Soʻngra oʻsha yomon ishlardan keyin ham, balki, Menga shukr qilarsizlar deb, sizlarni afv etgan edik.
There are 75 verses derived from the masdar-o'zak ش ك ر you searched for.
shukr qilasiz (deb), va shukr qiling, jazosini beradi, shukr qilasiz, shukr qilmaydilar, shukr qiluvchilarni, siz shukr qilar, shukrning jazosini beruvchidir, shukr qiluvchilar-, shukr qilmoqdasiz
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Soʻngra oʻsha yomon ishlardan keyin ham, balki, Menga shukr qilarsizlar deb, sizlarni afv etgan edik.
Balki, endi shukr qilasizlar deb, yashin taʼsiridan oʻlganingizdan keyin ham sizlarni yana qayta tiriltirdik.
Shunday ekan, Meni koʻp zikr qilinglar, shunda sizlarni rahmatim va mag‘firatim bilan yodga olaman. Hamda Menga shukr qilinglar va aslo kufr keltirmanglar.
Albatta, Safo va Marva tepaliklari Allohning insonlar uchun qilgan shiorlaridandir. Agarda kimda-kim Allohning uyini haj yoki umra qilsa, u ikki tog‘ orasida saʼy qilib yurishining gunohi yoʻqdir. Hamda kim koʻngildan nafl tariqasida bir xayr qilsa, savobini oladi va albatta, Alloh shukrni qabul qiluvchi – Shokir va hamma narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, Biz sizlar uchun rizq qilib bergan neʼmatlarimizdan halol va pokizalarini tanlab yenglar. Agarda yolg‘iz Ungagina qullik qiluvchi boʻlsangizlar, unda Allohga shukr qilinglar.
Ramazon oyi shunday oydirki, unda insonlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan, haq va botilni ayiruvchi Furqon va hidoyat manbaidan dalillar boʻlgan Qurʼon nozil boʻlgandir. Bas, agar sizlardan kimki bu oyga yetishib, shohid boʻlsa, albatta, roʻzani tutsin. Agar sizlardan biringiz bemor yoki safarda boʻlsa, roʻza tutolmagan kunlarining soni miqdoricha boshqa kunlarda tutsin. Alloh sizlarga osonlikni xohlaydi, qiyinchilik boʻlishni istamaydi. Sizlarga bu osonlik roʻza kunlarining sanog‘ini toʻldirishingiz va hidoyat qilgani uchun Allohni ulug‘lab, takbir aytishingiz uchundir. Shoyadki, bu neʼmatlarga shukr qilsangizlar.
Ey Rasulum, ularning sanoqlari minglab boʻlishiga qaramay, oʻlim qoʻrquvidan yurtlarini tashlab chiqqanlarning ahvolini koʻrmadingizmi? Alloh ularga “oʻlinglar”, – dedi, keyin esa ularni yana tiriltirdi. Albatta, Alloh odamlarga fazl va marhamat Egasidir. Lekin odamlarning koʻplari shukr qilmaydilar.
Darvoqe, Alloh Badr jangida dushmanga nisbatan son va qurol jihatidan juda zaif boʻlgan holingizda ham sizga nusrat bergan edi. Bas, Allohdan qoʻrqingiz, shoyadki, shukr qilsangiz.
Muhammad, faqat bir payg‘ambardir xolos. Darhaqiqat, undan oldin koʻplab payg‘ambarlar kelib ketgan. Agar u vafot etsa yoki oʻldirilsa, ortingizga qaytib ketasizlarmi? Kimki ortiga qarab kufrga qaytib ketsa, shuni bilib qoʻysin, u Allohga zarar yetkaza olmaydi. Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlaydi.
Oldindan bitib qoʻyilgan ajalga koʻra, Alloh ruxsat bermasa, hech bir jonzot oʻlmaydi. Kim dunyo savobi boʻlgan oʻljani istab jang qilsa, bas, unga oʻsha istagan narsasidan bir miqdor beramiz. Shuningdek, kimki oxirat savobini istab jihod qilsa, unga ham beramiz. Albatta, biz shukr qiluvchilarni mukofotlaymiz.
