18 Зу аль-Хиджа 1447 г.х.4 июня 2026, четверг

Сура Zalzala

Ниспослана в Madina.

30-й джуз,99-я сура,8 аятов

1.Qachonki, Yer oʻzining dahshatli zilzilasi bilan larzaga kelganda,

2.Yer oʻz qaʼridagi yuklarini yuzaga chiqarib tashlaganida,

3.Inson dahshatga tushib: “Unga nima boʻldi ekan?” – deb qolganida,

4.Ana oʻsha kunda Yer oʻz xabarlarini aytib beradi.

5.Robbingiz unga vahiy qilib, soʻzlashga buyurgani sababli oʻz xabarlarini aytadi.

6.Oʻsha kunda odamlar, ularga qilib oʻtgan amallarini koʻrsatilishi uchun alohida-alohida boʻlib chiqib keladilar.

7.Bas, kimki dunyoda zarra miqdorida yaxshilik qilgan boʻlsa, qiyomat kuni uni koʻradi.

8.Kimki zarra miqdorida yomonlik qilgan boʻlsa, uni ham koʻradi.