1.Osmonlardagi va Yerdagi barcha narsa Allohga tasbeh aytadi. Hukmronlik faqat Unikidir va hamd yolg‘iz Unga xosdir. U har narsaga qodir Zotdir.
Сура Tag'obun
Ниспослана в Madina.
28-й джуз,64-я сура,18 аятов2.U sizlarni yaratgan Zotdir. Bas, sizlardan baʼzilaringiz kofir va sizlardan baʼzilaringiz moʻmindir. Alloh barcha qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir.
3.U osmonlar va Yerni haq hikmat bilan yaratdi va sizlarga surat berdi shu bilan birga suratlaringizni goʻzal qildi. Qaytish faqat Uning huzurigadir.
4.U osmonlar va Yerdagi barcha narsani biladi. Alloh koʻngillardagi yashiringan narsalarni ham biluvchi Zotdir.
5.Ey Makka kofirlari, sizlarga oldin kufr keltirib, soʻng shu dunyodayoq oʻz ishlarining ziyonini totgan kimsalarning xabari kelmadimi?! Yana ularga oxiratda alamli azob ham bordir.
6.Bunga sabab, ularga payg‘ambarlari aniq hujjatlarni keltirganlarida, ular: “Bizlarni oʻzimizga oʻxshagan bashar farzandlari hidoyat qiladilarmi?!” – deb, kufr keltirganliklari va iymondan yuz oʻgirib ketganlaridir. Shunda Alloh behojat ekanini koʻrsatdi. Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va maqtovga loyiq – Hamid Zotdir.
7.Kufr keltirgan kimsalar oʻzlarini hech qachon qayta tirilmaymiz, deb gumon qildilar. Ey Muhammad, ularga: “Yoʻq! Robbimga qasamki, albatta, qayta tiriltirilasizlar, soʻngra, albatta, sizlarga qilgan barcha amallaringizning xabari beriladi. Bu ish Allohga osondir”, – deb ayting.
8.Bas, sizlar Allohga, Uning payg‘ambariga va Biz nozil qilgan nurga iymon keltiringlar. Alloh barcha qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
9.Alloh sizlarni toʻplaydigan “jamlanish kuni”ni eslanglar! Bu odamlar oʻzaro aldanib qoladigan kundir. Kimki Allohga iymon keltirgan va yaxshi amal qilgan boʻlsa, Alloh uning yomonliklarini oʻchiradi va uni ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy qolinadigan jannatlarga kiritadi. Bu esa ulkan mukofotdir.
10.Kufr keltirgan va oyatlarimizni inkor qilgan kimsalar – ana oʻshalar doʻzax ahli boʻlib, u yerda mangu qoluvchidirlar. U qanday ham yomon borar joydir.
11.Insonga biror musibat yetgan boʻlsa, albatta, u Allohning izni bilan yetadi. Kimki iymon keltirsa, Alloh uning qalbini toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi. Alloh har bir narsani biluvchidir.
12.Allohga itoat qilinglar va Payg‘ambarga boʻysuninglar. Bas, agar itoatdan yuz oʻgirsangiz, u holda bilingki, Bizning payg‘ambar zimmasida faqat vahiylarimizni sizlarga aniq yetkazish bor, xolos.
13.Alloh – Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Bas, moʻminlar faqat Allohga tavakkul qilsinlar.
14.Ey iymon keltirganlar, albatta, xotinlaringiz va farzandlaringizdan sizlarga dushman chiqadiganlari ham bordir. Bas, ulardan ehtiyot boʻlinglar! Agar sizlar ularni afv qilsangizlar, xush muomala qilsangizlar va kechirsangizlar, u holda, albatta, Alloh ham mag‘firatli va rahmlidir.
15.Mol-davlatlaringiz va farzandlaringiz faqat bir sinovdir. Allohning huzurida esa ulkan ajr bordir.
16.Bas, qoʻlingizdan kelganicha Allohga taqvo qilinglar, nasihatga quloq tuting, itoat qiling va muhtojlarga ehson qilinglar. Mana shu oʻzingiz uchun yaxshiroqdir. Kimki oʻz nafsining ziqnaligidan saqlansa, bas, aynan oʻshalar zafar topuvchilardir.
17.Agar sizlar Alloh yoʻliga muhtojlarga “qarzi hasana” bersangiz, U sizlarga uni bir necha barobar qilib qaytaradi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Alloh koʻplab savob beruvchi – Shakur va bandalariga mehribon – Halim Zotdir.
18.Alloh maxfiy va oshkora ishlarni biluvchi, qudrat va hikmat sohibidir.

