Shubhasiz, kufr keltirgan va zulm qilgan kimsalarni Alloh afv etmaydi hamda toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi.
От искомого вами масдар-узак ط ر ق образовано 11 аятов.
yo'lga, yo'liga (yetaklaydi), sizning yo'lingizni, bir yo'l, yo'l (hayot tarzi) jihatdan, qavat (osmon), yo'llardamiz, yo'lda, va tariqat, Toriq
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Shubhasiz, kufr keltirgan va zulm qilgan kimsalarni Alloh afv etmaydi hamda toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi.
Ularni, faqat jahannam yoʻli tomon yetaklaydi va u yerda mangu qoladilar. Bularni qilish Allohga osondir.
Soʻng bir-birlariga: “Albatta, bu ikkovi oʻz sehrlari bilan sizlarni yeringizdan chiqarishni va barchaga namuna boʻlgan yoʻlingizni yoʻqotishni xohlaydigan sehrgarlardir”, – dedilar.
Biz Musoga: “Bandalarim bani Isroil avlodini tunda olib ket va ular uchun asong bilan urib dengizdan quruq yoʻl och. Ortingdan dushmanlar yetib kelishidan xavf qilmagan va g‘arq boʻlishdan ham qoʻrqma”, – deb vahiy yubordik.
Biz ularning aytayotgan soʻzlarini juda yaxshi biluvchimiz. Oʻshanda ularning yoʻl jihatidan eng munosiblari: “Dunyoda faqat bir kungina qoldinglar”, – deb aytadilar.
Darvoqe, Biz ustingizda yetti qavat yoʻldan iborat osmonni yaratdik. Biz yaratishda g‘ofil boʻlmadik.
Jinlar: “Ey qavmimiz, darhaqiqat, biz Musodan keyin nozil qilingan, oʻzidan oldingi ilohiy kitoblarni tasdiqlovchi, haq dinga va toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan bir kitobni tingladik”, – dedilar.
Albatta, bizlarning oramizda yaxshilar ham bordir va shuningdek, oramizda undan boshqalar ham bordir. Bizlar ilgari turli-tuman yoʻllarda edik.
Albatta, agar ular toʻg‘ri yoʻlda turganlarida, albatta, Biz ularni moʻl-koʻl suv bilan sug‘organ boʻlar edik.
Osmonga qasam va Toriq yulduziga qasam boʻlsin.
Ey Muhammad, Toriq nimaligini sizga nima bildirdi?!