﷽
TasnimTasnim
123456789101112
Al-Qur'an Al-Karim
وَمِزَاجُهُ مِنْ تَسْنِيمٍ7 Сафар 1448 г.х.|21 июля 2026, вторник
ГлавнаяСурыМасдар-узакИʿраб КоранаАль-МуфрадатПоиск по КорануО нас
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
30
31
32
33
34
35
36
37
38
39
40
41
42
43
44
45
46
47
48
49
50
51
52
53
54
55
56
57
58
59
60
61
62
63
64
65
66
67
68
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90
91
92
93
94
95
96
97
98
99
100
101
102
103
104
105
106
107
108
109
110
111
112
113
114

Суры

1

Fotiha

7 oyat

الفاتحة
2

Baqara

286 oyat

البقرة
3

Oli Imron

200 oyat

آل عمران
4

Niso

176 oyat

النساء
5

Moida

120 oyat

المائدة
6

An'om

165 oyat

الأنعام
7

A'rof

206 oyat

الأعراف
8

Anfol

75 oyat

الأنفال
9

Tavba

129 oyat

التوبة
10

Yunus

109 oyat

يونس
11

Hud

123 oyat

هود
12

Yusuf

111 oyat

يوسف
13

Ra'd

43 oyat

الرعد
14

Ibrohim

52 oyat

إبراهيم
15

Hijr

99 oyat

الحجر
16

Nahl

128 oyat

النحل
17

Isro

111 oyat

الإسراء
18

Kahf

110 oyat

الكهف
19

Maryam

98 oyat

مريم
20

Toho

135 oyat

طه
21

Anbiyo

112 oyat

الأنبياء
22

Haj

78 oyat

الحج
23

Mu'minun

118 oyat

المؤمنون
24

Nur

64 oyat

النور
25

Furqon

77 oyat

الفرقان
26

Shu'aro

227 oyat

الشعراء
27

Naml

93 oyat

النمل
28

Qosos

88 oyat

القصص
29

Ankabut

69 oyat

العنكبوت
30

Rum

60 oyat

الروم
31

Luqmon

34 oyat

لقمان
32

Sajda

30 oyat

السجدة
33

Ahzob

73 oyat

الأحزاب
34

Saba'

54 oyat

سبأ
35

Fotir

45 oyat

فاطر
36

Yosin

83 oyat

يس
37

Soffat

182 oyat

الصافات
38

Sod

88 oyat

ص
39

Zumar

75 oyat

الزمر
40

G'ofir

85 oyat

غافر
41

Fussilat

54 oyat

فصلت
42

Shuro

53 oyat

الشورى
43

Zuxruf

89 oyat

الزخرف
44

Duxon

59 oyat

الدخان
45

Josiya

37 oyat

الجاثية
46

Ahqof

35 oyat

الأحقاف
47

Muhammad

38 oyat

محمد
48

Fath

29 oyat

الفتح
49

Hujurot

18 oyat

الحجرات
50

Qof

45 oyat

ق
51

Zoriyot

60 oyat

الذاريات
52

Tur

49 oyat

الطور
53

Najm

62 oyat

النجم
54

Qamar

55 oyat

القمر
55

Ar-Rohman

78 oyat

الرحمن
56

Voqea

96 oyat

الواقعة
57

Hadid

29 oyat

الحديد
58

Mujodala

22 oyat

المجادلة
59

Hashr

24 oyat

الحشر
60

Mumtahana

13 oyat

الممتحنة
61

Sof

14 oyat

الصف
62

Jumu'a

11 oyat

الجمعة
63

Munofiqun

11 oyat

المنافقون
64

Tag'obun

18 oyat

التغابن
65

Taloq

12 oyat

الطلاق
66

Tahrim

12 oyat

التحريم
67

Mulk

30 oyat

الملك
68

Qalam

52 oyat

القلم
69

Haqqo

52 oyat

الحاقة
70

Ma'orij

44 oyat

المعارج
71

Nuh

28 oyat

نوح
72

Jin

28 oyat

الجن
73

Muzzammil

20 oyat

المزمل
74

Muddassir

56 oyat

المدثر
75

Qiyomat

40 oyat

القيامة
76

Inson

31 oyat

الإنسان
77

Mursalot

50 oyat

المرسلات
78

Naba'

