18 Зу аль-Хиджа 1447 г.х.4 июня 2026, четверг

Сура Balad

Ниспослана в Makka.

30-й джуз,90-я сура,20 аятов

1.Ey Muhammad, mana shu shahar bilan qasam ichaman.

2.Holbuki, siz shu shaharda muqim turgandirsiz.

3.Hamda ota va bolalarga qasamyod qilaman.

4.Haqiqatan, insonni mashaqqatga yaratdik.

5.U oʻziga hech kimning kuchi yetmaydi, deb oʻylaydimi?!

6.U maqtanib: “Juda koʻp mol-dunyoni sarflab yoʻq qildim”, – deydi.

7.Uni hech kim koʻrmagan, deb oʻylaydimi?!

8.Axir, u uchun ikki koʻz qilmadikmi?!

9.Til va ikki lab ato qilmadikmi?!

10.Yana uni ikki balandlikka yoʻllab qoʻydik-ku!

11.Bas, u biror yaxshi dovonni oshib oʻtmadi.

12.Ey Muhammad, dovon oshish nima ekanini sizga nima bildirdi?

13.U qul ozod qilishdir.

14.Yoki ocharchilik kunida muhtojga taom berishdir.

15.Xoh u qarindosh yetim boʻlsin.

16.Xoh tuproqqa qorilgan bechora miskin boʻlsin.

17.Soʻngra mazkur inson iymon keltirgan va bir-birlarini sabr qilishga tavsiya qilgan, bir-birlarini marhamatli boʻlishga undagan kimsalardan boʻldi.

18.Ana oʻsha fazilatlarga ega boʻlgan kimsalar oʻng tomon egalaridir.

19.Oyatlarimizga kufr keltirgan kimsalar esa, chap tomon egalaridir.

20.Ularning ustilarida qoplab turgan olov bordir.