Qiyomat kuni bilan qasam ichaman.
Сура Qiyomat
Ниспослана в Makka.
29-й джуз,75-я сура,40 аятовНиспослана в Makka.
29-й джуз,75-я сура,40 аятовRahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Qiyomat kuni bilan qasam ichaman.
Shuningdek, malomatchi nafsga qasam ichamanki, sizlar albatta qayta tirilasizlar!
Inson Biz uning chirib ketgan suyaklarini toʻplay olmasligimizdan gumon qiladimi?!
Yoʻq, Biz uning barmoq uchlarini ham tiklab qoʻyishga qodirmiz.
Balki, inson kelajakda fujur ishlarni qilishni istaydi.
“Qiyomat kuni qachon oʻzi?” – deb soʻraydi.
Bas, qiyomat dahshatlaridan koʻz qamashganda,
Oy ham tutilganda,
Quyosh va oy birlashtirilganda,
Ana oʻsha kunda inson: “Jazodan qochadigan joy qaerda?” – deb qoladi.
Yoʻq, qocharga boshpana yoʻqdir!
U kunda yolg‘iz Robbing huzurida qaror topishgina bordir.
U kunda insonga dunyoda ekanligida qilib oʻtgan va oʻzidan keyin qoldirgan barcha narsalarning xabari beriladi.
Balki, U kunda inson aʼzolari oʻzining zarariga shohidlik beruvchidir.
Garchi u uzrlarini oʻrtaga tashlasa ham.
Ey Muhammad, Qurʼonni tezroq yodlab olish uchun tilingizni u bilan qimirlatmang.
Zero, uni sizning qalbingizda jamlash ham, tilingizdagi qiroati ham Bizning zimmamizdadir.
Bas, qachon Jabroil tilida uni oʻqisak, siz ham uni oʻqishga ergashing!
Soʻngra u Qurʼonni bayon qilib berish ham, albatta, Bizning zimmamizdadir.
Yoʻq, balki sizlar naqd dunyoni yaxshi koʻrasizlar.
Oxirat kunini esa tark qilasizlar.
U kunda baʼzi yuzlar yashnab turuvchidir.
Robbisiga nazar soluvchidir.
Yana u kunda baʼzi yuzlar burishgan boʻladi.
Oʻzlariga, aniq, noxushlik boʻlishini oʻylab turadilar.
Darhaqiqat, jon halqumga yetib kelganda,
Vafot etayotganga: “Dam soluvchi kishi bormi?” – deb qolinadi,
Jon taslim qilayotgan kimsaning oʻzi bu dunyodan ajralish ekanini anglagan payt.
Jon berish qiyinligidan oyoq – oyoqqa chalishib qolgan bir vaqtda,
Yolg‘iz Robbingiz huzuriga haydalish bordir.
U kofir banda Qurʼon va payg‘ambarni tasdiq qilmadi va namoz oʻqimadi.
Balki, u Qurʼonni yolg‘onga chiqardi va iymondan yuz oʻgirdi.
Soʻngra kerilib oʻz ahli tomon ketdi.
Ey noshukr inson, sening holingga voy boʻlsin, yana voy boʻlsin!
Soʻngra sening holingga voy boʻlsin, yana voy boʻlsin!
Inson oʻzini hisob soʻralmasdan bekor tashlab qoʻyiladi deb oʻylaydimi?!
Axir, u bachadonga toʻkiladigan maniydan iborat bir haqir nutfa emasmidi?!
Soʻngra laxta qon boʻldi. Bas, Alloh uni yaratib, tikladi.
Soʻngra undan ikki juftni – erkak va ayolni paydo qildi.
Ana shu Zot oʻliklarni tiriltirishga qodir emasmi?!