Ibrohim ularga: “Sizlarning Robbingiz mana bu haykallar emas, balki osmonlar va Yerning Robbidir. U ularni yoʻqdan bor qilgan Zotdir. Men bunga guvohlik beruvchilardanman”, – dedi.
От искомого вами масдар-узак اَنَا۬ образовано 68 аятов.
chunki men, men ham, men, va men, va men ham, faqat men, men shunday, mendan, meni, shubhasiz mening
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ibrohim ularga: “Sizlarning Robbingiz mana bu haykallar emas, balki osmonlar va Yerning Robbidir. U ularni yoʻqdan bor qilgan Zotdir. Men bunga guvohlik beruvchilardanman”, – dedi.
Ey insonlar, sizlarning ushbu ummatingiz aslida bir ummatdir Men esa hammangizning Robbingizman. Bas, faqat Menga ibodat qilinglar.
Ey Muhammad ularga: “Ey insonlar, men sizlar uchun, faqatgina aniq ogohlantiruvchiman”, – deb ayting.
Albatta, bu ummatingiz bir ummatdir. Men esa sizlarning Robbingizdirman, bas, faqat Mendan qoʻrqinglar.
Muso unga: “Oʻshanda men u ishni bilmagan holda qilgan edim”,– dedi.
Men gapingizga kirib moʻminlarni huzurimdan haydab yuboruvchi emasman.
Men faqatgina sizlarni Allohning azobidan aniq ogohlantiruvchiman.
Ey Muso, albatta, Men aziz va hakim boʻlgan Allohman!
Shunda Sulaymonning amridagi kuchli jinlardan boʻlgan ifrit: “Men uni senga oʻrningdan turishingdan oldin keltiraman. Albatta, men bunga qodir va ishonchlidirman”, – dedi.
Kitobdan ilmi bor boʻlgan bir zot esa: “Men uni koʻzingni ochib yumguningcha senga keltiraman”, – dedi. Keyin Sulaymon u taxtning oldida turganini koʻrgach: “Bu Robbimning shukr qilamanmi yoki noshukrlik qilamanmi, imtihon qilish uchun bergan fazlidandir. Kim shukr qilsa, bas, albatta, u faqat oʻzi uchun shukr qiladi. Kimki noshukrlik qilsa, bas, albatta, Robbim hamma narsadan behojat va ulug‘ Zotdir”, – dedi.
Shunngdek, Qurʼonni tilovat qilishga ham buyurilganman. Bas, kim haq yoʻlda yursa, faqat oʻzi uchun hidoyat topadi. Kim zalolatda boʻlsa, u holda unga: “Men faqat Allohning azobidan ogohlantiruvchiman”, – deb ayting.
Bas, qachonki, uning oldiga yetib borgach, u muborak joyda vodiyning oʻng tarafidagi daraxtdan unga: “Ey Muso, Men barcha olamlarning Robbisi boʻlgan Allohman!” – deb nido qilindi.
Kofirlar: “Unga ham Robbisi tomonidan moʻʼjizalar tushirilganda edi”, – dedilar. Ey Rasulim ularga: “Moʻʼjizalar, faqat Allohning huzuridadir. Men esa faqat aniq sizlarni oxiratdan ogohlantiruvchiman, , xolos”, – deb ayting.
Ey Muhammad, ularga: “Men faqat bir ogohlantiruvchi payg‘ambarman. Yagona boʻlgan – Vohid va hamma narsaga g‘olib – Qahhor Allohdan oʻzga iloh yoʻq”, – deb ayting.
Menga faqat oʻzimning aniq ogohlantiruvchi payg‘ambar ekanligim vahiy qilinadi, xolos.
Shayton: “Men undan yaxshiroqdirman. Meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratding”, – dedi.
Ey Muhammad, ularga: “Men daʼvatim uchun sizlardan biror bir haq soʻramayman va men payg‘ambarlikni oʻzimcha daʼvo qiluvchilardan ham emasman”, – deb ayting.
Sizlar meni Allohga kufr keltirishga va oʻzim bilmaydigan narsalarni Unga sherik qilishga chaqiryapsizlar. Men esa, sizlarni izzatli va juda mag‘firatli Zotga daʼvat qilyapman.
Ey Muhammad, ularga: “Haqiqatan, men ham xuddi sizlar kabi bir basharman. Menga “Ilohingiz yagona Alloh”, deb vahiy qilinmoqda. Bas, Uning Oʻziga toʻg‘ri yuzlaning va Unga istig‘for ayting. Mushriklarning holiga voy boʻlsin!” – deb ayting.
Yoki mana bu haqir va nutqini aniq bayon qila olmaydigan kimsadan men yaxshiroq emasmanmi?!