17 Зу аль-Хиджа 1447 г.х.3 июня 2026, среда

Сура Infitor

Ниспослана в Makka.

30-й джуз,82-я сура,19 аятов

1.Vaqtiki osmon yorilganida,

2.Yulduzlar har tarafga sochilganida

3.Dengizlar portlatilganida,

4.Qabrlar ag‘darilganida,

5.Har bir jon oʻzi dunyoda qilib oʻtgan va qoldirgan barcha narsalarni biladi!

6.Ey inson, seni karamli Robbing xususida ibodat qilma deb nima aldab qoʻydi?!

7.U seni yaratib, soʻng barcha aʼzolaringni tiklab, soʻng qomatingni rost qilib qoʻygan Zot-ku!

8.U seni Oʻzi qaysi suratni xohlagan boʻlsa oʻsha suratda tarkib toptirdi-ku!

9.Yoʻq, balki, sizlar jazo kunini yolg‘onga chiqarmoqdasizlar.

10.Holbuki, ustingizda har bir ishingizni saqlab boruvchi farishtalar bor.

11.Ular muhtaram kotib zotlardir.

12.Ular sizlar qilayotgan barcha ishlarni biladilar.

13.Albatta, yaxshilar neʼmatdadirlar.

14.Fojirlar esa doʻzaxdadirlar.

15.Ular unda jazo kunida toblanadilar.

16.Undan g‘oyib boʻluvchi emaslar.

17.Ey Muhammad, jazo kuni nima ekanini sizga nima bildirdi?!

18.Soʻngra yana jazo kuni nima ekanini sizga nima bildirdi?!

19.U kunda hech bir jon boshqa bir jon uchun biror narsa qilish imkoniga molik boʻlmaydi. U kuni barcha ish Allohnikidir.