Doʻzax ahli bilan jannat ahli hech qachon barobar boʻlmaydi. Jannat ahli yutuqqa erishgan zotlardir.
There are 97 verses derived from the masdar-o'zak ص ح ب you searched for.
xalqidir, xalqidan, va do'stga, odamlarini, do'stlarining esa, bir juft, xalqi, xalqiga, do'stlarida, do'stiga
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Doʻzax ahli bilan jannat ahli hech qachon barobar boʻlmaydi. Jannat ahli yutuqqa erishgan zotlardir.
Ey iymon keltirganlar, Allohning g‘azabiga duchor boʻlgan qavmni doʻst tutmanglar. Xuddi barcha kofirlar qabr egalarining qayta tirilishlaridan noumid boʻlganlaridek, ular ham oxiratdan noumid boʻlgandirlar.
Kufr keltirgan va oyatlarimizni inkor qilgan kimsalar – ana oʻshalar doʻzax ahli boʻlib, u yerda mangu qoluvchidirlar. U qanday ham yomon borar joydir.
Kofirlar yana: “Agar bizlar payg‘ambar soʻzlarini tinglab, aql ishlatuvchi boʻlganimizda, doʻzax egalari boʻlmas edik”, – deydilar.
Bas, ular oʻz gunohlarini shu tarzda eʼtirof qiladilar. Endi, doʻzax egalariga halokat boʻlgay!
Albatta, Biz Makka ahlini avval bog‘ egalarini sinaganimizdek sinab koʻrdik. Oʻshanda ular, albatta, bu bog‘ hosilini erta tongda uzib olamiz deb qasam ichgan edilar.
Bas, ey Muhammad, Robbingizning hukmiga sabr qiling va nahang balig‘i sohibi Yunus payg‘ambar singari besabr boʻlmang! Qaysiki, u baliq qornida turib g‘amga toʻlgan holda Robbisiga nido qilgan edi.
Xotini va birodarini ham.
Albatta, Robbimizning ulug‘vorligi yuksak boʻldi. U biror juft va yo farzand tutgan emasdir.
Biz doʻzax sohiblarini qoʻriqchi qilib, faqat farishtalardan qildik va Biz faqat kufrga ketgan kimsalarni sinash uchun ularning sanog‘ini oʻn toʻqqizta qildik. Toki kitob berilgan kimsalar aniq bilsinlar va iymon keltirgan kimsalarning iymonlari yanada ziyoda boʻlsin hamda kitob berilgan kimsalar ham, moʻminlar ham bu xususda shak-shubha qilmasinlar. Yana dillarida munofiqlik illati boʻlgan kimsalar va kofirlar: “Bu misol bilan Alloh nima demoqchi?” – deyishlari uchun shunday qildik. Alloh Oʻzi xohlagan kimsalarni mana shunday yoʻldan ozdirib qoʻyadi va Oʻzi xohlagan kishilarni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi. Robbingizning qoʻshinlari boʻlgan farishtalarning adadi va sifatini yolg‘iz Uning Oʻzi biladi. U jahannam insoniyat uchun bir eslatmadir.
Faqat oʻng tomon egalarigina doʻzaxdan najot topguvchidirlar.
Xotini va oʻg‘illaridan ham qochadi.
Sizlarning sohibingiz Muhammad majnun emasdir.
Choh egalariga laʼnat boʻlsin!
Ana oʻsha fazilatlarga ega boʻlgan kimsalar oʻng tomon egalaridir.
Oyatlarimizga kufr keltirgan kimsalar esa, chap tomon egalaridir.
Ey Muhammad, Robbingiz fil egalarini nima qilganini koʻrmadingizmi?