18 Зу аль-Хиджа 1447 г.х.4 июня 2026, четверг

Сура Qof

Ниспослана в Makka.

26-й джуз,50-я сура,45 аятов

1.Qof. Ulug‘ Qurʼonga qasam boʻlsin.

2.Ha, ularga farishta oʻrniga oralaridan boʻlgan bir payg‘ambar ogohlantiruvchi kelganidan ajablandilar. Shunda kofirlar: Bu juda qiziq narsa-ku!”, – dedilar.

3.Bizlar oʻlib, tuproqqa aylanganimizda yana qayta tirilamizmi?! Bu juda aqldan uzoq qaytishdir!

4.Biz ularning jasadlarinini yer kamaytirib, chirib tuproqqa aylanib borayotganini bilganmiz. Bizning huzurimizda esa, barcha qilgan ishlarini saqlovchi kitob bordir.

5.Yoʻq, ularga haq Qurʼon kelganda, uni ham yolg‘onga chiqardilar. Bas, ular iztirobli holatga tushib qolganlar.

6.Axir, ular ustilaridagi osmonni – Biz uni yulduzlar bilan qanday bino qilib, bezab qoʻyganimizni va uning teshiklari yoʻq ekaniga nazar solmadilarmi?!

7.Yerni esa yoyib qoʻydik va unga mustahkam tog‘larni oʻrnatdik hamda unda oʻsimlik va mevalardan iborat har turli goʻzal juftlarni undirdik.

8.Biz bularni Allohga qaytuvchi har bir bandaga koʻrgazma va eslatma boʻlishi uchun shunday qildik.

9.Biz osmondan barakatli suv yog‘dirib, u bilan bog‘larni va oʻrib olinadigan don-dunlarni undirdik.

10.Shuningdek, zich mevali, novdalari baland xurmolarni ham yaratdik.

11.Bandalarga rizq boʻlsin deb bularni yaratdik. Yana u suv bilan suvsizlikdan qaqrab yotgan oʻlik shaharni tiriltirdik. Qabrlardan tirilib chiqish ham mana shunday boʻladi.

12.Makka kofirlaridan oldin Nuh qavmi, Shuʼayb qavmi boʻlgan quduq egalari, Samud qabilasi ham payg‘ambarlarni inkor qilgan edilar.

13.Shuningdek, Od qabilasi, firʼavn qavmi, Lutning birodarlari ham osiy boʻlgan edilar.

14.Daraxtzor egalari boʻlgan Shuʼayb qavmi va Tubbaʼ qavmi ham payg‘ambarlarni inkor qilgan edilar. Ularning barchalari payg‘ambarlarni yolg‘onga chiqarishdi bas, Mening azoblash haqidagi vaʼdam muqarrar boʻldi.

15.Axir, Biz avvalgi yoʻqdan bor qilib yaratishga ojizlik qildikmi? Yoʻq, ular yangi yaralishdan shubhadalar.

16.Insonni Biz yaratganmiz, demak, uning nafsi vasvasa qiladigan, narsalarni ham bilamiz. Biz unga jon tomiridan ham yaqinroqmiz.

17.Zotan, oʻng va chap tomonda oʻtirgan ikki yozib turuvchi farishta boʻlayotgan barcha ishlarni qabul qilib turadilar.

18.U biror soʻzni talaffuz qilsa, albatta, uning oldida hoziru nozir boʻlgan, kuzatuvchi farishta u soʻzni yozib oladi.

19.Mana jon chiqish paytidagi oʻlim mastligi haqiqatan yetib keldi. Ey inson, bu oʻlim sen undan qochib yurgan narsadir.

20.Qayta tirilishga chaqiruvchi sur ham chalindi. Bu kofirlarga azob vaʼda qilingan kundir.

21.Har bir jon oʻzi bilan birga uni mahshar maydoniga haydovchi bir farishta va amallariga guvohlik beruvchi yana bir farishta bilan birga keladi.

