Haq boʻlgan qiyomat vaʼdasi yaqinlashganda birdan u kufr keltirgan kimsalarning koʻzlari dahshatdan qotib: “Eh holimizga voy boʻlsin, bizlar rostdan ham bundan g‘aflatda edik, aksincha, bizlar zolim ekanmiz”, – deydilar.
От искомого вами масдар-узак ق ر ب образовано 96 аятов.
yaqinlash, yaqinlarga, va yaqinlarga, (ularga) yaqinman, bularga yaqinlashmang, yaqindir, va yaqinlar, ularga yaqinlashmang, yanada yaqinroqdir, va (Allohga) yaqin bo'lganlardandir
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Haq boʻlgan qiyomat vaʼdasi yaqinlashganda birdan u kufr keltirgan kimsalarning koʻzlari dahshatdan qotib: “Eh holimizga voy boʻlsin, bizlar rostdan ham bundan g‘aflatda edik, aksincha, bizlar zolim ekanmiz”, – deydilar.
Bas, agar yuz oʻgirsalar, ularga: “Men sizlarga vahiyni hammaga barobar qilib eshittirdim. Sizlarga vaʼda qilinayotgan qiyomat yaqinmi yo uzoqmi bilmayman”, – deng.
Ana ular foydasidan koʻra zarari yaqinroq boʻlganga iltijo qiladilar. Ular qanday ham yomon yordamchi va qanday ham yomon hamroh!
Sizlardan fazilat va boylik egalari qarindoshlarga, miskinlarga, va muhojirlarga Alloh yoʻlida ehson qilmaslikka qasam ichmasin, balki ularni afv qilib, kechirib yuborsinlar. Alloh sizlarni mag‘firat qilishini istamaysizlarmi?! Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Firʼavn ularga: “Ha, agar shunday boʻlsa, albatta, sizlar mening yaqinlarimdan boʻlasizlar”, – dedi.
Yaqin qarindoshlaringizni Alloh azobidan ogohlantiring.
Bas, qarindosh, miskinlar va musofir haqini xayru-ehson qilish bilan ado qiling. Ana shu Allohning roziligini istaydiganlar uchun yaxshi amaldir. Aynan mana shunday odamlar oxiratda najot topuvchidirlar.
Odamlar sizdan qiyomat qachon qoim boʻlishi haqida soʻraydilar. Ularga: “Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir”, – deb ayting. Qaerdan bilasiz, balki, qiyomat yaqinda boʻlar.
Na mol-dunyolaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Bizning dargohimizga yaqin qila olmaydi. Lekin kim iymon keltirgan va solih amal qilgan boʻlsa, ana oʻshalargagina qilgan amallari tufayli koʻpaytirilgan mukofot bordir. Ular jannatdagi koʻshklarda omonlikda boʻladilar.
Ey Rasulim, ularga: “Agar men yoʻldan ozsam, bas, faqat oʻz zararimga yoʻldan ozaman va agar hidoyat topsam ham Robbim menga vahiy qilayotgan narsa tufayli topaman”, – deb ayting. Albatta, U hamma narsani eshituvchi – Samiʼ va bandalariga yaqin – Qorib Zotdir.
Ey Rasulim, agar siz mushrik va kofirlarni dahshatga tushib, qochgani joy boʻlmagan va yaqin bir makondan doʻzax tomon tutib ketilgan paytlarida koʻrsangiz edi!
Qiyomat kunida hech bir gunoh yukini koʻtaruvchi oʻzga kishining yukini koʻtarmaydi. Agar gunoh yuki og‘ir egasi oʻz yukini koʻtarishga birovni chaqirsa ham, garchi chaqiriluvchi uning qarindoshi boʻlsa-da, u gunohdan biror narsa yuklatilmaydi. Ey Muhammad, siz faqat Robbilaridan g‘oyibona qoʻrqadigan va namozni toʻliq ado etgan zotlarnigina ogohlantira olasiz. Kimki poklansa, u faqat oʻzi uchun poklangan boʻladi. Oxir oqibat qaytish faqat Allohning huzurigadir.
Ogoh boʻlingiz, ey insonlar, xolis din yolg‘iz Allohnikidir. Undan oʻzgani doʻstlar qilib olgan kimsalar: “Biz faqat ularga bizni Allohga juda yaqin qilishlari uchungina ibodat qilamiz”, – deydilar. Shubhasiz, Alloh qiyomat kunida ixtilof qilayotgan narsalari xususida ularning oʻrtasida haq bilan hukm qiladi. Albatta, Alloh yolg‘onchi va noshukr kimsalarni toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi.
Alloh haq bilan kitobni va adolat tarozisini tushirgan Zotdir. Qaerdan bilasiz, ehtimol, qiyomat soati yaqindir.
Allohning iymon keltirgan va solih amallarni qilgan bandalariga beradigan xushxabari mana shudir. Ey Muhammad, ularga: “Men sizlardan bu daʼvatim uchun haq soʻramayman, faqat qarindoshchilikdagi mehrinigina soʻrayman”, – deb ayting. Kimki, biror yaxshi amal qilsa, uning uchun oʻsha amalida yaxshilikni ziyoda qilamiz. Albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va koʻp savob beruvchi – Shakur Zotdir.
Qani endi, Allohni qoʻyib, U Zotga yaqinlashtiruvchi deb tutgan soxta ilohlari halokatdan qutulishlari uchun ularga yordam bersalar boʻlmaydi-mi!? Yoʻq, ular koʻzdan g‘oyib boʻlib qoldilar. Ana bu ularning uydirma hamda toʻqib olgan narsalaridir.
Ey Muhammad, darhaqiqat, Alloh moʻminlardan daraxt ostida sizga bayʼat qilayotgan vaqtlarida rozi boʻldi. Bas, Alloh ularning dillaridagi sadoqatni bilib, ularga xotirjamlik tushirdi va ularni Xaybar jangidagi yaqin g‘alaba bilan mukofotladi.
Qasam boʻlsinki, Alloh Rasulining koʻrgan tushini haq bilan tasdiqladi. Ey moʻminlar, inshoalloh, albatta, sizlar Masjid ul-Haromga omonlikda, sochlaringizni qirdirgan yoki qisqartirgan hollaringizda qoʻrqmasdan kirasizlar. Bas, Alloh sizlar bilmagan narsani bilib, Makka fathidan oldin yaqin Xaybar g‘alabasini nasib qildi.
Insonni Biz yaratganmiz, demak, uning nafsi vasvasa qiladigan, narsalarni ham bilamiz. Biz unga jon tomiridan ham yaqinroqmiz.
Jarchi Isrofil farishta yaqin bir makondan turib nido qiladigan kunda unga quloq tuting.