Ularga barcha moʻʼjizalar kelsa, ham, to qiyomatdagi alamli azobni koʻrmagunlaricha holatlari shunday boʻladi.
От искомого вами масдар-узак ع ذ ب образовано 373 аятов.
bir azob, azobning, azob, bir azob bor, azob-, azob, azobiga, azobi, va azob, azobidan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ularga barcha moʻʼjizalar kelsa, ham, to qiyomatdagi alamli azobni koʻrmagunlaricha holatlari shunday boʻladi.
Qani endi, halok boʻlgan qishloqlar ichida biror-bir qishloq ahli payg‘ambarlari ogohlantirganida azobni sezib, iymon keltirsalar edi, albatta, iymonlari foyda berib halok boʻlmagan boʻlar edilar. Faqatgina Yunus payg‘ambarning qavmi shunday qildi. Ular iymon keltirishgach, ulardan bu dunyo hayotidagi xorlik azobini ketkazdik va ularni oʻz ajallari bilan vafot etadigan maʼlum bir vaqtgacha dunyoda foydalantirdik.
Allohning buyrug‘i shuki, Robbingizdan mag‘firat tilang soʻngra Unga tavba qiling, shunda Alloh sizlarni maʼlum muddat dunyo hayotida chiroyli manfaat bilan foydalantiradi. Shuningdek, har bir saxiy va fazilatli kishiga Oʻz fazlini ato qiladi. Agar chaqiriqlarimdan yuz oʻgirsangiz, bas, men sizlarga ulug‘ kun boʻlmish qiyomat azobi yetishidan qoʻrqaman.
Agarda ulardan azoblashni maʼlum muddatgacha kechiktirib tursak, albatta, ular: “U azob kelishini nima toʻsib turibdi?” – deydilar. Ogoh boʻlsinlarki, u azob kelgan kunda ulardan qaytib ketuvchi boʻlmaydi va masxara qilib yurgan narsalari oʻzlarini oʻrab oladi.
Ana oʻshalar Yer yuzida hech kimni ojiz qoldira olmadilar va ular uchun Allohdan boshqa doʻstlar ham boʻlmadi. Ularga azob ziyoda qilib beriladi. Ular haqiqatni eshita olmadilar va haqni koʻruvchi ham boʻlmadilar.
Hamda “Allohdan oʻzgaga ibodat qilmang! Aks holda, men ustingizga alamli azob kunining kelishidan qoʻrqaman”, – deb aytdi.
Bas, yaqinda kimga uni xor qiluvchi azob va ustiga doimiy azob tushishini bilib olasizlar.
Bas, yaqinda kimga uni xor qiluvchi azob va ustiga doimiy azob tushishini bilib olasizlar.
Keyin: “Ey Nuh, Bizning huzurimizdan senga va sen bilan birga boʻlgan ummatlarga berilgan salomatlik va barakatlar bilan kemadan Yerga tushgin. Lekin ummatingdan kelajakda shunday kofir ummatlar ham boʻladiki, ularni dunyo neʼmatlari bilan ozgina bahramand qilamiz, soʻngra ularni Biz tomondan boʻladigan alamli azob tutadi”, – deyildi.
Vaqtiki amrimiz boʻlgan kuchli shamol azobi kelgach, Hudni va u bilan birga iymon keltirganlarni Bizdan boʻlgan rahmat tufayli qutqardik va ularni qattiq azobdan xalos qildik.
Ey qavmim, mana bu sizlarga moʻʼjiza boʻlib yuborilgan Allohning tuyasi. Bas, uni Allohning yerida bemalol oʻtlab yeb yurishiga qoʻyib beringlar va unga biror-bir yomonlik yetkazmanglar. Aks holda, sizlarni yaqinda boʻladigan azob tutadi.
Farishtalar: “Ey Ibrohim, bunday bahsdan qayt. Zero, Robbingning Lut qavmiga atalgan azob amri kelib boʻlgan. Ularga qaytarib boʻlmaydigan azob, albatta, keluvchidir”, – dedilar.
Madyan qavmiga birodarlari Shuʼaybni payg‘ambar qilib yubordik. Shuʼayb payg‘ambar: “Ey qavmim, faqat Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan boshqa iloh yoʻq. Hamda savdoda oʻlchov va tarozudan urib qolmang. Shubhasiz, men sizlarni bu hayotda yaxshi farovonliklar ichida koʻryapman. Agarda daʼvatimga ijobat qilmasangiz, sizlarga hammani oʻrab oluvchi kun boʻlgan qiyomatning azobi kelishidan xavotir olyapman”, – dedi.
Ey qavmim, qoʻlingizdan kelgan ishingizni qilavering, men ham oʻz ishimni qiluvchiman. Yaqinda kimga xor qiladigan azob kelishini va kim yolg‘onchi ekanini bilib olasiz. Boshingizga keladigan kunni kuzatib turaveringlar, men ham sizlar bilan birga kuzatib turuvchiman.
Albatta, bu hodisalarda oxirat azobidan qoʻrqqan kimsalar uchun ibrat bordir. Bu kun odamlar hisob uchun toʻplanadigan kundir. Hamda qilingan ishlar haqida adolatli guvohlik beriladigan kundir.
Yusuf qochdi, Zulayho esa quvdi va ikkisi eshikka qarab chopishdi. Soʻngra Zulayho uning koʻylagini orqa tomondan yirtib yubordi. Shu payt eshik oldida xojasi Qitfirga yoʻliqdilar. Zulayho unga: “Oilangga yomonlikni istagan kishining jazosi faqat zindonga solinishi yoki alamli azob berishdir”, – dedi.
Yoki ular Allohning azobidan bir qurshab oluvchi balo kelib qolishidan yo ularga toʻsatdan oʻzlari sezmagan hollarida qiyomat soati kelib qolishidan xotirjam boʻldilarmi?!
Ular uchun bu dunyo hayotida azob bordir. Oxirat azobi esa mashaqqatliroqdir. Ularni Allohning azobidan saqlab qoluvchi hech qanday kuch yoʻqdir.
Ular uchun bu dunyo hayotida azob bordir. Oxirat azobi esa mashaqqatliroqdir. Ularni Allohning azobidan saqlab qoluvchi hech qanday kuch yoʻqdir.
Alloh shunday Zotki, U uchun osmonlar va Yerdagi barcha narsa Unikidir. Qiyomatda boʻladigan shiddatli azob dastidan kofirlar holiga voy boʻlsin!