Ular doʻzax tepasida toʻxtatib turilib: “Eh, koshki, dunyoga qaytarilsak-da Robbimizning oyatlarini yolg‘onga chiqarmasak va moʻminlardan boʻlsak edi”, – deb aytishlarini koʻrganingizda edi!
There are 382 verses derived from the masdar-o'zak أ ي ي you searched for.
oyatlarimizni, mening oyatlarimni, oyatlarini, oyatlar, oyatni, bir oyat (mo''jiza), oyatlarni, sening oyatlaringni, albatta dalillar bor, oyatlardan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ular doʻzax tepasida toʻxtatib turilib: “Eh, koshki, dunyoga qaytarilsak-da Robbimizning oyatlarini yolg‘onga chiqarmasak va moʻminlardan boʻlsak edi”, – deb aytishlarini koʻrganingizda edi!
Ey Rasulim, ularning aytayotgan gaplari, albatta, sizni xafa qilayotganini bilib turibmiz. Ular aslida sizni yolg‘onchiga chiqarmayaptilar, lekin bu zolimlar Allohning oyatlariga qarshi chiqmoqdalar.
Ey Rasulim, agarda ularning eʼtirozlari sizga og‘ir botayotgan boʻlsa, unda ularga moʻʼjiza koʻrsatish uchun kuchingiz yetsa, yerdan teshik ochib yoki osmonga narvon qoʻyishni istab chiqib keting. Agar Alloh xohlaganda edi, albatta, ularni hidoyat ustida jamlagan boʻlar edi. Shunday ekan, aslo johillardan boʻlmang.
Kofirlar: “Unga Robbidan biror bir moʻʼjiza tushirilsa edi”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Hech shak-shubhasiz, Alloh moʻʼjiza tushirishga qodir boʻlgan Zotdir”, – deb ayting. Ammo ularning koʻpchiligi moʻʼjizani inkor qilish oqibatlari haqida bilmaydilar.
Kofirlar: “Unga Robbidan biror bir moʻʼjiza tushirilsa edi”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Hech shak-shubhasiz, Alloh moʻʼjiza tushirishga qodir boʻlgan Zotdir”, – deb ayting. Ammo ularning koʻpchiligi moʻʼjizani inkor qilish oqibatlari haqida bilmaydilar.
Oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan kimsalar zulmatlar tubida maʼnan kardirlar – eshitmaydilar, soqovdirlar – gapira olmaydilar. Alloh xohlagan kishini adashtiradi va xohlagan kishini toʻg‘ri yoʻlda barqaror qilib qoʻyadi.
Ey Rasulim, ularga: “Qani, aytinglar-chi, agar Alloh quloqlaringizni eshitmaydigan, koʻzlaringizni koʻrmaydigan qilib olib qoʻysa hamda qalblaringizga tamg‘a urib qoʻysa, Allohdan boshqa uni sizga qaytarib beradigan iloh kim ekan?” – deb ayting. Qarang, oyatlarni qanday qilib bayon etmoqdamiz, ular shundan keyin ham haqdan yuz oʻgirmoqdalar.
Biroq oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan kimsalarni esa, fosiqlik qilganlari uchun azob kelib tutadi.
Ey Rasulim, agar sizning yoningizga oyatlarimizga iymon keltiradigan kimsalar kelsalar ularga: “Sizlarga salom boʻlsin, Robbingiz Oʻziga maxluqotlari uchun marhamat qilishni yozdi. Sizlardan kimki bilmay turib biron bir yomon ishni qilib qoʻysa va uni orqasidan tavba qilib oʻzini tuzatsa, shak-shubhasiz, U gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Gunohkorlarning yoʻli maʼlum boʻlsin deb, shu yoʻsinda oyatlarmizni batafsil bayon qilmoqdamiz.
Ey Rasulim, ularga qarata: “U sizlarning ustingizdan yoki oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga yoxud sizlarni turli guruhlarga aralashtirib, bir-biringizning mashaqqatingizni tottirishga ham qodir boʻlgan Zotdir”, – deb ayting. Qarang, fahmlay olsinlar deb, oyatlarni qanday qilib bayon etmoqdamiz.
Ey Rasulim, oyatlarimizga masxara qilib shoʻng‘iyotgan kimsalarni koʻrsangiz, to bundan tiyilib boshqa suhbatga shoʻng‘imagunlaricha, ulardan yuz oʻgiring. Agar shayton sizni yuz oʻgirishdan unuttirib qoʻysa, eslagandan keyin zolim qavmlar bilan birga oʻtirmang.
Allohning shaʼniga yolg‘on toʻqigan yoki oʻziga hech narsa vahiy qilinmagani holda: “Menga ham vahiy qilindi”, – deydigan hamda “Alloh nozil qilganga oʻxshaganni men ham nozil qilaman”, – deb daʼvo qilgan kimsadan ham zolimroq odam bormi? Ey Rasulim, siz oʻshanda u zolimlarni oʻlim talvasasida hamda ajal farishtalari qoʻllarini choʻzib: “Jonlaringizni chiqaringlar, bugun sizlar Alloh shaʼniga nohaq gaplarni aytganlaringiz va oyatlaridan yuz oʻgirib takabburlik qilganlaringiz uchun xorlik azobi bilan jazoga tortilasizlar”, – deb aytayotganlarini koʻrsangiz edi!
U sizlarga quruqlik va dengiz qorong‘iliklarida adashmay yoʻl topishingiz uchun yulduzlarni yaratgan Zotdir. Haqiqatan, biladigan qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qilib berdik.
U sizlarni bir jondan vujudga keltirdi. Oxirat – qarorgoh bu dunyo esa omonatgohdir. Fahmlaydigan qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qilib berdik.
U osmondan suv yog‘dirib tushirgan Zotdir. Bu suv bilan har turli nabototlarni undirib chiqardik. Bu nabototlardan yashil ekinlarni chiqardik. Bu ekinlardan esa uyum-uyum donlarni chiqaramiz. Xurmo daraxtining novdalaridan esa yerga yaqin boʻlib tegay deb turgan mevali shodalar undirdik. Hamda anvoyi uzum bog‘lari, bir-biriga oʻxshagan va oʻxshamagan turli zaytun va anorlarni chiqaramiz. Ularning sekin-asta yetishayotgan g‘oʻr hosiliga va mevasining pishib yetilishiga bir nazar solinglar. Shubhasiz, mana bularda iymon keltirgan qavmlar uchun alomatlar bordir.
Ularni yaxshi dars olibsan deyishlari va fahmlaydigan qavmlarga bayon qilish uchun oyatlarni mana shu tariqa boʻlib-boʻlib aytib bermoqdamiz.
Agar ularga biron bir oyat kelsa, albatta, iymon keltirishlariga doir jon-jahd bilan Allohga qasam ichadilar. Ey Rasulim, ularga: “Shubhasiz, oyatlar Allohning huzuridadir”, – deb ayting. Ularga oyat va moʻʼjizalar kelganda ham iymonga kelmasliklarini sezmayapsizmi?
Agar ularga biron bir oyat kelsa, albatta, iymon keltirishlariga doir jon-jahd bilan Allohga qasam ichadilar. Ey Rasulim, ularga: “Shubhasiz, oyatlar Allohning huzuridadir”, – deb ayting. Ularga oyat va moʻʼjizalar kelganda ham iymonga kelmasliklarini sezmayapsizmi?
Agar Uning oyatlariga iymon keltirgan boʻlsangizlar, Allohning nomi aytilib soʻyilgan halol narsalardan tanovul qilaveringlar.