Agar Biz ushbu Qurʼonni biror tog‘ ustiga nozil qilganimizda edi, albatta, u tog‘ni Allohdan qoʻrqqanidan titrab-qaqshab, parchalanib ketganini koʻrar edingiz. Bu misollarni odamlarga shoyad, tafakkur qilsalar deb, keltirmoqdamiz.
There are 48 verses derived from the masdar-o'zak خ ش ي you searched for.
qo'rquvi-, ulardan qo'rqmang, mendan qo'rqing, ulardan qo'rqing, xavotir bo'lganlar, qo'rqqanlar, qo'rqa boshladilar, qo'rqqandek, qo'rquv bilan, ulardan qo'rqmang
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Agar Biz ushbu Qurʼonni biror tog‘ ustiga nozil qilganimizda edi, albatta, u tog‘ni Allohdan qoʻrqqanidan titrab-qaqshab, parchalanib ketganini koʻrar edingiz. Bu misollarni odamlarga shoyad, tafakkur qilsalar deb, keltirmoqdamiz.
Robbilaridan g‘oyibona qoʻrqadigan kimsalar uchun mag‘firat va katta mukofot bordir.
Men seni Robbing yoʻliga hidoyat qilsam, shoyadki, sen U zotdan qoʻrqsang.
Albatta, bu qissada Allohdan qoʻrqadigan kishilar uchun katta ibrat bordir.
Siz faqat undan qoʻrqadigan kishilarni ogohlantiruvchisiz.
Hamda u Allohdan qoʻrqqan holida kelgan kishi edi.
Allohdan qoʻrqadigan kishi undan eslatma oladi.
Robbilari huzuridagi ularning mukofotlari tagidan anhorlar oqib turadigan Adn jannatlaridir. Ular oʻsha joyda abadiy qoluvchidirlar. Alloh ulardan rozi boʻladi, ular Allohdan rozi boʻladilar. Bu mukofot Robbisidan qoʻrqqan kishilar uchundir.