Bas, Alloh ularga mana shu dunyo hayotida sharmandalikni tottirdi. Oxirat azobi esa yanada kattaroqdir. Agar ular jazoning yomonligini bilganlarida edi, payg‘ambarlarni inkor qilmagan boʻlar edilar.
There are 26 verses derived from the masdar-o'zak خ ز ي you searched for.
sharmanda bo'lishdan, sharmanda, uni xor qilgansan, bizni sharmanda, xor qilma, bir sharmandalikdir, sharmanda, xor qiladi, va ularni sharmanda qilsin, sharmanda qiluvchi, pastligidan, meni sharmanda qilmang
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Bas, Alloh ularga mana shu dunyo hayotida sharmandalikni tottirdi. Oxirat azobi esa yanada kattaroqdir. Agar ular jazoning yomonligini bilganlarida edi, payg‘ambarlarni inkor qilmagan boʻlar edilar.
Yaqinda kimga xor qiladigan azob kelishini va doimiy azob tushishini bilib olasizlar.
Bas, ularning ustiga mana shu dunyo hayotida xor qiluvchi azobni tottirib qoʻyish uchun mashʼum kunlarda ustilariga bir dahshatli boʻron yubordik. Oxirat azobi esa, shubhasiz, yanada sharmandali boʻladi va ularga oʻzlari sig‘inib yurgan butlari tomonidan hech qanday yordam berilmaydi.

Ey iymon keltirganlar, sizlarning Banu Nazir xurmozorlaridan biror xurmolarni kesganingiz yoki oʻz tanalarida turgan holda qoldirganingiz faqat Allohning izni bilan va fosiqlarni sharmanda qilish uchun boʻldi.
Ey iymon keltirganlar, Allohga xolis tavba qilinglar, shoyadki, Robbingiz yomonliklaringizni oʻchirib, sizlarni tagidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritsa! U kunda Alloh payg‘ambarni va u bilan birga iymon keltirganlarni sharmanda qilmaydi. Ularning nurlari oldilarida va oʻng tomonlarida yuradi. Ular: “Ey Robbimiz, Oʻzing bizlarga nurimizni batamom qilib bergin va bizlarni mag‘firat qilgin. Albatta, Sen har narsaga qodirdirsan”, – deydilar.