1.Bir savol beruvchi tushadigan azob haqida soʻradi.
Сура Ma'orij
Ниспослана в Makka.
29-й джуз,70-я сура,44 аятов2.U azob kofirlarga atalgandir, uni qaytaruvchi kuch yoʻqdir.
3.Albatta, u azob meʼrojlar egasi Alloh tomonidandir.
4.Farishtalar va Ruh miqdori ellik ming yillik boʻlgan bir kunda Uning huzuriga koʻtariladilar.
5.Bas, ey Muhammad, kofirlarning ozorlariga chiroyli sabr qiling!
6.Chunki, ular u kunni uzoq deb biladilar,
7.Biz esa uni yaqin deb bilamiz.
8.U kunda osmon qora moy qoldig‘idek boʻlib qoladi.
9.Tog‘lar esa titilgan yung kabi toʻzon boʻlib ketadi.
10.U kunda qadrdon doʻst doʻstidan hol-ahvol soʻramaydi.
11.Holbuki, ular bir-birlariga koʻrsatiladilar. Jinoyatchi u kunning azobidan qutulish uchun oʻg‘illarini fido qilib yuborishni xohlaydi.
12.Xotini va birodarini ham.
13.Uni oʻz panohiga oladigan qarindoshini ham.
14.Yer yuzidagi barcha kishilarni toʻlov qilib berib, keyin unga najot berishini istab qoladi.
15.Yoʻq! Albatta, u kuchli alangadir.
16.Doʻzax harorati bosh terilarini shilib oluvchidir.
17.U haq yoʻlidan yuz oʻgirib, teskari qarab ketganni oʻziga chaqiradi.
18.Boylikni yig‘ib berkitgan, yaxshi joylarga sarflamagan kimsalarni ham oʻziga chaqiradi.
19.Darhaqiqat, inson betoqat qilib yaratilgandir.
20.Qachonki, unga yomonlik yetsa, u oʻta besabrlik qiluvchidir.
21.Qachonki, unga yaxshilik yetsa, u xayru ehsonni man qiluvchidir.
22.Faqat namozxonlar unday emaslar.
23.Ular namozlarida bardavomdirlar.
24.Ularning topgan mol-mulklarida muhtojlar uchun maʼlum haq bordir.
25.Tilanchi va bechora kishilar uchun.
26.Shuningdek, ular yana jazo kunini tasdiq qiluvchilardir.
27.Robbilarining azobidan qoʻrquvchi kimsalardir.
28.Shubhasiz, Robbilarining azobidan hech kim xotirjam emasdir.
29.Ular yana avratlarini zinodan saqlovchidirlar,
30.Faqat oʻz jufti halollari va qoʻl ostidagi choʻrilari bundan mustasnodirlar. Ular malomat qilinuvchi emaslar.
31.Bas, kimki ana shundan boshqani istasa, ana oʻshalar haddan oshuvchi kimsalardir.
32.Yana namozxonlar oʻzlariga topshirilgan omonatlarga va odamlarga bergan ahdlariga rioya qiluvchilardir.
33.Ular guvohliklarida toʻg‘ri turuvchilardir.
34.Ular namozlarini vaqtida ado qilib, qazo boʻlishidan saqlovchi kimsalardir.
35.Aynan oʻshalar jannatlarda ikrom qilinuvchilardir.
36.Bas, Ey Muhammad, bu kufr keltirganlarga nima boʻldiki, boʻyinlarini choʻzib, sen tomon shoshilmoqdalar.
37.Oʻng taraf va chap tarafdan, toʻp-toʻp boʻlgan holda?!
38.Yoki ulardan har bir kishi neʼmatlanish jannatiga kiritilishni tama qiladimi?!
39.Yoʻq, axir, Biz ularni oʻzlari biladigan narsadan yaratganmiz!
40.Bas, mashriqlar va mag‘riblarning Robbisiga qasam boʻlsinki, albatta, Biz barcha ishga qodirmiz.
41.Ulardan yaxshiroq insonlarga almashtirib qoʻyishga ham kuchimiz yetadi. Bizdan bu ishda oʻzib ketilmaydi.
42.Bas, ey Muhammad, ularga bir muddat qoʻyib bering! Ular, to oʻzlariga vaʼda qilinayotgan kunlariga yoʻliqqunlaricha, xomxayollariga shoʻng‘ib, oʻynab yuraversinlar!
43.U kunda ular xuddi oʻzlari sig‘inadigan butlarga qarab yugurayotgandek goʻrlaridan shoshib chiqadilar.
44.Koʻzlari qoʻrqinchga toʻla, xorlik ularni egallab olgan hollarida chiqib keladilar. Mana shu ularga vaʼda qilib yurilgan kundir.