40 oyat

النبأ
79

Noziot

46 oyat

النازعات
80

Abasa

42 oyat

عبس
81

Takvir

29 oyat

التكوير
82

Infitor

19 oyat

الانفطار
83

Mutoffifun

36 oyat

المطففين
84

Inshiqoq

25 oyat

الانشقاق
85

Buruj

22 oyat

البروج
86

Toriq

17 oyat

الطارق
87

A'laa

19 oyat

الأعلى
88

G'oshiya

26 oyat

الغاشية
89

Fajr

30 oyat

الفجر
90

Balad

20 oyat

البلد
91

Shams

15 oyat

الشمس
92

Layl

21 oyat

الليل
93

Zuho

11 oyat

الضحى
94

Sharh

8 oyat

الشرح
95

Tin

8 oyat

التين
96

Alaq

19 oyat

العلق
97

Qadr

5 oyat

القدر
98

Bayyina

8 oyat

البينة
99

Zalzala

8 oyat

الزلزلة
100

Odiyot

11 oyat

العاديات
101

Qori'a

11 oyat

القارعة
102

Takosur

8 oyat

التكاثر
103

Asr

3 oyat

العصر
104

Humaza

9 oyat

الهمزة
105

Fil

5 oyat

الفيل
106

Quraysh

4 oyat

قريش
107

Mo'un

7 oyat

الماعون
108

Kavsar

3 oyat

الكوثر
109

Kafirun

6 oyat

الكافرون
110

Nasr

3 oyat

النصر
111

Masad

5 oyat

المسد
112

Ixlos

4 oyat

الإخلاص
113

Falaq

5 oyat

الفلق
114

Nos

6 oyat

الناس
Священный КоранПереводЗначенияТафсир
Священный КоранПереводЗначенияТафсир

Сура Hijr

Ниспослана в Makka.

14-й джуз,15-я сура,99 аятов
←

Предыдущая сура

14. Ibrohim

إبراهيم
النحل

Следующая сура

16. Nahl

→
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَٰنِ الرَّحِيمِ

Rahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.

15:1

Alif, Lom, Ro. Ushbu oyatlar kitob va ochiq-oydin Qurʼonning oyatlaridir.

15:2

Qiyomat kunida hali kufr keltirganlar afsuslanib, koshki, oldin musulmonlardan boʻlsaydik, – deb istab qoladilar.

15:3

Ey Rasulim, ularni oʻz holiga qoʻyib bering, hozirchalik yeb-ichib qolsinlar, oʻtkinchi dunyo matohlaridan foydalansinlar va orzular ularni chalg‘itaversin. Bas, yaqinda qilmishlarining oqibatini bilib oladilar.

15:4

Biz biror shahar aholisini uning uchun maʼlum muddat oʻtib ajallari kelmaguncha halok qilmaganmiz.

15:5

Biror ummat oʻz ajalidan oldinga ham keta olmaydi va ortda ham qololmaydi.

15:6

Makka kofirlari Muhammadni masxaralab: “Ey oʻziga zikr nozil qilingan kishi, haqiqatan, sen majnunsan”, – dedilar.

15:7

Agar chindan ham daʼvoingda rostgoʻylardan boʻlsang, unda bizga osmondan farishtalarni keltirgin-chi?!

15:8

Biz esa farishtalarni faqatgina kofirlar ustiga haq boʻlgan azob bilan tushirarmiz va u holda kofirlar kutib turilmay halok qilinadilar.

15:9

Shubhasiz, Biz bu zikrni Oʻzimiz nozil qildik va Biz uni muhofaza qiluvchimiz.

15:10

Darhaqiqat, Biz sizdan oldin avvalgi guruhlarga ham payg‘ambarlar yuborganmiz.

15:11

Ular oʻzlariga kelgan har bir payg‘ambarni ustidan kulib masxara qilgan edilar.

15:12

Shunday qilib, u masxara qilish illatini barcha jinoyatchilarning dillariga solib qoʻyamiz.

15:13

Zolimlar unga iymon keltirmaydilar. Holbuki, avvalgi kufrda yashaganlarning yoʻllari oʻtib boʻlgan va oqibatlari maʼlum edi.

15:14

Bordi-yu ularga osmondan bir darvoza ochib qoʻysak-u, undan osmonga qarab koʻtarila boshlasalar ham, baribir iymon keltirmaydilar.

15:15

Ular shunda ham: “Shubhasiz, bizning koʻzlarimiz bog‘lanib qolgan, balki, bizlar sehrlanib qolgan qavmdirmiz”, – der edilar.

Стр. 263
15:16

Biz osmonda burjlarni yaratdik va uni ibrat bilan tomosha qiluvchilar uchun yulduzlar bilan bezab qoʻydik.

