Ular bilan jang qilinglar, shunda Alloh sizlarning qoʻllaringiz bilan ularni azoblaydi. Hamda ularni sharmanda qiladi, sizlarni ularning ustidan sizlarga nusrat ato etib, iymon keltirgan qavmning dillariga shifo beradi.
There are 6 verses derived from the masdar-o'zak ش ف ي you searched for.
va shifo bersin, va bir shifo, shifo, shifo (bo'lgan), menga shifo beruvchi, va (ko'ngillarga) shifodir
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ular bilan jang qilinglar, shunda Alloh sizlarning qoʻllaringiz bilan ularni azoblaydi. Hamda ularni sharmanda qiladi, sizlarni ularning ustidan sizlarga nusrat ato etib, iymon keltirgan qavmning dillariga shifo beradi.
Ey odamlar, chindan ham sizlarga Robbingizdan vaʼz-nasihat, koʻngillardagi zararli illatlarga shifo va moʻminlar uchun hidoyat va rahmat manbai boʻlgan Qurʼon keldi.
Keyin har xil mevalardan yeb, Robbing senga qulay qilib qoʻygan yoʻllardan yurgin. Ularning qorinlaridan odamlar uchun unda shifo boʻlgan turli rangdagi asal sharbati chiqadi. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavmlar uchun ibratli belgi bordir.
Biz Qurʼondan moʻminlar uchun shifo va rahmat manbai boʻlgan oyatlarni nozil qilamiz. Lekin bu oyatlar zolimlarga faqat ziyonni orttiradi.
Agar kasal boʻlsam, Oʻzi menga shifo beradi.
Bordi-yu Biz uni arab tilida boʻlmagan ajamiy bir Qurʼon qilganimizda, albatta, ular: “Uning oyatlari oʻz tilimizda mufassal bayon qilinganida edi. Arabiy tilda soʻzlovchiga ajamiy kitob tushadimi?” – degan boʻlar edilar. Ey Muhammad, ularga: “Bu Qurʼon iymon keltirgan kimsalar uchun hidoyat va shifo manbaidir. Iymon keltirmaydigan kimsalarning esa, quloqlarida og‘irlik bor va bu Qurʼon ularga maʼnan koʻrlik omili boʻladi. Ular xuddi uzoq makondan chaqirilayotgan odamlardek”, – deb ayting.