Kofirlar: “Unga ham Robbisi tomonidan moʻʼjizalar tushirilganda edi”, – dedilar. Ey Rasulim ularga: “Moʻʼjizalar, faqat Allohning huzuridadir. Men esa faqat aniq sizlarni oxiratdan ogohlantiruvchiman, , xolos”, – deb ayting.
There are 980 verses derived from the masdar-o'zak ر ب ب you searched for.
Robbi, Robblari, Robbingizga, Robbing, Robbi, Robblariga, Robbingiz, Robbiga, robblarining, Robbingiz
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Kofirlar: “Unga ham Robbisi tomonidan moʻʼjizalar tushirilganda edi”, – dedilar. Ey Rasulim ularga: “Moʻʼjizalar, faqat Allohning huzuridadir. Men esa faqat aniq sizlarni oxiratdan ogohlantiruvchiman, , xolos”, – deb ayting.
Ular musibatlarga sabr qilgan va yolg‘iz Robbilariga suyanadigan kimsalardir.
Axir, ular oʻz ichlarida Alloh osmonlar va Yerni hamda ular orasidagi barcha narsani faqat haq hikmat va qiyomatgacha belgilangan muddat bilan yaratganini tafakkur qilib koʻrmadilarmi?! Darhaqiqat, odamlarning koʻpchiligi qayta tirilib Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qiluvchidirlar.
Qachonki, odamlarga biror ziyon yetsa, darhol Robbilariga qaytib, Unga iltijo qiladilar, soʻngra qachonki, Alloh ularga Oʻz tomonidan boʻlgan marhamatni tottirib qoʻysa, birdan ulardan bir guruhi Robbilariga shirk keltira boshlaydilar.

Robbilari tarafidan hidoyat topganlar ham ana oʻshalardir va najot topuvchilar ham ularning oʻzidir.
Ey insonlar, Robbingizga taqvo qiling va yana shunday bir kundan qoʻrqingizki, u kunda biror ota oʻz bolasi tomonidan hech narsani oʻtab bera olmaydi va bola ham otasi tomonidan biror narsani oʻtab beruvchi emasdir. Albatta, Allohning qiyomat haqidagi vaʼdasi haqdir. Bas, sizlarni oʻtkinchi dunyo hayoti aslo aldab qoʻymasin va sizlarni oʻta aldoqchi shayton, har qanday gunohni Alloh kechaveradi, degan aldov bilan aldab qoʻymasin.
U haqida hech qanday shubha boʻlmagan kitobning nozil qilinishi barcha olamlarning Robbisi tomonidandir.
Balki kimlardir: “Uni Muhammadning oʻzi toʻqib olgan”, – deb aytarlar?! Yoʻq, bu Qurʼon sizdan oldin biror ogohlantiruvchi kelmagan qavmni ogohlantirishingiz uchun Robbingiz tomonidan nozil qilingan haqiqatdir. Shoyad, ular bu Qurʼon tufayli hidoyat topsalar.
Kofirlar: “Bizlar yer ostida yoʻq boʻlib ketgach, chindan ham yana yangitdan yaratilamizmi?” – dedilar. Yoʻq, ular oxiratda Robblariga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qiluvchilardir.
Ey Rasulim, ularga: “Sizlarga vakil qilingan oʻlim farishtasi jonlaringizni oladi, soʻngra, albatta, Robbingizga qaytarilasizlar”, – deb ayting.
Agar siz, gunohkorlarni qiyomat kunida Robbilari huzurida boshlari egik hollarida turib: “Ey Robbimiz, vaʼdangning rost ekanligini koʻrdik va eshitdik, bas, bizlarni yana hayotga qaytar, bizlar endi yaxshi amal qilamiz. Endi, bizlar, albatta, qiyomat haq ekanligiga aniq ishonuvchimiz”, – deb yolvorishlarini koʻrsangiz edi!

Bizning oyatlarimizga faqat u bilan eslatilganlarida sajda qilgan hollarida yiqiladigan va takabburlik qilmay hamd bilan Robbilariga tasbeh aytadigan kimsalargina iymon keltiradi.
Ularning yonboshlari ibodat uchun oz uxlaganlaridan yotoq joylaridan ajrab turadi. Ular Robbilariga qoʻrquv va umid bilan duo qiladilar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan muhtojlarga ehson qiladilar.
Robbisining oyatlari bilan eslatilgandan keyin ulardan yuz oʻgirgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz unday jinoyatchilardan intiqom oluvchidirmiz.
Ey Rasulim, albatta, Robbingizning Oʻzi qiyomat kunida odamlar oʻzaro ixtilof qilgan narsalari haqida ajrim qiladi.
Robbingiz tomonidan sizga vahiy qilinadigan oyatlarga ergashing. Albatta, Alloh sizlar qilayotgan ishlardan xabardordir.
Yana ular: “Ey Robbimiz, darhaqiqat, bizlar boshliqlarimizga va kattalarimizga itoat qildik, bas, ular bizlarni toʻg‘ri yoʻldan adashtirdilar, – dedilar.
Ey Robbimiz, ularga azobni ikki barobar qilib ber va ularni katta laʼnat bilan laʼnatlagin.