1.Ey kiyimlariga oʻralib yotgan kishi!
Сура Muzzammil
Ниспослана в Makka.
29-й джуз,73-я сура,20 аятов2.Tunda bedor boʻlib, namozga turing! Faqat ozgina uxlashga vaqt qolsin.
3.Yarmi qolsin yoki yarmidan ham bir oz kamaytiring.
4.Yoxud unga bir oz ziyoda qiling, yarmidan koʻprog‘ida uxlang va Qurʼonni tartil bilan dona-dona qilib tilovat qiling!
5.Albatta, Biz ustingga og‘ir bir soʻzni tashlaymiz.
6.Albatta, kechasi ibodat uchun bedor boʻlib turish taʼsiri koʻproq va qiroat jihatidan toʻg‘riroqdir.
7.Albatta, siz uchun kunduzi uzoq faoliyat bordir.
8.Robbingizning nomini mudom yod eting va Uning ibodatiga butunlay ajraling!
9.U mashriq va mag‘ribning Robbisidir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Bas, faqat Uni vakil qilib oling!
10.Mushriklarning aytayotgan soʻzlarga sabr qiling hamda ularni chiroyli usulda tark qiling!
11.Sizni yolg‘onga chiqaruvchi bu dunyodan bahra oluvchi oʻsha neʼmat ahlini Menga qoʻyib bering va ularga ozgina muhlat bering!
12.Haqiqatan, Bizning huzurimizda kishanlar va doʻzax bordir.
13.Yana tomoqlarga tiqiladigan tikanli taom hamda alamli azob bordir.
14.U kunda Yer va tog‘lar larzaga keladi va tog‘lar toʻkilib ketuvchi qumtepalarga aylanib qoladi!
15.Ey Makka ahli, Biz sizlarga xuddi firʼavnga payg‘ambar yuborganimizdek sizlarga guvohlik beruvchi Muhammadni payg‘ambar qilib yubordik.
16.Oʻshanda firʼavn Muso payg‘ambarga osiylik qilgach, Biz uni qattiq tutish bilan ushladik.
17.Bas, agar sizlar kufr keltirsangiz, oʻz dahshati bilan bolalarning ham sochlarini oqartirib qoʻyadigan kunning azobidan qanday saqlanasizlar?!
18.U dahshat sababli osmon ham parchalanuvchidir. Allohning vaʼdasi amalga oshuvchidir.
19.Albatta, ushbu oyatlar eslatmadir. Bas, kim xohlasa, u sababli Robbisi tomon yoʻl oladi.
20.Ey Muhammad, albatta, Robbingiz siz va siz bilan birga bir toifa sahobalaringiz kechaning uchdan ikkisidan ozrog‘ida, baʼzida uning yarmida va goho uchdan birida bedor boʻlib, namozga turishingizni biladi. Kecha va kunduz miqdorini Alloh belgilaydi. Alloh fasllar oʻzgarishi bilan tunning uzun va qisqa boʻlib turishi sababli sizlar u kechalarda bedor boʻlishlaringiz lozim boʻlgan soatlarning sanog‘iga yeta olmaslaringizni bilib, tavbalaringizni qabul qildi. Endi kechalari namozlaringizda Qurʼondan oson boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. U sizlarning orangizda bemorlar boʻlishini, boshqalar Allohning fazlini istab, Yer yuzida safar qilishlarini va yana boshqalar esa Alloh yoʻlida jangga chiqib ketishlarini ham bildi. Bas, qiynalmay Qurʼondan oson boʻlgan miqdorda oʻqiyveringlar. Namozni toʻliq ado qilinglar, zakotni muhtojlarga beringlar va miskinlarga ehson qilish bilan Allohga “qarzi hasana” beringlar! Oʻzlaringiz uchun taqdim qiladigan yaxshilikni qiyomat kuni Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulug‘roq mukofot holida topasizlar. Allohdan mag‘firat soʻranglar! Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.

