Osmonga qasam va Toriq yulduziga qasam boʻlsin.
Сура Toriq
Ниспослана в Makka.
30-й джуз,86-я сура,17 аятовНиспослана в Makka.
30-й джуз,86-я сура,17 аятовRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Osmonga qasam va Toriq yulduziga qasam boʻlsin.
Ey Muhammad, Toriq nimaligini sizga nima bildirdi?!
U nuri oʻtkir yulduzdir.
Har bir jon egasi ustida uni muhofaza qilib turuvchi farishta bordir.
Bas, inson oʻzining nimadan yaralganiga bir nazar solsin!
U otilib chiquvchi bir suvdan yaralgan.
U esa otaning pushti kamari va onaning koʻkrak suyagi orasidan chiqadi.
Shubhasiz, U Alloh uni qayta tiriltirishga qodirdir.
Sirlar fosh qilinadigan kunda…
U uchun Allohning azobidan qutqaruvchi biror kuch ham, biror yordamchi ham boʻlmaydi.
Qayta-qayta tushuvchi yomg‘ir egasi boʻlgan osmonga qasam boʻlsin.
Yorib chiqish egasi boʻlgan Yerga qasam boʻlsin.
Shubhasiz, u Qurʼon haq bilan botilni ajratuvchi qatʼiy soʻzdir.
U hazil soʻz emasdir.
Albatta, kofirlar makr qiladilar.
Men ham “makr” qilaman.
Bas, ey Muhammad, kofirlarga muhlat bering. Ha, ularga ozgina muhlat bering.