Bu azoblar oʻz qoʻllaringiz bilan qilgan gunohlaringiz sababidandir. Albatta, Alloh bandalari uchun zulm qiluvchi emasdir.
От искомого вами масдар-узак ع ب د образовано 275 аятов.
ibodat qilamiz, ibodat qiling, qulimiz (Muhammad), ibodat qilmaysiz, qullari, ibodat qilasiz, ibodat qilamiz, (unga) sig'inmoqda, qul, qul bilan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Bu azoblar oʻz qoʻllaringiz bilan qilgan gunohlaringiz sababidandir. Albatta, Alloh bandalari uchun zulm qiluvchi emasdir.
Yolg‘iz Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar. Ota-onalarga yaxshilik qilinglar. Hamda qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin va uzoq qoʻshnilarga, yaqin doʻstingizga, musofirlarga va qoʻl ostingizdagi xizmatkorlarga ham yaxshilik qilinglar. Alloh takabbur va maqtanchoq boʻlgan kimsalarni sevmaydi.
Alloh u shaytonni rahmatidan haydab laʼnatladi. Shayton esa: “Albatta, qullaringdan ularni yoʻldan ozdirib, tegishli ulushimni olaman”, – dedi.
Iso Masih ham, Allohga yaqin boʻlgan farishtalar ham Allohga qul boʻlishdan tortinib or qilmaydilar. Kimki Unga qul boʻlishdan or qilib, takabburlik qilsa, bas, yaqinda Alloh barchasini Oʻz huzuriga toʻplaydi.
Iso Masih ham, Allohga yaqin boʻlgan farishtalar ham Allohga qul boʻlishdan tortinib or qilmaydilar. Kimki Unga qul boʻlishdan or qilib, takabburlik qilsa, bas, yaqinda Alloh barchasini Oʻz huzuriga toʻplaydi.
Ey Rasulim, ularga: “Sizlarga Allohning nazdida bundan ham yomonroq jazosi boʻlgan kimsaning xabarini beraymi? Ular Alloh laʼnatlagan, ularga g‘azab qilgan, ulardan baʼzilarini maymun va choʻchqalarga aylantirib qoʻygan va shaytonga sig‘ingan kimsalardir”, – deb ayting. Ana oʻshalar eng yomon makonda boʻlgan va toʻg‘ri yoʻldan tamoman adashgan kimsalardir.
Alloh bu Maryam oʻg‘li Masihdir, degan kimsalar aniq kofir boʻldilar. Vaholanki, Masih ularga: “Ey bani Isroil avlodlari, mening ham Robbim sizlarning ham Robbingiz boʻlgan Allohga ibodat qilinglar”, – degan edi. Kimki Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qilgandir va joyi doʻzaxdir. Zolimlar uchun azobdan qutqaruvchi yordamchilar yoʻqdir.
Ey Rasulim, ularga: “Allohni qoʻyib, sizlarga zarar ham, foyda ham berishga qodir boʻlmaganga ibodat qilasizlarmi?” – deb ayting. Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Men ularga faqat Oʻzing menga amr qilganlaringni aytdim. U esa, “Robbim va Robbingiz boʻlgan Allohga ibodat qilinglar”, – deganim edi. Ularning orasida boʻlgan onlarimda qilayotgan ishlarida ularga guvoh boʻlib turdim. Meni huzuringga olganingda Sen Oʻzing ularning ustidan kuzatuvchi boʻlding. Sen barcha boʻlib oʻtgan narsalarga guvohdirsan.
Agar ularni azoblasang, shubhasiz, ular Sening bandalaringdir. Bordi-yu ularni mag‘firat qilsang, albatta, Sen izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotsan.
U bandalarining ustidan mutlaq hukmrondir. U hikmat egasi – Hakim va barcha ishlardan xabardor boʻlgan – Xobir Zotdir.
Ey Rasulim, ularga: “Men Allohdan boshqa sizlar iltijo qilayotganingizga ibodat qilishdan qaytarilganman”, – deb ayting. Yana ularga: “Sizlarning havoyi nafslaringizga ergashmayman. Unda men ham sizlardek toʻg‘ri yoʻldan adashgan boʻlaman va hidoyat topganlardan boʻlmay qolaman”, – deb ayting.
U bandalarining ustidan mutlaq hukmrondir. Ustingizga qilgan amallaringizni saqlab boruvchi farishtalarni yuboradi. Sizlardan biringizga oʻlim oni kelgan paytda elchilarimiz uning jonini oladilar. Ular vazifalarini benuqson bajaradilar.
Bu Allohning hidoyati boʻlib, u bilan xohlagan bandalarini toʻg‘ri yoʻlga soladi. Agarda shirk keltirganlarida edi, butun qilgan amallari behuda ketgan boʻlar edi.
Mana shu Robbingiz boʻlgan Allohdir. Undan oʻzga hech qanday iloh yoʻqdir. U barcha narsaning yaratuvchisidir, demak, faqat Unga ibodat qilinglar. U har narsaning ustida vakildir.
Ey Muhammad, ularga: “Allohning bandalari uchun chiqargan ziynatni va pokiza rizqlarni kim haromga chiqardi?” – deb ayting. Yana ularga: “Ular bu dunyo hayotida iymon keltirgan kimsalar va boshqalar uchundir, qiyomat kunida esa moʻminlarga xosdir”, – deb ayting. Shunday qilib, biladigan qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qilib bermoqdamiz.
Haqiqatan, Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. Shunda u: “Ey qavmim, Allohga qullik qilinglar. Sizlar uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Men sizlarga ulug‘ kunning azobi kelishidan qoʻrqaman”, – dedi.
Od oʻz qavmiga esa ularning birodarlari Hud payg‘ambarni elchi qilib yubordik. Hud oʻz qavmiga: “Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Allohdan qoʻrqmaysizlarmi?!” – dedi.
Ular payg‘ambarga qarata: “Bizga yolg‘iz Allohga ibodat qilishimiz va ota-bobolarimiz sig‘ingan narsalarni tark etishimiz uchun keldingmi? Agar rost aytuvchilardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsalaringni keltir”, – dedilar.
Ular payg‘ambarga qarata: “Bizga yolg‘iz Allohga ibodat qilishimiz va ota-bobolarimiz sig‘ingan narsalarni tark etishimiz uchun keldingmi? Agar rost aytuvchilardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsalaringni keltir”, – dedilar.