Ey Rasulim, agarda sizni yolg‘onchiga chiqarayotgan boʻlsalar, g‘amgin boʻlmang, darhaqiqat, sizdan oldin ochiq dalillar, sahifalar va nur tarqatuvchi kitob keltirgan Rasullar ham yolg‘onchiga chiqarilgan edilar.
There are 11 verses derived from the masdar-o'zak ز ب ر you searched for.
hikmatli sahifalar, Zaburni, va Kitoblarni, to'dalarni, Zaburda, Kitoblarga, Kitoblarida, va sahifalar, Kitoblarda
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Rasulim, agarda sizni yolg‘onchiga chiqarayotgan boʻlsalar, g‘amgin boʻlmang, darhaqiqat, sizdan oldin ochiq dalillar, sahifalar va nur tarqatuvchi kitob keltirgan Rasullar ham yolg‘onchiga chiqarilgan edilar.
Ey Rasulim, albatta, Biz Nuhga va undan keyingi payg‘ambarlarga vahiy qilganimizdek sizga ham vahiy qildik. Hamda Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub va uning avlodlari, Iso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymon payg‘ambarlarga ham vahiy yuborganmiz. Dovudga esa Zaburni berdik.
Biz payg‘ambarlarni aniq hujjatlar va kitoblar bilan yuborganmiz. Sizga esa odamlarga nozil qilingan hukmlarni ularga bayon qilib berishingiz uchun eslatma boʻlgan bu Qurʼonni nozil qildik. Shoyadki, Allohning oyatlari haqida tafakkur qilsalar va ulardan ibrat olsalar.
Robbingiz osmonlar va Yerdagi bor jonzotni yaxshi biluvchidir. Haqiqatan, Biz baʼzi payg‘ambarlarni baʼzilaridan afzal qildik va Dovudga Zabur kitobini berdik.
Menga temir boʻlaklarini olib kelinglar. Temir boʻlaklari ikkala tog‘ yonbag‘irlari bilan barobar boʻlgach, Zulqarnayn: “Bosqonlar bilan dam uringlar”, – dedi. Bas, qachonki u temir-tersaklarni qizdirib olov holiga keltirgach: “Menga eritilgan misni keltiringlar, u temir parchalarining ustidan toʻkaman”, – dedi.
Haqiqatan, Biz Zikrdan keyin Zabur kitobida: “Albatta, Yer yuziga faqat Mening solih bandalarim merosxoʻr boʻladilar”, – deb yozib qoʻyganmiz.
Keyin odamlar oʻrtalarida ishlarini parcha-parcha qilib yubordilar. Har bir guruh oʻz oldilaridagi narsa bilan xursanddirlar.
Albatta, bu Qurʼondagi baʼzi xabarlar avvalgilarning kitoblarida ham bordir.
Agar mushriklar sizning payg‘ambar ekaningizni inkor qilsalar, bas, bilingki, ulardan avvalgilar ham payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqarganlar. Holbuki, payg‘ambarlari ularga aniq moʻʼjizalar, ilohiy sahifalar va nurli kitob keltirgan edilar.
Ey Makka ahli, sizlarning kofirlaringiz ana ulardan yaxshiroqmi yoki sizlar uchun samoviy kitoblarda oqlov vasiqasi bormi?!
Ular qilgan har bir narsa nomai aʼmollardagi kitoblardadir.