U kema ularni tog‘lardek toʻlqinlar ichida olib borar ekan, Nuh bir chetda qolgan oʻg‘liga nido qilib: “Ey oʻg‘ilcham, biz bilan kemaga mingin. Kofirlar bilan birga boʻlmagin”, – dedi.
От искомого вами масдар-узак فِي образовано 1701 аятов.
o'zida, , ichida, ichiga, u(ning nuri)da, u yerda, -da, borsa, va bor edi, ichida bo'lgan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
U kema ularni tog‘lardek toʻlqinlar ichida olib borar ekan, Nuh bir chetda qolgan oʻg‘liga nido qilib: “Ey oʻg‘ilcham, biz bilan kemaga mingin. Kofirlar bilan birga boʻlmagin”, – dedi.
Ularga bu dunyoda ham, qiyomat kunida ham laʼnat ergashtirib qoʻyildi. Ey odamlar, ogoh boʻling, albatta, Od qabilasi Robbilariga kufr keltirgan edi. Ha, ogoh boʻling, Hud qavmining Od qabilasiga halokat boʻldi.
Keyin Samud qabilasiga birodarlari Solihni payg‘ambar qilib yubordik. Solih payg‘ambar: “Ey qavmim, faqat Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan boshqa iloh yoʻq. U sizlarni Yerdan paydo qilib, unda sizlarni joylashtirdi va uni obod etuvchi qildi. Bas, Undan mag‘firat tilanglar keyin Unga tavba qilinglar. Albatta, Robbim sizga shoh tomiringizdan ham yaqin va duolarni ijobat qiluvchi Zotdir”, – dedi.
Qavm Solihga: “Ey Solih, bundan oldin oramizda qandaydir umid qilinadigan kishi eding. Endi bizni bobolarimiz sig‘inadigan narsalarga ibodat qilishimizdan qaytarasanmi? Albatta, biz sen daʼvat qilayotgan narsalardan shubhadamiz”, – dedilar.
Qavm Solihga: “Ey Solih, bundan oldin oramizda qandaydir umid qilinadigan kishi eding. Endi bizni bobolarimiz sig‘inadigan narsalarga ibodat qilishimizdan qaytarasanmi? Albatta, biz sen daʼvat qilayotgan narsalardan shubhadamiz”, – dedilar.
Ey qavmim, mana bu sizlarga moʻʼjiza boʻlib yuborilgan Allohning tuyasi. Bas, uni Allohning yerida bemalol oʻtlab yeb yurishiga qoʻyib beringlar va unga biror-bir yomonlik yetkazmanglar. Aks holda, sizlarni yaqinda boʻladigan azob tutadi.
Lekin ular ogohlantirishga quloq tutmay uni soʻyib yubordilar. Solih ularga: “Uylaringizda uch kun hayotdan bahramand boʻlib foydalanib turinglar. Mana endi bu yolg‘on boʻlmagan chin vaʼdadir”, – dedi.
Zulm qilganlarni dahshatli qichqiriq tutdi. Keyin ular oʻz uylarida murdaga aylanib tiz choʻkib qoldilar.
Ular halokatdan oldin goʻyo u yerda oldin yashamagandek izlari oʻchib ketdi. Ogoh boʻling, Samud qabilasi Robbilariga kufr keltirgan edilar. Ha, ogoh boʻling, Samud qavmiga halokat yetgan edi.
Keyin Ibrohimdan qoʻrquv ketib, unga xushxabar kelgach, Biz bilan Lut qavmining halokati haqida bahslasha boshladi.
Lut payg‘ambarning oldiga yigitlar kelganini eshitgan qavmi uning yoniga xalloslab yugurib kelishdi. Ular oldindan bachchabozlik kabi yomon ishlarni qilar edilar. Lut oʻz qavmiga: “Ey qavmim, uylanishingiz uchun ana u qizlarimiz bor-ku, axir ular siz uchun pokizaroqdir. Bas, bunday qilmanglar, Allohdan qoʻrqinglar va mehmonlarim oldida meni sharmanda qilmanglar. Nahotki orangizda birorta toʻg‘ri odam yoʻq?!” – dedi.
Qavm Lut payg‘ambarga: “Qizlaringga hojatimiz yoʻqligini aniq bilasan va biz nima xohlayotganimiz senga maʼlum”, – deyishdi.
Ey qavmim, oʻlchov va tarozini adolat bilan toʻliq qilib bering. Odamlarning narsalarini kamaytirib urib qolmang va Yer yuzida fasod qiluvchilardan boʻlib buzg‘unchilik qilmang.
Shuʼaybning qavmi istehzo qilib: “Ey Shuʼayb, ota-bobolarimiz oldindan sig‘inib kelayotgan narsalarni tark etishimizga yoki mol-davlatlarimizni qanday xohlasak, shunday ishlatishimiz mumkin emasligi haqida senga oʻqiyotgan namozing buyruq beradimi? Darvoqe, sen yumshoqkoʻngil va toʻg‘ri inson eding-ku?!” – dedilar.
Qavmi unga: “Ey Shuʼayb, sening aytayotganlaringdan koʻpini tushunmayapmiz va biz seni oramizdagi bir ojiz inson ekaningni koʻrib turibmiz. Agar yoningda qarindoshlaring boʻlmaganida, seni toshboʻron qilgan boʻlar edik. Sen biz uchun hurmatli odam emassan”, – dedilar.
Vaqtiki, amrimiz boʻlgan azob vaqti kelganda, Shuʼaybga va u bilan birga iymon keltirgan kimsalarga huzurimizdan boʻlgan rahmat tufayli najot berdik. Zulm qilganlarni esa, shiddatli qichqiriq tutdi. Bas, ular uylarida murdaga aylanib, tiz choʻkib qoldilar.
Ular xuddi u yerda oldin hech qachon yashamagandek yoʻq boʻlib ketdilar. Ogoh boʻlinglar, avval Samud oʻz qavmiga halokat yetgani kabi Madyan qavmiga ham halokat yetdi.
Ular bunda ham, qiyomat kunida ham laʼnatga duchor qilindilar. Berilgan yordam qanday ham yomon yordam boʻldi!
Albatta, bu hodisalarda oxirat azobidan qoʻrqqan kimsalar uchun ibrat bordir. Bu kun odamlar hisob uchun toʻplanadigan kundir. Hamda qilingan ishlar haqida adolatli guvohlik beriladigan kundir.
Bas, biroq oʻshanda baxtsiz boʻlganlar doʻzaxda boʻladilar va ular u yerda dod-faryod qiladilar.