15:17

Hamda u osmonni Allohning dargohidan quvilgan har bir shaytondan muhofaza qildik.

15:18

Agar jinlardan birortasi farishtalarning soʻzini oʻg‘rincha eshitib olsa, darhol unga yorqin yulduz quvib yetadi va yakson qiladi.

15:19

Yerni esa, mavjudotlarning koʻpayishi va rivojlanishiga mos tarzda uni keng qilib yoyib qoʻydik, ustiga esa tebranmas tog‘larni joylashtirdik. Hamda unda har yerning oʻziga xos turli-tuman narsalardan, oʻsimlik va mevalardan undirib chiqardik.

15:20

Hamda u yerda siz uchun ham, siz ularni rizq bilan taʼminlay olmaydigan boshqa maxluqotlar uchun ham rizq manbalarini qilib qoʻydik.

15:21

Yeru osmonda mavjud boʻlgan har bir narsaning xazinalari Bizning huzurimizdadir. Biz sizlarga ularni maʼlum oʻlchov bilan tushiramiz.

15:22

Biz shamollarni daraxtlar hosil berishi uchun changlatuvchi va urchituvchilar qilib yubordik. Ketidan osmondan suv yog‘dirib u bilan sizlarni suvga toʻydirdik. Aksincha, siz uni g‘amlab oluvchilar emassiz.

15:23

Albatta, Biz barcha jonzotga hayot beramiz va jonini olamiz. Shuningdek, biz oxirida har bir narsaning yagona egasi va vorislarimiz.

15:24

Albatta, Biz sizlardan oldin yashab oʻtganlarni bildik. Shubhasiz, orqasida keluvchilarni ham bildik.

15:25

Shubhasiz, Robbingizning Oʻzi qiyomat kuni ularni toʻplaydi. Albatta, U hikmat egasi – Hakim va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.

15:26

Darhaqiqat, Biz ilk inson Odam Atoni shakli oʻzgartirilgan qora balchiqdan olib, keyin quritilgan loydan yaratganmiz.

15:27

Jinlardan boʻlgan iblisni esa Odamdan oldin qizigan va tutunsiz olovdan yaratdik.

15:28

Ey Muhammad: Robbingiz farishtalarga: “Men qora balchiqdan olib, quritilgan loydan bir inson yaratuvchiman”, – deb aytganini eslang.

15:29

Bas, uni benuqson qilib rostlab ichiga jon ato qilish Oʻz ruhimdan puflaganimda unga darhol sajda qilgan holingizda yiqilinglar. – dedi.

15:30

Bas, Odam yaratilib ularga namoyish qilingach, farishtalar jam boʻlib, barchalari Allohni ulug‘lab Odamga sajda qildilar.

15:31

Faqat iblis takabburlik qilib sajda qiluvchilar bilan birga boʻlishdan bosh tortdi.

Стр. 264
15:32

Shunda Alloh unga: “Ey iblis, senga ne boʻldiki, sajda qiluvchilar bilan birga boʻlmading?” – dedi.

15:33

Keyin iblis: “Men qora balchiqdan olinib, odam surati berilgan, keyin Sen uni quritilgan loydan yaratgan basharga sajda qiluvchi boʻlmayman”, – dedi.

15:34

Alloh iblisga: “Bas, u holda bu yerdan chiq. Endi sen, Mening dargohimdan quvilgan malʼunsan”, – dedi.

15:35

Senga jazo kuni boʻlgan qiyomat qoimgacha hammaning laʼnati boʻladi.

15:36

Iblis iltijo qilib: “Ey Robbim, unday boʻlsa, menga ular qayta tiriladigan kungacha oʻlmasdan yashashim uchun muhlat bergin”, – dedi.

15:37

Alloh unga: “Bas, sen qiyomatgacha tirik qolib, muhlat berilganlardansan”, – dedi.

15:38

Sening muhlating maʼlum vaqt boʻlmish qiyomat kunigacha.

15:39

Iblis: “Ey Robbim, ont ichamanki, endi meni yoʻldan ozdirganing sababli, albatta, u Odam bolalariga Yerdagi barcha yomon ishlarni chiroyli qilib koʻrsataman va albatta, ularning hammasini yoʻldan ozdiraman”, – dedi.

15:40

Ularning orasidan ixlosli bandalaring bundan mustasnodir.

15:41

Keyin Alloh: “Mana bu Menga yetib boruvchi toʻg‘ri yoʻldir”, – dedi.

