1.Vaqtiki, osmon yorilganda,
Сура Inshiqoq
Ниспослана в Makka.
30-й джуз,84-я сура,25 аятов2.Bu bilan osmon oʻz Robbisining amriga quloq tutdi va shu amrga loyiq topildi.
3.Shuningdek, Yer choʻzilganda,
4.U oʻz ichidagi jasadlarni chiqarib tashlab, boʻshab qolganda,
5.Bu bilan u Robbisi amriga quloq tutdi va shu amrga loyiq topildi. Endi har bir inson Allohga hisobot beradi.
6.Ey inson, albatta, sen mashaqqatlar chekib Robbingga boruvchisan, bas, soʻngra U Zotga yoʻliquvchisan.
7.Bas, kimning nomai aʼmoli oʻng tomonidan berilsa,
8.Bas, u osongina hisob bilan hisob-kitob qilinadi.
9.Jannnatdagi ahli oilasiga xursand holda qaytadi.
10.Ammo kimning nomai aʼmoli orqa tomonidan berilsa,
11.Bas, oʻziga halokatni chaqiradi.
12.Keyin doʻzaxga kirib toblanadi.
13.Darvoqe, u dunyodalik paytida ahli oilasida xursand edi,
14.Oʻzini hech qachon Alloh huzuriga qaytmasman deb oʻylar edi.
15.Yoʻq! Robbisi uni, shubhasiz, koʻrib turuvchi edi.
16.Bas, quyosh botayotgan paytdagi shafaqqa qasam ichaman,
17.Tun va u oʻrab olgan narsalar bilan qasam ichaman.
18.Hamda toʻlin oyga qasam boʻlsin.
19.Albatta sizlar bosqichma-bosqich minib yashab kelasizlar!
20.Bas, nima uchun ular iymon keltirmaydilar?!
21.Ularga Qurʼon qiroat qilinganda, Allohga sajda qilmaydilar?!
22.Aksincha, kufr keltirganlar bularni yolg‘onga chiqaradilar.
23.Alloh esa ular ichlarida berkitib yurgan narsalarini yaxshi biluvchidir.
24.Bas, ey Muhammad, ularga alamli azob “xushxabari”ni bering!
25.Ammo iymon keltirgan va solih amallarni qilgan kimsalar uchun bitmas-tuganmas mukofot bordir.

