Oqibatda ularni qattiq zilzila tutdi va turgan joylarida tiz choʻkib qotib qoldilar.
От искомого вами масдар-узак فِي образовано 1701 аятов.
o'zida, , ichida, ichiga, u(ning nuri)da, u yerda, -da, borsa, va bor edi, ichida bo'lgan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Oqibatda ularni qattiq zilzila tutdi va turgan joylarida tiz choʻkib qotib qoldilar.
Shuʼayb payg‘ambarni yolg‘onchiga chiqarganlar xuddi u yerda ilgari hech yashamagandek boʻlib qoldilar. Shuʼaybni yolg‘onchiga chiqargan kimsalarning oʻzlari ziyon koʻruvchi boʻldilar.
Qaysi bir oʻlkaga payg‘ambar yuborsak shoyad, tavba-tazarru qilsalar deb, ularni qiyinchilik va musibatlar bilan sinovga tutganmiz.
Firʼavnning aʼyonlari: “Hozirchalik uni va akasi Horunni oʻz holiga tashlab qoʻy. Shaharlarga sehrgarlarni yig‘ib keluvchilarni joʻnatgin”, – dedilar.
Bu holni koʻrgan firʼavn: “Hali men sizlarga ruxsat bermasimdan oldin unga iymon keltirdinglarmi?! Aniqki, bu qilmishingiz shaharda Muso bilan til biriktirib, uning aholisini bu yerdan chiqarib yuborish uchun menga qilgan makringizdir. Sizlarga qanday jazo berishimni yaqinda bilib olasizlar”, – dedi.
Shunda firʼavn qavmidan boʻlgan zodagonlar: “Ey firʼavn, Muso va uning qavmini Yer yuzida buzg‘unchilik qilib yurishlariga hamda seni va ilohlaringni tark qilishlariga yoʻl qoʻyib berasanmi?” – dedilar. Firʼavn: “Yaqinda ularning oʻg‘illarini qatl qilib tashlaymiz, ayollarini esa, buzuq niyatda foydalanish uchun oʻldirmay tirik qoldiramiz. Bizlar, albatta, ular ustiga qahr oʻtkazuvchilarmiz”, – dedi.
Musoning qavmi: “Sen bizning oramizga kelishingdan oldin ham kelganingdan keyin ham koʻp ozor chekdik”, – dedi. Shunda Muso: “Ajab emas, Robbingiz dushmaningizni halok qilsa. Shunda qanday ishlar qilishingizni koʻrish uchun sizlarni Yer yuzida ularning oʻrniga oʻrinbosar qilar.
Shunday qilib, oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlari va undan g‘aflatda qolganlari sababli ulardan intiqom olib, ularni dengizga g‘arq qildik.
Bechorahol boʻlib yurgan Muso qavmini Biz barakatli qilgan yerning g‘arbu sharqini meros qilib berdik. Shunday qilib, sabr qilganlari tufayli bani Isroil avlodlariga Robbingni bergan chiroyli soʻzi qaror topdi. Firʼavn va uning qavmi yasagan binolarni va baland qilib koʻtargan qasrlarini yer bilan yakson qildik.
Albatta, anavi yerdagilar halokatga uchraguvchidir va qilayotgan ishlari botildir.
Ey bani Isroil avlodlari, sizlarni bir paytlar yomon azoblarni ravo koʻrgan, oʻg‘il bolalaringizni qatl qilib, ayol-qizlaringizni buzuq niyatda foydalanish uchun oʻldirmay tirik qoʻyib yuborgan zolim firʼavn xonadonidan qutqarganimizni eslanglar. Ana oʻsha paytda boʻlib oʻtgan hodisalarda sizlarga Robbingiz tomonidan katta bir imtihon boʻlgan edi.
Biz Musoga Tavrot oyatlarini nozil qilish uchun oʻttiz kechaga vaʼdalashdik. Keyin yana oʻn kecha bilan qoʻshib tamomladik. Shunday qilib, uning Robbisining belgilangan vaqti qirq kechaga toʻliq boʻldi. Muso akasi Horunga: “Qavmimda meni oʻrnimga qolib tur. Oralarini isloh qil va buzg‘unchilarning yoʻliga ergashma!” – deb aytdi.
Unga Tavrot lavhalarida hamma narsadan oʻgit va barcha narsaning tafsilotini yozib qoʻydik. Ey Muso, uni mahkam ushlab ol. Qavmingga buyruqlarning savobi eng yaxshilarini olishlariga buyur. Yaqinda sizlarga fosiqlar diyorining oqibati nima boʻlganini koʻrsataman.
Endi Yer yuzida nohaq kibr qilib yuruvchi kimsalarning qalblarini muhrlab, oyatlarimizdan fahmlamaydigan qilib burib qoʻyamiz. Agar ular har qanday dalillarni koʻrsalar ham, unga ishonmaydilar. Bordi-yu yetuk yoʻlni koʻrsalar, uni oʻzlariga yoʻl deb tutib olmaydilar. Aksincha, qing‘ir yoʻlni koʻrsalar, uni oʻzlariga yoʻl deb oladilar. Chunki ular oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan va uni tushunishdan g‘ofil qolgan kimsalardir.
Qilgan ishlaridan pushaymon boʻlib, qoʻllaridagi tushirilganda: “Ont ichamizki, agar Robbimiz bizga marhamat qilmasa va gunohimizni mag‘firat qilmasa, haqiqatan, bizlar ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolamiz”, – dedilar.
Shundan keyin Muso: “Ey Robbim, meni va akamni mag‘firat qilgin va rahmatingga doxil qilgin. Sen rahm qiluvchilarning eng marhamatlisi boʻlgan Zotsan”, – dedi.
Albatta, buzoqni xudo deb olgan kimsalarga Robbilari tarafidan g‘azab va dunyodagi hayotda xoru zorlik yetib keladi. Biz boʻhton toʻquvchilarni mana shunday jazolaymiz.
Musoning g‘azabi sokinlashgach, yerdagi lavhalarni qayta qoʻliga oldi. Undagi nusxada Robbilaridan qoʻrqadigan kimsalar uchun hidoyat yoʻlini koʻrsatuvchi va rahmat manbalari bor edi.
Muso yana duo qilib: “Ey Robbim, bizlarga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bitgin. Biz Senga tavba qilib qaytdik”, – dedi. Alloh unga: “Azobimni istagan bandamga yetkazaman, biroq rahmatim hamma narsadan keng boʻlgandir. Bas, u rahmatimni Mendan qoʻrqadigan kimsalarga, zakot beradiganlarga hamda oyatlarimizga iymon keltiradiganlarga yozib qoʻyaman”, – dedi.
Muso yana duo qilib: “Ey Robbim, bizlarga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni bitgin. Biz Senga tavba qilib qaytdik”, – dedi. Alloh unga: “Azobimni istagan bandamga yetkazaman, biroq rahmatim hamma narsadan keng boʻlgandir. Bas, u rahmatimni Mendan qoʻrqadigan kimsalarga, zakot beradiganlarga hamda oyatlarimizga iymon keltiradiganlarga yozib qoʻyaman”, – dedi.