15:42

Mening bandalarim ustidan sen uchun aniq hech qanday hukmronlik yoʻq. Faqat sen oʻzingga ergashgan gumrohlarni yoʻldan ozdira olasan.

15:43

Ularning barchalari uchun vaʼda qilingan joy, albatta, jahannamdir.

15:44

U jahannamning yettita darvozasi boʻlib, ulardan har bir eshik uchun zolimlarning gunohlari darajasiga qarab ajratilgan bir boʻlak bor.

15:45

Albatta, Allohdan qoʻrqqan kimsalar bog‘lar va chashmalar ichidadir.

15:46

Unga salom va omonlikda kiringlar, deyiladi.

15:47

Biz jannatdagi soʻrilarda birodarlarcha bir-birlariga yuzlanib oʻtirganlarning dillaridagi gina-kuduratlarni chiqarib tashladik.

15:48

Jannat ahlini u yerda charchoq tutmaydi, shuningdek, ular u joydan chiqariluvchi ham emaslar.

15:49

Ey Muhammad, bandalarimga xabar berib qoʻying, Men Oʻzim, albatta, kechirimli va rahmliman.

15:50

Shuningdek, azobim ham u eng alamli azobdir.

15:51

Ey Rasulim, yana ularga Ibrohimning mehmonlari haqida ham xabar bering.

Стр. 265
15:52

Oʻshanda inson qiyofasidagi farishtalar uning huzuriga kirib: “Salom”, – dedilar. Ibrohimning ularga pishirib kelgan taom uchun qoʻl choʻzishmagach ularga: “Biz sizlardan hadiksirayapmiz, kimsiz oʻzi?” – dedi.

15:53

Ular: “Qoʻrqmagin, biz farishtalarmiz, senga bir bilimdon oʻg‘il koʻrishing haqida xushxabarini keltiryapmiz”, – dedilar.

15:54

Ibrohim ularga: “Menga keksalik yetgan paytda farzandli boʻlishim haqida xushxabar beryapsizmi? Menga qanday g‘alati narsa bilan xushxabar bermoqdasiz oʻzi?” – dedi.

15:55

Farishtalar: “Biz senga chindan ham farzand koʻrishing xushxabarini keltirdik. Bas, sen umidsizlardan boʻlmagin”, – dedilar.

15:56

Ibrohim ularga: “Ha, albatta, Robbisining rahmatidan faqat adashgan kimsalargina noumid boʻladilar”, – dedi.

15:57

Soʻngra Ibrohim ularga qarab: “Xoʻsh, ey elchilar, yumushingiz nimadir?” – dedi.

15:58

Farishtalar Ibrohimga: “Bizlar Lut payg‘ambarning gunohkor qavmiga ularni halok qilish uchun yuborildik”, – dedilar.

15:59

Lekin biz Lutning iymon keltirgan barcha oilasini qutqaruvchimiz.

15:60

Biroq uning xotiniga qutulish yoʻqdir. Chunki Biz, shubhasiz, unga azobda qoluvchilardan boʻlishini taqdir qilib qoʻyganmiz.

15:61

Shunday qilib, elchilar Lutning oilasiga yetib kelishdi.

15:62

Lut payg‘ambar ularga: “Sizlar notanish qavmsiz, kimsizlar oʻzi?” – dedi.

15:63

Farishtalar: “Yoʻq, biz senga qavming u haqida balo kelishini shubha qilayotgan azobni keltirdik”, – dedilar.

15:64

Biz senga azobni chindan ham keltirdik. Biz, albatta, rostgoʻylarmiz.

15:65

Endi sen kechaning bir qismida oilang bilan yoʻlga tush va oʻzing ularning ortidan yur. Sizlardan biror kishi orqasiga oʻgirilib qaramasin. Shu tariqa sizlar buyurilgan tomonga qarab ketaveringlar.

15:66

Biz Lutga sahar chog‘ida ana oʻsha kofirlarning keti qirqilib halok boʻlishi haqidagi mana shu hukmni bildirdik.

15:67

Shahar aholisi mehmonlarni eshitib xursand boʻlgan hollarida yetib keldilar.

15:68

Shunda Lut payg‘ambar ularga: “Axir bu yigitlar mening mehmonlarim-ku! Meni ular oldida axloqsizlik qilib sharmanda qilmanglar”, – dedi.

15:69

Allohdan qoʻrqinglar va meni rasvo qilmanglar.

15:70

Ular Lutga: “Axir biz seni olamlardan odamlarni himoya qilishingni qaytarmagan edikmi?!” – dedilar.

