18 Зу аль-Хиджа 1447 г.х.4 июня 2026, четверг

Сура Layl

Ниспослана в Makka.

30-й джуз,92-я сура,21 аятов

1.Borliqni oʻz zulmati bilan qoplab kelayotgan tunga qasam boʻlsin.

2.Yorishib kelayotgan kunduzga qasam boʻlsin.

3.Erkak va ayolni yaratgan Zotga qasam boʻlsin.

4.Albatta, sizlarning saʼy-harakatlaringiz turlichadir!

5.Bas, kimki zakot va sadaqotlarni bersa va Allohdan qoʻrqsa,

6.Hamda goʻzal oqibatni tasdiq qilsa,

7.Bas, unga oson yoʻlni muyassar qilamiz.

8.Ammo kimki baxillik qilsa va oʻzini behojat sanasa,

9.Hamda goʻzal oqibatniyolg‘onga chiqarsa,

10.Bas, unga og‘ir yoʻlni muyassar qilamiz.

11.U qulagan vaqtida boyligi unga foyda bermaydi.

12.Albatta, hidoyatga yoʻllash faqat Bizning zimmamizdadir.

13.Haqiqatan, oxirat ham, dunyo ham yolg‘iz Biznikidir.

14.Sizlarni lovullab yonuvchi doʻzax haqida ogohlantirdim.

15.Unga faqat baxtsiz odam kirib, kuyadi.

16. U dinni yolg‘onga chiqargan va haqdan yuz oʻgirgan edi.

17.Albatta taqvoli kishi undan uzoqlashtiriladi.

18.U mol mulkini yaxshilik yoʻlida berib nafsini poklaydi.

19.Biror kishining unda evaziga mukofotlanishi kerak boʻlgan yaxshiligi yoʻqdir.

20.U faqat eng oliy Zot boʻlmish Robbisining roziligini istab ehson qiladi.

21.U yaqinda beriladigan mukofotdan rozi boʻladi.