Agarda shukr qilib, iymon keltirsangiz, unda Alloh sizlarni azoblab nima qiladi? Zero, Alloh shukr qiluvchilarga mukofot beruvchi – Shokir va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Agarda shukr qilib, iymon keltirsangiz, unda Alloh sizlarni azoblab nima qiladi? Zero, Alloh shukr qiluvchilarga mukofot beruvchi – Shokir va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, namoz oʻqishga turmoqchi boʻlsangizlar, oldin yuzlaringizni yuvinglar. Keyin qoʻllaringizni tirsaklarigacha yuvinglar. Soʻngra boshlaringizga mash tortib, oyoqlaringizni toʻpiqlarigacha yuvinglar. Agarda junub holda yuvuqsiz boʻlsangiz, unda g‘usl qilib choʻmilinglar. Agar bemor yo safarda boʻlib yoki sizlardan biringiz hojatxonadan qaytib, yoxud ayollarga yaqinlik qilgandan keyin suv topa olmasangiz, u holda toza tuproq jinsidan boʻlgan narsalarni niyat qilib, tayammum qilinglar. U tuproq bilan yuzlaringiz va qoʻllaringizga surtib mash tortinglar. Alloh sizlarga qiyinchilik qilishni xohlamaydi, aksincha, sizlarni poklash va shukr qilishingiz uchun sizlarga Oʻz neʼmatini toʻla-toʻkis qilib berishni istaydi.
Alloh sizlarni til uchida aytgan behuda qasamlaringiz uchun javobgar tutmaydi. Lekin sizlarni qalbdan qattiq tugib va xohlab ichgan qasamlar buzilgani uchun javobgar qiladi. Uning kafforoti esa, oʻz oilangizga beradigan oʻrtacha taom miqdorini oʻnta miskinga yedirish yoki ularning kiyimini qilib berish yoxud bir qulni ozod qilishdir. Kimki bularni qilishga imkon topa olmasa u holda uch kun roʻza tutishi kerak boʻladi. Mana bular ichgan va keyin buzgan qasamlaringizning kafforatidir. Qasamlaringizni buzishdan saqlanglar. Shukr qilishingiz uchun Alloh sizlarga oyatlarini mana shunday qilib bayon qilmoqda.
Shunday qilib, Biz ularni “Kelib kelib ichimizdan Alloh anavilarga neʼmat beribdimi?!” – deb aytishlari uchun baʼzilarini boshqalari bilan imtihon qildik. Axir shukr qiluvchilarning kim ekanini Alloh yaxshiroq biluvchi emasmi?
Ey Muhammad, ularga: “Quruqlik va dengiz zulmatining ofatlaridan sizlarni kim qutqaradi? Oʻshanda sizlar ustingizda yo ichingizda Unga: “Ey Robbimiz, agar bizni bu falokatlardan qutqarsang, albatta, shukr qiluvchilardan boʻlamiz”, – deb duo qilar edingiz”, – deb ayting.
Albatta, Biz sizlarni Yer yuziga joylashtirdik va tirikchilik manbalarini hozir qildik. Lekin juda ozchilik shukr qilyapsizlar.
Keyin ularni old va orqa taraflaridan, oʻng va chap tomonlaridan chalg‘itish uchun suqilib kelaman. Oqibatda ularning koʻpchiligini shukr qiluvchi bandalar qatorida topmaysan.
Tuprog‘i yaxshi boʻlgan yurtning oʻsimligi Allohning izni bilan unib chiqaveradi. Yomon boʻlgani esa kam hosil chiqaradi. Shunday qilib, shukr qiladigan qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qilib bermoqdamiz.
Alloh taolo: “Ey Muso, albatta, Men senga bergan elchiligim va kalomim bilan odamlar uzra xos qilib seni tanlab oldim. Senga bergan bu hukmlarni qabul qilib ol hamda shukr qiluvchilardan boʻlgin”, – dedi.