Ey Muhammad, butun borliqni yaratgan Robbingiz nomi bilan oʻqing!
Сура Alaq
Ниспослана в Makka.
30-й джуз,96-я сура,19 аятовНиспослана в Makka.
30-й джуз,96-я сура,19 аятовRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Ey Muhammad, butun borliqni yaratgan Robbingiz nomi bilan oʻqing!
U insonni laxta qondan yaratdi.
Oʻqing! Robbingiz esa eng karamli Zotdir.
U insonga qalam bilan yozishni oʻrgatgan Zotdir.
U insonga bilmagan narsalarini oʻrgatdi.
Albatta, inson tug‘yonga ketadi.
Bunga sabab oʻzini boy deb sanashidir.
Ey inson, albatta, qaytishing Robbing huzurigadir.
Ey inson, namozdan toʻsayotgan kimsani koʻrdingmi?
Bandani namoz oʻqiyotganida?!
Ayting-chi, agar u namoz oʻquvchi oʻzi toʻg‘ri yoʻlda boʻlsa.
Yoki oʻzgalarni Allohdan qoʻrqishga buyursa?!
Ayting-chi, agar u namozdan toʻsuvchi kimsa haqni inkor qilsa va u iymon keltirishdan yuz oʻgirsa.
Albatta, Alloh uning bu qilmishlarini koʻrib turishini bilmaydimi?!
Yoʻq! Qasam boʻlsinki, agar u bu yoʻlidan qaytmasa, albatta, Biz uning peshona sochidan tutamiz.
Oʻsha yolg‘onchi, xatokor kimsaning peshona sochidan tutib jahannamga tashlaymiz!
Bas, u oʻzining jamoasini yordamga chaqiraversin!
Biz esa azob farishtalarini chaqiramiz!
Yoʻq! Ey Muhammad, siz unga itoat qilmang va yolg‘iz Allohga sajda qilib, Unga yaqin boʻling!