Ana oʻshalar uchun dunyoda ham azobning eng yomoni bordir va ular oxiratda eng koʻp ziyon koʻruvchilardir.
От искомого вами масдар-узак فِي образовано 1701 аятов.
o'zida, , ichida, ichiga, u(ning nuri)da, u yerda, -da, borsa, va bor edi, ichida bo'lgan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Ana oʻshalar uchun dunyoda ham azobning eng yomoni bordir va ular oxiratda eng koʻp ziyon koʻruvchilardir.
Shunday qilib, Muso olov yoniga kelgach, unga: “Olov oldidagi Zotga va uning atrofidagi kishilarga baraka berildi! Olamlarning Robbisi Allohga tasbehlar boʻlsin.
Qoʻlingni yoqangning ichiga sol, va qoramtir boʻlgan rangi hech qanday yomonliksiz oppoq boʻlib chiqadi. Bu moʻʼjizalar firʼavn va uning qavmiga olib boradigan toʻqqiz moʻʼjiza ichidadir. Darhaqiqat, ular itoatsiz qavm boʻldilar.

Sulaymon uning bu soʻzidan kulib, tabassum qildi va: “Ey Robbim, menga va ota-onamga inʼom etgan neʼmatingga shukr qilishga va Oʻzing rozi boʻladigan yaxshi amallarnigina qilishga meni muvaffaq qilgin va meni Oʻz fazling bilan solih bandalaring qatoriga kiritgin!” – dedi.
Axir osmonlar va Yerdagi barcha sirlarni oshkor qiladigan hamda sizlar yashiradigan va oshkor qiladigan barcha narsalarni biladigan Allohga sajda qilmaydilarmi?!
Malika: “Ey aʼyonlar, menga bu ishimda fatvo beringlar. Men toki sizlar guvoh boʻlmaguningizcha biror ishga qatʼiy qaror qiluvchi emasman”, – dedi.
Shaharda isloh qilmaydigan, aksincha, yer yuzida buzg‘unchilik qilib yuradigan toʻqqiz nafar kimsa bor edi.
Shaharda isloh qilmaydigan, aksincha, yer yuzida buzg‘unchilik qilib yuradigan toʻqqiz nafar kimsa bor edi.
Ana, zulm qilganlari tufayli ularning uylari huvillab yotibdi. Albatta, bunda biladigan qavm uchun katta ibrat bordir.
Yoki sizlarga quruqlik va dengiz qorong‘iliklarida toʻg‘ri yoʻlni koʻrsatadigan va Oʻz rahmat yomg‘iri oldidan shamollarni xushxabar qilib joʻnatadigan Zot yaxshiroqmi?! Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan munazzah va oliydir.
Yana ularga: “Allohdan oʻzga osmonlar va Yerdagi biror kimsa g‘ayb xabarlarini bilmaydi. Shuningdek, ular qachon qayta tirilishlarini ham sezmaydilar”, – deb ayting.
Balki, ularning oxirat haqidagi bilimlari pishib yetilgandir?! Yoʻq, ular oxiratning boʻlishidan gumondalar, aksincha, ular u haqda koʻrdirlar.
Balki, ularning oxirat haqidagi bilimlari pishib yetilgandir?! Yoʻq, ular oxiratning boʻlishidan gumondalar, aksincha, ular u haqda koʻrdirlar.
Ey Rasulim: “Yerni aylanib, jinoyatchi kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganiga nazar solinglar!” – deb ayting.
Ey Muhammad, ularning iymonsizliklari borasida g‘am chekmang va ular qilayotgan nayranglardan siqilmang.
Osmon va Yerdagi har bir sir-asror aniq kitobda yozib qoʻyilgandir.
Osmon va Yerdagi har bir sir-asror aniq kitobda yozib qoʻyilgandir.
Albatta, bu Qurʼon bani Isroil avlodiga ular u haqida ixtilof qilayotgan narsalarning koʻpini qissa qilib beradi.
Biz odamlar orom olishi uchun kechani paydo qilganimizni va kunduzni yorug‘ qilib qoʻyganimizni koʻrmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun katta ibratlar bordir.