Ey Muhammad, sizga Robbingizdan nozil qilingan narsaning, shubhasiz, haq ekanini biladigan kimsa qalb koʻzi koʻr odam kabi boʻladimi? Undan faqatgina, aql egalari eslatma oladi.
There are 980 verses derived from the masdar-o'zak ر ب ب you searched for.
Robbi, Robblari, Robbingizga, Robbing, Robbi, Robblariga, Robbingiz, Robbiga, robblarining, Robbingiz
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Muhammad, sizga Robbingizdan nozil qilingan narsaning, shubhasiz, haq ekanini biladigan kimsa qalb koʻzi koʻr odam kabi boʻladimi? Undan faqatgina, aql egalari eslatma oladi.
Ular Allohning qarindoshlar bilan aloqani mustahkamlashga doir buyurgan ishlariga amal qilib rishtalarni bog‘laydilar, Robbilaridan qoʻrqadilar va hisob-kitobning yomon boʻlishidan xavfsiraydilar.
Ular Robbilarining roziligini istab turli mashaqqatlarga sabr qiladigan, namozlarini toʻliq qoim qiladigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan bildirmay va bildirib ehson qiladigan hamda yomonlikni yaxshilik bilan qaytaradigan solih kimsalardir. Aynan ular uchun oxirat diyorining goʻzal oqibati bor.
Kufr keltirgan kimsalar: “U Muhammadga Robbisi tomonidan biror moʻʼjiza nozil qilinsa edi”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Albatta, Alloh Oʻzi xohlagan kishilarni adashtiradi va Allohga tavba qilib qaytgan kishilarni esa hidoyat qiladi”, – deb ayting.
Shunday qilib, sizni undan oldin ham koʻplab ummatlar oʻtgan bir ummat ichiga sizga vahiy qilgan Qurʼonni tilovat qilib berishingiz uchun yubordik. Holbuki, ular daʼvatga quloq tutmay Rahmonni inkor qilar edilar. Ularga: “U mening Robbimdir, Undan oʻzga iloh yoʻq. Uning Oʻziga suyandim va tavba qilishim ham yolg‘iz Ungadir”, – deb ayting.
Alif, Lom, Ro. Ey Muhammad, bu Qurʼon Robbilarining izni bilan odamlarni zulmatlardan nurga – izzatli va maqtalgan Zotning yoʻliga olib chiqishingiz uchun sizga nozil qilgan Kitobimizdir.
Oʻshanda Muso oʻz qavmiga: “Firʼavn zodagonlarining zulmidan qutqarib sizlarga najot bergan Allohning neʼmatlarini yodga olinglar. Firʼavn va uning zodagonlari sizlarga azobning eng yomonini ravo koʻrar, oʻg‘illaringizni qatl qilar, ayollaringizni esa buzuq niyatda foydalanish uchun oʻldirmay tirik qoldirar edilar. Ana oʻsha paytdagi boʻlib oʻtgan hodisalarda sizlarga Robbingiz tomonidan katta bir imtihon boʻlgan”, – dedi.
Oʻshanda yana Robbingiz: “Qasam boʻlsinki, agar bergan neʼmatlarimga shukr qilsangiz, albatta, ularni yanada ziyoda qilaman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim ham juda qattiqdir”, – deb eʼlon qilgan edi.
Kufr keltirgan kimsalar oʻz payg‘ambarlariga: “Albatta, biz sizlarni yerimizdan haydab chiqaramiz yoki sizlar bizning dinimizga qaytasizlar”, – dedilar. Shunda Robbilari u payg‘ambarlarga: “Albatta, Biz zolimlarni halok qilamiz”, – deb vahiy qildi.
Robbilariga kufr keltirganlarning amallarining misoli goʻyo boʻronli kunda shamol uchirib ketgan kulga oʻxshaydi. Kofirlar kasb qilgan ishlaridan hech narsaga qodir boʻlmaydilar. Mana shuning oʻzi butunlay adashishdir.
Iymon keltirgan va solih amallar qilganlar esa taglaridan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritildilar. Robbilarining izni bilan ular u yerda abadiy qoluvchidirlar. Ularning jannatdagi salomlashishlari bir-birlariga salomatlik tilashdir.
Robbisining izni bilan har doim mevalarini berib turadi. Alloh odamlarga shoyad, eslatma olsalar deb, mana shunday misollarni keltiradi.
Ey Muhammad, Ibrohimning: “Ey Robbim, Bu Makka shahrini omon qilgin, meni va avlodlarimni sanamlarga sig‘inishdan uzoq qilgin”, – deb aytganini eslang.
Ey Robbim, U sanamlar koʻp odamlarni yoʻldan ozdirdi. Bas, kim menga ergashsa, ana oʻsha mening dinimdandir. Kim menga itoatsizlik qilsa, yana oʻzing, shubhasiz, gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotsan.
Ey Robbimiz, haqiqatda men zurriyotimdan oʻg‘lim Ismoil va uning onasi Hojarni Bayt ul-Haroming yoniga, ekin oʻsmaydigan bir vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, ular namozni toʻliq qoim qilishlari uchun shunday qildim. Bas, Sen Oʻzing odamlarning dillarini ularga moyil qilib qoʻy va ularga turli mevalardan rizq ber, shoyad, shunda shukr qilsalar.
Ey Robbimiz, haqiqatda men zurriyotimdan oʻg‘lim Ismoil va uning onasi Hojarni Bayt ul-Haroming yoniga, ekin oʻsmaydigan bir vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, ular namozni toʻliq qoim qilishlari uchun shunday qildim. Bas, Sen Oʻzing odamlarning dillarini ularga moyil qilib qoʻy va ularga turli mevalardan rizq ber, shoyad, shunda shukr qilsalar.
Ey Robbimiz, albatta, Sen yashirgan narsamizni ham, oshkor qilganimizni ham bilib turasan. Allohga Yerda ham, osmonda ham hech narsa maxfiy emasdir.
Menga keksalikda oʻg‘illarim Ismoil va Ishoqni bergan Allohga hamd boʻlsin. Robbim, shubhasiz, duoni eshituvchidir.
Ey Robbim, meni va zurriyotimdan boʻlgan farzandlarimni namozni toʻliq qoim qiluvchi qilgin. Ey Robbimiz, mening duomni qabul qil.
Ey Robbim, meni va zurriyotimdan boʻlgan farzandlarimni namozni toʻliq qoim qiluvchi qilgin. Ey Robbimiz, mening duomni qabul qil.