1. Rahmon va Rahim boʻlgan Alloh nomi bilan boshlayman.
Сура Fotiha
Ниспослана в Makka.
1-й джуз,1-я сура,7 аятов2. Barcha hamd va sano olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh taologa xosdir.
3. Alloh taolo dunyoda barcha qullariga mehribon boʻlgan – Rahmon, oxiratda esa moʻminlarga marhamatli boʻlgan – Rahim Zotdir.
4. U qiyomatda yaxshilikka mukofot, yomonlikka jazo beriladigan kunning Egasidir.
5. Biz faqat Sengagina ibodat qilamiz va doimo Sendangina madad soʻraymiz.
6. Ey Alloh, bizlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlagin.
7. U shunday yoʻldirki, uni solih bandalaringga inʼom etgansan. Bu toʻg‘ri yoʻl haddan oshganlari uchun g‘azabga duchor boʻlganlarning va shirk keltirib adashganlarniki ham emas.

