Albatta, bunda ochiq qalb egasi boʻlgan yoki oʻzi hozir boʻlib, quloq tutgan kishi uchun eslatma bordir.
От искомого вами масдар-узак فِي образовано 1701 аятов.
o'zida, , ichida, ichiga, u(ning nuri)da, u yerda, -da, borsa, va bor edi, ichida bo'lgan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Albatta, bunda ochiq qalb egasi boʻlgan yoki oʻzi hozir boʻlib, quloq tutgan kishi uchun eslatma bordir.
Biz osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsani olti kunda yaratdik va Bizga hech qanday charchoq yetmadi.
Albatta, sizlar bu Payg‘ambar xususida qarama-qarshi soʻzdasizlar.
Ular jaholat botqog‘ida adashib yuruvchi kimsalardir.
U kunda albatta, taqvodorlar jannatlar va buloqlar ichida boʻladilar.
Ularning mol-mulklarida soʻrovchi va mol-davlatdan mahrum kishilar uchun ajratilgan haq boʻlar edi.
Ey insonlar, yer yuzida ishonuvchilar uchun koʻplab ibratlar bordir.
Oʻzlaringizda ham ibratlar bor. Axir, bularni koʻrmaysizlarmi?!
Osmonda esa rizqlaringiz va sizlarga vaʼda qilinayotgan jannat bordir.
Shunda ularning soʻzini eshitib turgan Ibrohimning xotini qichqirgancha keldida, ajablanganidan yuziga shapaloq urib: “Axir, men tug‘mas bir kampirmanku!” – dedi.
Bas, Biz u yerdagi moʻminlardan boʻlgan kishilarni chiqarib yubordik.
Lekin u joyda birgina Lut xonadonidan boshqa musulmonlarni topmadik.
Biz kofirlarni halok qilganimizdan soʻng alamli azobdan qoʻrqadigan kimsalarning ibrat olishlari uchun u joyda belgi qoldirdik.
Muso qissasida ham ibrat bor. Oʻshanda, Biz uni aniq hujjat bilan firʼavnning yoniga yuborgan edik.
Bas, Biz uni ham, askarlarini ham ushlab, ularni dengizga otdik. U oʻzining kibru havosi va kufru isyoni sababli har qanday malomatga loyiqdir.
Od qabilasi qissasida ham ibrat bordir. Oʻshanda, Biz ularning ustiga hech qanday foyda keltirmaydigan qisir boʻronni yuborgan edik.
Samud qabilasining qissasida ham ibratlar bor. Oʻshanda, Alloh tomonidan moʻʼjiza qilib yuborilgan tuyani soʻyib yuborgan paytlarida ularga: “Vaqtinchalik dunyo neʼmatidan foydalanib turinglar”, – deyilgan edi.
U kitob ochiq sahifadadir.
Ular zalolatga shoʻng‘ib, beparvo oʻynab yuradigan kimsalardir.
Taqvodor kimsalar esa bog‘lar va neʼmatlar ichidadirlar.