18 Зу аль-Хиджа 1447 г.х.4 июня 2026, четверг

Сура Bayyina

Ниспослана в Makka.

30-й джуз,98-я сура,8 аятов

1.Ahli kitob va mushriklardan boʻlgan kofir kimsalar, to ularga hujjat kelguncha, kufrdan ajraluvchi boʻlmadilar.

2.U hujjat Alloh tomonidan yuborilgan payg‘ambar boʻlib ularga pokiza sahifalarni tilovat qiladi.

3.U sahifalarda eng toʻg‘ri bitiklar mavjuddir.

4.Ahli kitoblar faqat ularga hujjat kelganidan keyingina boʻlinib ketdilar.

5.Holbuki, ular faqat yagona Allohga, Uning uchun dinni shirkdan xolis qilgan, toʻg‘ri yoʻldan og‘magan hollarida ibodat qilishga va namozni toʻliq ado qilishga hamda zakot berishga buyurilgan edilar. Mana shu toʻg‘ri dindir.

6.Albatta, ahli kitob va mushriklardan boʻlgan kufr keltirgan kimsalar jahannam otashida boʻlib, oʻsha joyda mangu qoladilar. Ana oʻshalar xaloyiqning eng yomonidirlar.

7.Albatta, iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalaraynan oʻshalar xaloyiqning eng yaxshisidirlar.

8.Robbilari huzuridagi ularning mukofotlari tagidan anhorlar oqib turadigan Adn jannatlaridir. Ular oʻsha joyda abadiy qoluvchidirlar. Alloh ulardan rozi boʻladi, ular Allohdan rozi boʻladilar. Bu mukofot Robbisidan qoʻrqqan kishilar uchundir.