Tarozida haddingizdan oshmasligingiz uchun uni joriy qildi.
There are 44 verses derived from the masdar-o'zak أَلَا you searched for.
aslo,
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Tarozida haddingizdan oshmasligingiz uchun uni joriy qildi.
Alloh ularning barchalarini qayta tiriltiradigan kunda ular xuddi sizlarga qasam ichayotganlaridek, U Zotga ham qasam ichadilar. Ular qasamlari sababli biror narsaga erishamiz, deb oʻylaydilar. Ogoh boʻlinglarki, albatta, ular aniq yolg‘onchilardir!
Ularni shayton egallab olgan va Allohning zikrini unuttirgan. Ana ular shayton guruhidirlar. Ogoh boʻlinglarki, albatta, shaytonning guruhi ziyon koʻruvchilardir!
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan qavmning Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilar bilan doʻstlashganlarini topmaysiz. Hatto ular oʻz otalari, yoki farzandlari, yoki aka-ukalari, yoki qarindosh urug‘lari boʻlsa ham. Aynan ularning qalblariga Alloh iymonni bitib qoʻygan va ularni oʻz tomonidan boʻlgan ruh bilan quvvatlantirgan. Alloh ularni taglaridan anhorlar oqib turadigan va u yerda mangu qoladigan jannatlarga kiritadi. Alloh ulardan rozi boʻladi va ular ham Allohdan rozi boʻladilar. Aynan ular Allohning hizbidirlar. Ogoh boʻlinglarki, albatta, Allohning hizbigina najot topuvchilardir!