Стр. 266
15:71

Lut oʻz qavmiga: “Agar shu ishni qiluvchi boʻlsangizlar, ana qizlarimiz bor-ku axir, ularni nikohlaringizga olaveringlar”, – dedi.

15:72

Ey Muhammad, umringizga qasamki, ular oʻzlarining shahvoniy mastliklarida gangib yurar edilar.

15:73

Sahar chog‘ida birdan ularni dahshatli qichqiriq tutdi.

15:74

Bas, Biz u shaharni ostin-ustun qilib yubordik va ularning ustiga sopoldan iborat qizitilgan toshlarni ketma-ket yog‘dirdik.

15:75

Albatta, bunday hodisalarda farosatli kishilar uchun ibratli belgilar bordir.

15:76

Darvoqe, oʻtmishda vayron boʻlgan bu shaharlar doimiy yoʻl ustidadir.

15:77

Albatta, bunday hodisalarda moʻminlar uchun ibratli belgi bordir.

15:78

Shubhasiz, daraxtzor egalari boʻlgan Shuʼayb qavmi ham zolimlardan boʻlgan edi.

15:79

Bas, Biz ulardan zulmlari sababli intiqom oldik. Darvoqe, Lut va Shuʼayb qavmidan qolgan xaroba shaharlarning ikkisi ham ibrat olishingiz uchun hanuzgacha aniq yoʻl ustidadir.

15:80

Aniqki, Samud qavmining Hijr vodiysi egalari ham payg‘ambarlari Solihni yolg‘onchiga chiqargan edilar.

15:81

Biz ularga oyatlarimizni keltirgan edik, lekin ulardan yuz oʻgiruvchi boʻldilar.

15:82

Ular tog‘lardan mustahkam uylar yoʻnib, bizga hech qanday ofat yetmaydi deb, goʻyo omonlikda edilar.

15:83

Bas, ularni ham sahar paytida dahshatli qichqiriq tutdi.

15:84

Kasb qilgan narsalari ularga hech qanday foyda bermadi.

15:85

Biz osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsani faqat haq hikmat bilan yaratdik. Qiyomat soati ham, albatta, keluvchidir. Bas, shunday ekan, siz johillarning ozorlariga sabr qiling va ularga chiroyli muomalada boʻlib turing.

15:86

Albatta, Robbing U koʻplab yaratuvchi – Xalloq va hamma narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.

15:87

Ey Muhammad, darhaqiqat, Biz sizga namozning har bir rakatida takrorlanadigan yetti oyatli “Fotiha” surasini va ulug‘ Qurʼonni berdik.

15:88

Biz kofirlardan ayrim toifalarni oʻtkinchi dunyoda u bilan bahramand qilib qoʻygan narsalarimizga koʻz tikmang. Ularning iymonsizliklari ustida g‘amgin ham boʻlmang. Moʻminlar uchun esa shafqat qanotingizni past tutib xokisor boʻling.

15:89

Ularga: “Chindan ham, men sizlarni Allohning azobidan ochiqchasiga ogohlantiruvchiman”, – deb ayting.

15:90

Xuddi ilgari ahli kitobdan hukmlarning oson qismini olib, qiyinini chetga surib, taqsimlab oluvchilarga nozil qilganimizdek.

Стр. 267
15:91

Shunday kimsalarki, ular Qurʼonni ham boʻlak-boʻlak qilib olgan edilar.

15:92

Ey Muhammad, Robbingizga qasamki, albatta, ularning barchasini soʻroqqa tutaman.

15:93

Dunyoda qilib oʻtgan narsalari toʻg‘risida soʻrab olaman.

15:94

Ey Rasulim, bas, siz oʻzingizga buyurilgan ishni oshkora qiling va mushriklardan yuz oʻgiring.

15:95

Albatta, Biz sizni masxara qiluvchilarga jazo berish uchun kifoya qilamiz.

15:96

Unday kimsalar Allohga boshqa soxta “iloh”ni sherik qiladilar. Bas, yaqinda qilmishlarining oqibatini bilib oladilar.

15:97

Haqiqatan, Biz sizni ular masxara qilib aytayotgan soʻzlaridan qalbingiz siqilishini bilamiz.

15:98

Bas, Robbingizga hamd bilan tasbeh ayting va yolg‘iz Allohga sajda qiluvchilardan boʻling.

15:99

Hamda oʻlim deb ataluvchi mutlaq haqiqat yaqin kelguncha Robbingizga ibodat qilavering.