Bas, biroq oʻshanda baxtsiz boʻlganlar doʻzaxda boʻladilar va ular u yerda dod-faryod qiladilar.
От искомого вами масдар-узак فِي образовано 1701 аятов.
o'zida, , ichida, ichiga, u(ning nuri)da, u yerda, -da, borsa, va bor edi, ichida bo'lgan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Bas, biroq oʻshanda baxtsiz boʻlganlar doʻzaxda boʻladilar va ular u yerda dod-faryod qiladilar.
Ular u yerda osmonlar va Yer turguncha doimiy qoladilar. Faqat Robbingiz xohlasa yana Oʻzi istagan hukmini qiladi. Chunki, shubhasiz, Robbingiz xohlagan narsani qiluvchi Zotdir.
Lekin baxtli qilinganlar esa, jannatda, to osmonlar va Yer turguncha u yerda mangu qoladilar. Faqat Robbingiz xohlasa yana Oʻzi istagan hukmini qiladi va Alloh tomonidan berilgan bitmas-tuganmas atodir.

Ey Rasulim, ana oʻsha mushriklar sig‘inayotgan narsa tufayli gumonda qolmang ular aniq adashgandirlar. Ular oldin ota-bobolari sig‘ingandek sig‘inaveradilar. Biz ularning jazodan ulushlarini kamaytirmasdan toʻliq qilib beruvchimiz.
Darhaqiqat, Biz Musoga ham kitob bergan edik. Bas, u haqda ixtilof qilindi. Agar Robbingizdan qiyomatgacha muhlat haqidagi soʻz oʻtmaganda edi, ularning oralarida shu dunyoning oʻzida hukm qilinar edi. Albatta, u mushriklar u haqda shubha beruvchi gumondalar.

Koshki, sizlardan oldingi asrlarda yashab oʻtgan fazilat egalari Yer yuzidagi buzg‘unchi ishlardan qaytarganlarida edi! Lekin ular ichidan Biz najot berganlardan ozchiligi bu ishni qildilar. Zulm qilganlar esa oʻz maishatlariga berilib ketdilar va gunohkorlardan boʻlib qoldilar.

Ey Rasulim, sizga payg‘ambarlarning xabarlaridan qalbingizni mustahkam qiladigan qissalarni aytib beryapmiz. Bu qissalarda sizga haqiqat, nasihat hamda barcha moʻminlar uchun eslatmalar keldi.
Haqiqatan, Yusuf va uning akalari qissasida ibrat olib soʻrovchilar uchun alomatlar bor edi.
Oʻshanda akalar Yusuf uchun: “Yusuf va uning ukasi Binyamin otamizga bizdan koʻra sevimliroqdir. Vaholanki, biz bir toʻp koʻpchilikmiz. Haqiqatan, otamiz aniq adashishda”, – dedilar.
Oralaridan ozgina insofli boʻlgan bir soʻzlovchi: “Yoʻq, Yusufni oʻldirmanglar, agar shu ishni qilmoqchi boʻlsangiz, uni quduq qaʼriga tashlanglar, shunda uni baʼzi yoʻlovchilar olib ketadi”, – dedi.
Bas, otalarini ishontirib uni olib ketishgach, uni quduqning qaʼriga tashlashga kelishib olishdi hamda Yusufni quduqqa tashlab yubordilar. Shu payt Biz unga: “Vaqti kelganda u akalaringga bu qilgan ishlari toʻg‘risida, albatta, xabar berasan. Lekin ular asl haqiqatni sezmaydilar”, – deb vahiy qildik.
Karvon Misrga yetib kelgach, uni bir necha tanga evaziga, arzimas bahoga sotib yubordilar. Chunki ularning orasida Yusuf haqida qiziqmaydiganlar bor edi.
Misrda uni sotib olgan shahar hokimi Qitfir nomli kishi xotini Zulayhoga: “Unga yaxshilab joy ber, zora bizga foydasi tegsa yoki uni oʻg‘il qilib boqib olsak”, – dedi. Ana shunday qilib, Yusufni tushlarning taʼbirini qilishi uchun Misr yeriga joylashtirdik. Alloh Oʻz ishida g‘olibdir, lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmaydilar.
Yusuf yashaydigan uyida boʻlgan ayol undan jinsiy yaqinlik qilishni nafsi xohlab qoldi va eshiklarni berkitib: “Qani, kelaqol”, – dedi. Yusuf Zulayhoga: “Alloh saqlasin, axir, u ering menga turar joyimni yaxshilab bergan xojam-ku?! Zinokor boʻlgan zolimlar, hech qachon najot topmaydilar”, – dedi.
Bu voqeadan xabar topgan shahardagi baʼzi ayollar: “Hokimning xotini oʻz xizmatkori bilan oʻynashmoqchi boʻlibdi. Unga qattiq oshiq boʻlib qolgan ekan-da! Albatta, biz u ayolni aniq adashishda deb bilamiz”, – dedilar.

Shunda Zulayho: “Mana shu yigit haqida sizlar meni malomat qilgan edingiz. Haqiqatan, undan jinsiy yaqinlik uchun nafsini talab qilganimda, u nomusini saqladi. Qasam boʻlsinki, agar u men unga buyurayotgan ishni qilmasa, albatta, u zindonga tashlanadi va xoru zor kimsalardan boʻladi”, – dedi.