18 Зу аль-Хиджа 1447 г.х.4 июня 2026, четверг

Сура Mursalot

Ниспослана в Makka.

29-й джуз,77-я сура,50 аятов

1.Ketma-ket yuborilgan shamollarga qasam ichaman.

2.Qattiq esgan boʻronlarga qasam boʻlsin.

3.Bulutlarni yoyib yuboradiganlarga qasam boʻlsin.

4.Haq bilan nohaqni ajratib beruvchilarga qasam boʻlsin.

5.Vahiyni tashuvchilar bilan qasam boʻlsin.

6.Moʻminlarning uzrini qabul qilish yoki kofirlarni ogohlantirishga xizmat qiladigan farishtalarga ham.

7.Albatta, sizlarga vaʼda qilinayotgan qiyomat kuni voqe boʻluvchidir!

8.Bas, qachonki, yulduzlarning nurlari soʻndirilsa,

9.Osmon qobig‘i ochilsa,

10.Tog‘lar qumlar kabi sochilsa,

11.Payg‘ambarlarga belgilangan vaqt kelsa, qiyomat qoim boʻladi.

12.Payg‘ambarlar oʻz qavmlari bilan hisoblashishlari qaysi kunga belgilangan edi?!

13.Albatta ajrim kuniga belgilangan.

14.Ey inson, ajrim kuni nima ekanligini sen qaerdan ham bilasan?!

15.U kunda qiyomatni yolg‘onga chiqaruvchilar holiga voy boʻlsin!

16.Axir, Biz avvalgi itoatsiz ummatlarni halok qilmadikmi?!

17.Soʻngra keyingilarini ularga ergashtirmadikmi!

18.Jinoyatchilarni mana shunday halok qilamiz!

19.U kunda qiyomatni yolg‘onga chiqaruvchilar holiga voy boʻlsin!

20.Axir, Biz sizlarni bir haqir suvdan yaratmadikmi?!

21.Soʻngra uni puxta qaror topadigan joyda qilib qoʻymadikmi?!

22.Ona qornida maʼlum muddatgacha.

23.Bas, Biz undan insonni yaratishga qodir boʻldik. Biz naqadar qudratlimiz!

24.U kunda qiyomatni yolg‘onga chiqaruvchilar holiga voy boʻlsin!

25.Axir, Biz yerni oʻziga tortuvchi qilib qoʻymadikmi?

26.Tiriklarni ham, oʻliklarni ham?!

27.Yana Biz Yerda baland tog‘larni paydo qildik va sizlarni tog‘lardan oqib tushadigan chuchuk suv bilan sug‘ordik.

28.U kunda qiyomatni yolg‘onga chiqaruvchilar holiga voy boʻlsin!

29.Qiyomatda kofirlarga: Sizlar dunyodalik paytingizda yolg‘on deb yurgan narsaga endi boringlar!” – deyiladi.

30.Uch boʻlakli soyaga boringlar!

31.Hech qanday salqinlik bermaydigan va alangani ham toʻsmaydigan soyadir.

32.Darvoqe, u jahannam qasrdek ulkan alangalarni otadi.

33.Ular xuddi sariq tuyalarga oʻxshaydi.

34.U kunda qiyomatni yolg‘onga chiqaruvchilar holiga voy boʻlsin!

35.Bu kunda ular soʻzlay olmaydilar.

36.Hamda ular uchun uzr aytishlariga ham izn berilmaydigan kundir!

37.U kunda qiyomatni yolg‘onga chiqaruvchilar holiga voy boʻlsin!

38.Bu ajrim kunidir! Ey bu kunni yolg‘on degan kimsalar, mana Biz sizlarni ham, avvalgilarni ham jamladik.

39.Bas, agar sizlarda doʻzaxdan qutqaradigan biror hiyla boʻlsa, Menga oʻsha hiylangizni koʻrsatingizlar!

40.U kunda qiyomatni yolg‘onga chiqaruvchilar holiga voy boʻlsin!

41.Taqvodor zotlar esa u kunda, albatta, soya-salqinlar va buloqlarda boʻladilar.

42.Hamda koʻngillari istagan mevalar ichida boʻladilar.

43. Ularga: Qilib oʻtgan yaxshi amallaringiz sababli jannat neʼmatlarini yoqimli ishtaha bilan yeb-ichaveringlar”, deyiladi.

44.Albatta, Biz yaxshi amal qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.

45.U kunda qiyomatni yolg‘onga chiqaruvchilar holiga voy boʻlsin!

46.Ey kofirlar, ozgina vaqt yeb, foydalanib qolinglar! Zero, sizlar jinoyatchidirsizlar.

47.U kunda qiyomatni yolg‘onga chiqaruvchilar holiga voy boʻlsin!

48.Qachon ularga: “Ruku qilinglar, namoz oʻqinglar”, – deyilsa, ruku qilmaydilar.

49.U kunda qiyomatni yolg‘onga chiqaruvchilar holiga voy boʻlsin!

50.Axir, ular Qurʼondan keyin shunday ulug‘ kitobga iymon keltirmay qanday soʻzga iymon keltirardilar?!