Vaqtiki quyosh buklanganda,
Сура Takvir
Ниспослана в Makka.
30-й джуз,81-я сура,29 аятовНиспослана в Makka.
30-й джуз,81-я сура,29 аятовRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Vaqtiki quyosh buklanganda,
Yulduzlar ham oʻz falaklaridan toʻkilganda,
Tog‘lar ham oʻz joylaridan siljitilganda,
Qornidagi bolasi oʻn oylik boʻg‘oz tuyalar ham boʻsh qoʻyib yuborilganida,
Vahshiy hayvonlar ham bir joyga toʻplanganida,
Dengizlar kuydirilganida,
Ruhlar qaytadan jasadlarga juftlanganida,
Tiriklay koʻmilgan har bir qizdan soʻralganida,
Qaysi gunohi uchun oʻldirilgan, deb soʻralganida,
Hamda nomai aʼmol sahifalari ochilganida,
Osmon Yer ustidan qoʻporib olinganida,
Doʻzax kofirlar uchun qizdirilganida,
Jannat taqvodorlarga yaqin qilinganida,
Har bir jon oʻsha kun uchun nima hozirlab kelganini biladi.
Bas, qayta-qayta chiqib koʻrinib turuvchi yulduzlarga qasam boʻlsin.
Berkinuvchi sayyoralarga qasam boʻlsin.
Oʻz zulmati bilan kirib kelgan tunga qasam.
Nafas olib kirib kelgan tong bilan qasam boʻlsinki,
Albatta, bu Qurʼon hurmatli elchining soʻzidir.
U quvvatli, Arshning sohibi Alloh nazdida martabalidir.
U joyda farishtalar tomonidan itoat qilinuvchi va ishonchli zotdir.
Sizlarning sohibingiz Muhammad majnun emasdir.
Darhaqiqat, u Jabroilni ochiq ufqda koʻrdi.
U payg‘ambar g‘aybga baxil emasdir.
Bu Qurʼon Allohning dargohidan quvilgan shaytonning soʻzi emasdir.
Bas, sizlar uni inkor qilib qayoqqa ketmoqdasizlar?!
U Qurʼon, haqiqatan, butun olamlar uchun eslatmadir.
Orangizdan toʻg‘ri boʻlishni xohlagan kishilar uchun eslatmadir.
Sizlar faqat barcha olamlar Robbisi boʻlgan Alloh xohlasagina toʻg‘ri boʻlishni xohlaysizlar.