Shunda Shuʼayb: “Ey qavmim, sizlar uchun qarindoshlarim Allohdan ham azizroq edimiki, Uning ogohlantirishlarini orqaga tashlab qoʻydingiz. Albatta, Robbim qilayotgan barcha ishlaringizni qamrab oluvchidir”, – dedi.
There are 980 verses derived from the masdar-o'zak ر ب ب you searched for.
Robbi, Robblari, Robbingizga, Robbing, Robbi, Robblariga, Robbingiz, Robbiga, robblarining, Robbingiz
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Shunda Shuʼayb: “Ey qavmim, sizlar uchun qarindoshlarim Allohdan ham azizroq edimiki, Uning ogohlantirishlarini orqaga tashlab qoʻydingiz. Albatta, Robbim qilayotgan barcha ishlaringizni qamrab oluvchidir”, – dedi.
Ularga Biz zulm qilmadik, aksincha, ular oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar. Robbingizning azob farmoni kelganda esa, Allohni qoʻyib sig‘ingan soxta ilohlari hech qanday foyda bermadi va ularga zarardan boshqa narsani orttirmadi.
Robbingizning aholisi zolim boʻlgan yurtlarni azob bilan ushlaganda Uning tutishi ana shunday yomon boʻladi. Albatta, Uning tutishi alamli va shiddatlidir.
Ular u yerda osmonlar va Yer turguncha doimiy qoladilar. Faqat Robbingiz xohlasa yana Oʻzi istagan hukmini qiladi. Chunki, shubhasiz, Robbingiz xohlagan narsani qiluvchi Zotdir.
Ular u yerda osmonlar va Yer turguncha doimiy qoladilar. Faqat Robbingiz xohlasa yana Oʻzi istagan hukmini qiladi. Chunki, shubhasiz, Robbingiz xohlagan narsani qiluvchi Zotdir.
Lekin baxtli qilinganlar esa, jannatda, to osmonlar va Yer turguncha u yerda mangu qoladilar. Faqat Robbingiz xohlasa yana Oʻzi istagan hukmini qiladi va Alloh tomonidan berilgan bitmas-tuganmas atodir.
Darhaqiqat, Biz Musoga ham kitob bergan edik. Bas, u haqda ixtilof qilindi. Agar Robbingizdan qiyomatgacha muhlat haqidagi soʻz oʻtmaganda edi, ularning oralarida shu dunyoning oʻzida hukm qilinar edi. Albatta, u mushriklar u haqda shubha beruvchi gumondalar.
Albatta, Robbingiz, hammaga qilgan amallarining mukofoti va jazosini toʻliq qilib beradi. Shubhasiz, U barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardor Zotdir.
Shuningdek, Robbingiz aholisi solih ishlarni qiluvchi boʻlgan shaharlarni zulm bilan halok qiluvchi boʻlmadi.
Agar Robbingiz xohlaganida edi, barcha odamlarni bir ummat qilib qoʻygan boʻlar edi. Ular hamon Islomdan yuz oʻgirib, turli qarashlarga boʻlinishda davom etmoqdalar.
Lekin Robbingiz marhamat qilgan kimsalar esa bundan mustasnodir. Alloh ularni shuning uchun yaratgandir. Robbingizning “Albatta, jahannamni kofir boʻlgan jin va odamlarning barchasi bilan toʻldiraman”, – degan soʻzi tamoman haqdir.

Osmonlar va Yerning maxfiy g‘ayblari, faqat Allohga xosdir. Barcha ishlar Unga qaytariladi. Shunday ekan, Unga ibodat qiling va Unga suyaning. Hamda Robbing qilayotgan ishlaringizdan bexabar emasdir.
Shunday ulug‘ tush koʻrishni nasib etgani kabi Robbing seni payg‘ambarlik uchun tanlab oladi va senga barcha tushlarning taʼbirini oʻrgatadi. Hamda xuddi ilgari ikki ajdodlaring Ibrohim va Ishoqqa komil qilib berganidek, senga va Yaʼqubning boshqa nasllariga ham, Oʻzining payg‘ambarlik neʼmatini toʻliq qilib beradi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.

Yusuf yashaydigan uyida boʻlgan ayol undan jinsiy yaqinlik qilishni nafsi xohlab qoldi va eshiklarni berkitib: “Qani, kelaqol”, – dedi. Yusuf Zulayhoga: “Alloh saqlasin, axir, u ering menga turar joyimni yaxshilab bergan xojam-ku?! Zinokor boʻlgan zolimlar, hech qachon najot topmaydilar”, – dedi.
Haqiqatan, Zulayho unga moyil boʻldi, Agar Robbisining ogohlantirishi va xiyonatning gunohligi toʻg‘risidagi alomatini eʼtiborsiz qoldirib, koʻrmaganida, Yusufning koʻngli ham bunga moyil boʻlar edi. Shunday qilib, undan yomonlik va fahshni burib yubordik va bundan saqladik. Albatta, u xolis bandalarimizdandir.
Buni eshitgan Yusuf: “Ey Robbim, ular taklif qilishayotgan narsadan koʻra menga zindon yaxshiroqdir. Agar ularning makrlarini mendan daf qilmasang, ularga moyil boʻlib, johillardan boʻlib qolaman”, – dedi.
Bas, Robbisi Yusufning duosini ijobat qildi va ularning makrlarini undan bartaraf qildi. Albatta, U hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Yusuf ularga: “Men sizlarga rizq boʻladigan taom oldingizga kelishidan avval uning qandayligi haqida taʼvilini aytib beraman. Bular Robbimning menga bildirgan narsalaridandir. Chindan ham men Allohga iymon keltirmaydigan va oxiratni inkor qiluvchi qavmning dinini tark qilganman”, – dedi.