Ey Robbimiz, hammaning hisob qilinadigan qiyomat kuni meni, ota-onamni va barcha moʻminlarni mag‘firat qilgin.
There are 980 verses derived from the masdar-o'zak ر ب ب you searched for.
Robbi, Robblari, Robbingizga, Robbing, Robbi, Robblariga, Robbingiz, Robbiga, robblarining, Robbingiz
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Robbimiz, hammaning hisob qilinadigan qiyomat kuni meni, ota-onamni va barcha moʻminlarni mag‘firat qilgin.
Ey Rasulim, odamlarni ogohlantirib qoʻyingki, ularga azob keladigan qiyomat kunida zulm qilganlar: “Ey Robbimiz, bizlarga ozgina muhlat bergin, Sening chaqirig‘ingni qabul qilamiz va payg‘ambarlarga ergashamiz”, – deydilar. Shunda ularga: “Ilgari dunyoda ekaningizda aslo oxirat jazosiga duch kelmay, sizlar uchun zavol yoʻqligi haqida qasam ichmagan edingizmi?!” – deyiladi.
Shubhasiz, Robbingizning Oʻzi qiyomat kuni ularni toʻplaydi. Albatta, U hikmat egasi – Hakim va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Ey Muhammad: Robbingiz farishtalarga: “Men qora balchiqdan olib, quritilgan loydan bir inson yaratuvchiman”, – deb aytganini eslang.
Iblis iltijo qilib: “Ey Robbim, unday boʻlsa, menga ular qayta tiriladigan kungacha oʻlmasdan yashashim uchun muhlat bergin”, – dedi.
Iblis: “Ey Robbim, ont ichamanki, endi meni yoʻldan ozdirganing sababli, albatta, u Odam bolalariga Yerdagi barcha yomon ishlarni chiroyli qilib koʻrsataman va albatta, ularning hammasini yoʻldan ozdiraman”, – dedi.
Ibrohim ularga: “Ha, albatta, Robbisining rahmatidan faqat adashgan kimsalargina noumid boʻladilar”, – dedi.
Albatta, Robbing U koʻplab yaratuvchi – Xalloq va hamma narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.
Ey Muhammad, Robbingizga qasamki, albatta, ularning barchasini soʻroqqa tutaman.
Bas, Robbingizga hamd bilan tasbeh ayting va yolg‘iz Allohga sajda qiluvchilardan boʻling.
Hamda oʻlim deb ataluvchi mutlaq haqiqat yaqin kelguncha Robbingizga ibodat qilavering.
Shuningdek, ular yuklaringizni jon mashaqqatisiz yetib bora olmaydigan yurtlarga koʻtarib boradi. Shubhasiz, Robbingiz bandalariga shafqatli – Raʼuf va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Ularga: “Robbingiz Muhammadga nimani nozil qildi?” – deyilsa, ular masxara qilib: “Avvalgi oʻtganlarning afsonalarini”, – deydilar.
Allohdan qoʻrqqan kimsalarga: Robbingiz payg‘ambariga nimani nozil qildi?” – deyilsa, ular: “Yaxshilikni”, – deydilar. Bu dunyoda goʻzal ish qilganlar uchun ham chiroyli mukofot bor. Lekin shubhasiz, oxirat diyori yanada yaxshiroqdir. Taqvodorlarning diyori qanday ham yaxshi!
Kofirlar esa faqat oʻzlariga ajal farishtalari kelishini yoki Robbingizdan azob tushish haqidagi amrni kelishini kutib turadilar. Ulardan oldin oʻtgan kofirlar ham mana shunday qilgan edilar. Alloh ularga zulm qilmadi, aksincha, ular oʻzlariga zulm qiluvchi boʻldilar.
Ular zolimlarning ozorlariga sabr qilgan va Robbilariga suyanadiganlardir.
Yoki qilgan gunohlari oqibatidan qoʻrqib yurgan paytlarida, ularni biror falokat ushlab qolishidan qoʻrqmaydilarmi?! Darhaqiqat, shunda ham Robbingiz odamlarga shafqatli – Raʼuf va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Farishtalar tepalaridagi kuzatib turgan Robbilaridan qoʻrqadilar va, faqat oʻzlariga buyurilgan ishlarnigina qiladilar.
Soʻngra Alloh sizlardan oʻsha musibatni daf etgach, sizlarning orangizdan bir toʻda chiqib yana Robbilariga shirk keltiradilar.
Ey Muhammad, Robbingiz asalariga vahiy qilib: “Asal qilish uchun tog‘larga, daraxtlarga va odamlar koʻtarib qoʻygan ishkomlarga uy qurgin”, – dedi.