Oʻshanda Biz: “Bayt ul-Maqdisdagi shu qishloqqa kirib boringlar va u yerdagi xohlagan narsalardan bemalol tanovul qilaveringlar. Darvozadan esa sajda qilgan holda kiringlar va kirib borishda “Hitta – Robbim bizni afv et”, – deb aytinglar, shunda xatolaringizni kechiramiz va yaxshilik qiluvchi muhsin kimsalarga neʼmatlarimizni ziyoda qilib beramiz”, – deganimizni ham eslanglar.