22.Ey inson, sen bu dahshatli kunda g‘aflatda eding. Bas, Biz sendan koʻzingdagi pardangni ochib yubordik. Endi, bugun koʻzing juda oʻtkirdir.

23.Kofirning yaqini boʻlgan farishta: “Mana bu nomai aʼmol mening huzurimda doimo tayyor turgan narsadir”, – deydi.

24.Doʻzax xodimlaridan ikki farishtaga: “Har bir noshukr, qaysarni jahannamga uloqtiringlar!” – deyiladi.

25.Shuningdek, yaxshilikni man qiluvchi, tajovuzkor va Allohga shak keltiruvchini ham jahannamga tashlanglar.

26.U Alloh bilan boshqa soxta ilohlarni sherik qigan edi, uni qattiq azobga yoʻliqtiringlar.

27.Kofirning yaqini boʻlgan shayton: “Ey Robbimiz, uni men tug‘yonga solganim yoʻq, lekin uning oʻzi haq yoʻldan uzoq zalolatda edi”, – deydi.

28.Alloh unga: “Mening dargohimda bahslashmanglar! Men ilgari sizlarga kofir boʻlganingiz sababli oxiratda azobga duchor boʻlishingiz haqida vaʼda berganman”, – deydi.

29.Mening dargohimda vaʼda qilingan soʻz oʻzgartirilmaydi va Men bandalarga zulm qiluvchi emasman.

30.U kunda Biz jahannamgatoʻldingmi?” – deymiz, jahannam esa: “Yana qoʻshimcha bormi?” – deydi.

31.Taqvodor zotlarga jannat uzoq boʻlmagan bir makonga keltiriladi.

32.Hamda ularga: “Mana shu neʼmatlar sizlar uchun. Allohga qaytuvchi, ahdini saqlovchiga vaʼda qilingan narsadir”, – deyiladi.

33.Shuningdek, bular Rahmondan g‘oyibona qoʻrqqan va tavba qiluvchi qalb bilan kelgan kishilar uchun hamdir.

34.Unga salomatlik bilan kiringlar! Bu kun mangu qoladigan kundir”, – deyiladi.

35.Ularga u yerda xohlagan narsalari bor. Bizning dargohimizda yana qoʻshimcha neʼmatlar ham bordir.

36.Quraysh kofirlaridan oldin ulardan ham quvvatliroq qanchadan-qancha nasllarni halok qildik. Bas, ular halokatdan qochib qutiladigan joy bormi?” deb shaharlarni kezib yurdilar.

37.Albatta, bunda ochiq qalb egasi boʻlgan yoki oʻzi hozir boʻlib, quloq tutgan kishi uchun eslatma bordir.

38.Biz osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsani olti kunda yaratdik va Bizga hech qanday charchoq yetmadi.

39.Bas, ey Rasulim, kofirlar aytayotgan soʻzlarga sabr qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Robbingizga hamd bilan tasbeh ayting.

40.Yana kechaning bir qismida sajdalar ortidan Allohga tasbeh ayting.

41.Jarchi Isrofil farishta yaqin bir makondan turib nido qiladigan kunda unga quloq tuting.

42.U kunda barcha xaloyiq u dahshatli qichqiriqni haqiqatan eshitadilar. Bu qabrlardan chiqish kunidir.

43.Albatta, Biz barcha jonzotni tiriltiramiz va oʻldiramiz. Qaytish esa faqat Bizgadir.

44.U kunda ularning ustidagi yer yorilib, shoshgan hollarida qabrlaridan chiqib keladilar. Bu Bizga oson boʻlgan toʻplashdir.

45.Biz kofirlar aytayotgan gaplarni yaxshi bilamiz. Ey Rasulim, siz ularning ustida dinga majburlovchi emassiz. Bas, ushbu Qurʼon bilan Mening tahdidimdan qoʻrqadigan kishilarga nasihat qiling.