ham yaqin va duolarni ijobat qiluvchi Zotdir”, – dedi.
Madyan qavmiga birodarlari Shuʼaybni payg‘ambar qilib yubordik. Shuʼayb payg‘ambar: “Ey qavmim, faqat Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan boshqa iloh yoʻq. Hamda savdoda oʻlchov va tarozudan urib qolmang. Shubhasiz, men sizlarni bu hayotda yaxshi farovonliklar ichida koʻryapman. Agarda daʼvatimga ijobat qilmasangiz, sizlarga hammani oʻrab oluvchi kun boʻlgan qiyomatning azobi kelishidan xavotir olyapman”, – dedi.
Ularga Biz zulm qilmadik, aksincha, ular oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar. Robbingizning azob farmoni kelganda esa, Allohni qoʻyib sig‘ingan soxta ilohlari hech qanday foyda bermadi va ularga zarardan boshqa narsani orttirmadi.
Shunday qilib, sizni undan oldin ham koʻplab ummatlar oʻtgan bir ummat ichiga sizga vahiy qilgan Qurʼonni tilovat qilib berishingiz uchun yubordik. Holbuki, ular daʼvatga quloq tutmay Rahmonni inkor qilar edilar. Ularga: “U mening Robbimdir, Undan oʻzga iloh yoʻq. Uning Oʻziga suyandim va tavba qilishim ham yolg‘iz Ungadir”, – deb ayting.
Ey odamlar, Alloh tarafidan nozil qilingan bu Qurʼon insoniyatga u bilan ogohlantirilishlari va U yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari eslatma olishlari uchun bir yetkazishdir.
Unday kimsalar Allohga boshqa soxta “iloh”ni sherik qiladilar. Bas, yaqinda qilmishlarining oqibatini bilib oladilar.
Alloh taolo: “Shubhasiz, Mendan oʻzga iloh yoʻq. Bas, faqat Mendan qoʻrqinglar”,-deb payg‘ambarlariga bashariyatni ogohlantirishlari uchun xohlagan kishisiga Oʻz amridan farishtalarni vahiy bilan tushiradi.
Ilohingiz yagona Ilohdir. Bas, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari Allohning yagona ekanligini inkor qiluvchidir, oʻzlari esa takabburdirlar.
Ilohingiz yagona Ilohdir. Bas, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari Allohning yagona ekanligini inkor qiluvchidir, oʻzlari esa takabburdirlar.
Alloh taolo: “Ikki xudo qilib olmanglar! Albatta, U yagona ilohdir! Bas, Mendangina qoʻrqinglar”, – dedi.
Alloh taolo: “Ikki xudo qilib olmanglar! Albatta, U yagona ilohdir! Bas, Mendangina qoʻrqinglar”, – dedi.
Alloh bilan birga boshqa ilohni sherik qilmang. Aks holda, mazammatga uchrab, chorasiz oʻtirib qolasiz.
Ey Rasulim, bu oyatlar Robbingizning sizga vahiy qilgan hikmatlaridan bir qismidir. Allohga boshqa bir soxta ilohni sherik qilmang. Aks holda, malomatlangan va Allohning rahmatidan mahrum boʻlgan holda jahannamga tashlanasiz.
Ey Muhammad, ularga: “Agarda mushriklar aytganlaridek U bilan birga boshqa ilohlar ham boʻlganida edi, u holda ular Arshga ega boʻlishga yoʻl izlagan boʻlar edilar”, – deb ayting.
Biz ularning qalblarini iymon bilan quvvatlantirdik. Oʻshanda ular zolim shoh qarshisida turib: “Bizning Robbimiz osmonlar va Yerning Parvardigoridir. Undan boshqa Ilohga aslo iltijo qilmaymiz. Aks holda, nohaq soʻzni aytgan boʻlamiz”, – dedilar.
Ana u qavmimiz esa Undan boshqalarni iloh qilib oldilar. Qani, u butlarga iloh ekani haqida biror aniq hujjat keltira olarmikinlar?! Bas, Alloh shaʼniga yolg‘on uydirgan odamdan ham zolimroq kim bor?!