1.Osmonga qasam va Toriq yulduziga qasam boʻlsin.
Сура Toriq
Ниспослана в Makka.
30-й джуз,86-я сура,17 аятов2.Ey Muhammad, Toriq nimaligini sizga nima bildirdi?!
3.U nuri oʻtkir yulduzdir.
4.Har bir jon egasi ustida uni muhofaza qilib turuvchi farishta bordir.
5.Bas, inson oʻzining nimadan yaralganiga bir nazar solsin!
6.U otilib chiquvchi bir suvdan yaralgan.
7.U esa otaning pushti kamari va onaning koʻkrak suyagi orasidan chiqadi.
8.Shubhasiz, U Alloh uni qayta tiriltirishga qodirdir.
9.Sirlar fosh qilinadigan kunda…
10.U uchun Allohning azobidan qutqaruvchi biror kuch ham, biror yordamchi ham boʻlmaydi.
11.Qayta-qayta tushuvchi yomg‘ir egasi boʻlgan osmonga qasam boʻlsin.
12.Yorib chiqish egasi boʻlgan Yerga qasam boʻlsin.
13.Shubhasiz, u Qurʼon haq bilan botilni ajratuvchi qatʼiy soʻzdir.
14.U hazil soʻz emasdir.
15.Albatta, kofirlar makr qiladilar.
16.Men ham “makr” qilaman.
17.Bas, ey Muhammad, kofirlarga muhlat bering. Ha, ularga ozgina muhlat bering.

