Ey Muhammad, ularga: “Barchamiz oxiri kim haq, kim nohaq boʻlib chiqishini kutuvchimiz, bas, siz ham kutaveringlar. Yaqinda kimlar toʻg‘ri yoʻl egalari va kim hidoyat topganini bilib olasizlar.
There are 97 verses derived from the masdar-o'zak ص ح ب you searched for.
xalqidir, xalqidan, va do'stga, odamlarini, do'stlarining esa, bir juft, xalqi, xalqiga, do'stlarida, do'stiga
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Muhammad, ularga: “Barchamiz oxiri kim haq, kim nohaq boʻlib chiqishini kutuvchimiz, bas, siz ham kutaveringlar. Yaqinda kimlar toʻg‘ri yoʻl egalari va kim hidoyat topganini bilib olasizlar.
Yoki ularda Bizdan boshqa himoya qiladigan “ilohlar” bormi?! Axir u butlarning oʻzlariga yordam berishga ham kuchlari yetmaydiku! Shuningdek, ular Biz tomondan himoya ham qilinmaydilar.
Madyan shahrining aholisi ham Shuʼayb payg‘ambarni yolg‘onchiga chiqargan edilar. Muso payg‘ambar ham yolg‘onchiga chiqarildi. Men kofirlarga bir oz muhlat berib qoʻyib, keyin ularni oʻz azobim bilan tutdim. Bas, Mening inkorim qanday boʻldi?!
Oyatlarimizni oʻzlaricha ojiz qoldirishga harakat qilgan kimsalar esa, doʻzax egalaridir.
Jannat ahllari esa u kunda eng yaxshi maskan va eng chiroyli oromgohlarda boʻladilar.
Od, Samud qabilalarini va quduq egalarini hamda shu orada yashab oʻtgan koʻplab nasllarni ham halok qildik.
Bas, ikki jamoa bir-birlarini koʻrgan paytda Musoning odamlari: “Bizlar aniq ushlandik”, – dedilar.
Shuʼayb payg‘ambarning qavmi boʻlgan quyuq daraxtzor egalari ham payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqardilar.
Keyin unga va kemadagi hamrohlariga najot berdik va uni barcha olamlarga ibrat qilib qoʻydik.
Agar ota-onang seni oʻzing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishga majburlasalar, u holda ularga itoat qilma. Lekin ularga garchi kofir boʻlsalar ham, dunyoda chiroyli muomalada boʻlgin va Menga tavba qilib qaytgan kishilarning yoʻliga ergashgin. Soʻngra qiyomat kunida qaytishlik Mening huzurimgadir, bas, sizlarga nima amal qilganingizning xabarini beraman.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Men sizlarga faqat bitta narsani nasihat qilaman. Xolis Alloh uchun ikkita-ikkita va bitta-bitta turib, bir fikr qilib koʻringlar. Sohibingiz Muhammadda hech qanday jinnilik yoʻq. U faqat qattiq azob oldidan sizlarga yuborilgan bir ogohlantiruvchi payg‘ambardir, , xolos”, – deb ayting.
Shayton sizlarga aniq dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! U oʻziga ergashgan firqasini doʻzax ahli boʻlishga chaqiradi.
Ey Muhammad, ularga qishloq aholisiga rasullar kelgan paytni misol qilib keltiring.
Albatta, jannat ahli bu kunda rohat va farog‘at ishlari bilan xursanddirlar.
Hamda Samud qabilasi, Lut qavmi va daraxtzor egalari ham payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqarganlar. Ana ular ham oʻzlariga yuborilgan payg‘ambarlarni inkor qilgan firqalardir.
Qachonki, insonga biror ziyon tegsa, Robbisiga qaytib duo qiladi. Soʻngra, qachonki, Alloh Oʻz tomonidan unga biror neʼmat ato qilsa, bundan oldin Allohga qilgan duolarini unutib qoʻyar va boshqalarni ham Allohning yoʻlidan adashtirish uchun Unga tengdoshlarni oʻylab topadi. Ey Muhammad, unga: “Sen oʻz kufring bilan dunyoda ozgina foydalanib qol! Albatta, sen doʻzax ahlidandirsan”, – deb ayting.
Kufr keltirgan kimsalar ustiga ham Robbingizning azob haqidagi soʻzi mana shunday muqarrar boʻlgan. Albatta, ular doʻzax egalaridir.
Shubha yoʻqki, albatta, sizlar meni unga ibodat qilishga chorlayotgan narsalaringiz dunyoda ham oxiratda ham hech kimni daʼvat qila olmaydi. Albatta, barchamizning qaytib borishimiz Allohgadir. Albatta, haddan oshuvchilar, ana oʻshalar doʻzax egalaridir.
Aynan oʻshalar jannat ahli boʻlib, u joyda mangu qoladilar. Bu ular qilib oʻtgan amallarining mukofotidir.
Aynan ular shunday zotlardirki, Biz ulardan qilgan chiroyli amallarini qabul qilamiz va jannat egalari qatorida ularning yomonliklarini kechib yuboramiz. Ularga berilgan haq vaʼda mana shudir.