Meros taqsimlanayotgan vaqtda agar u yerda merosxoʻr boʻlmagan qarindoshlar, yetimlar va kambag‘allar hozir boʻlsa, ularga ham ushbu merosdan biron narsa bering va ularga koʻngil ochadigan shirin soʻzlarni ayting.
От искомого вами масдар-узак ق س م образовано 33 аятов.
(meros) taqsim(i)da, va qismat (baxt) izlashingiz, qasamyod qiluvchilar, qasamyod qilsinlar, qasamyod qiladilar, va qasamyod qildilar, va ularga qasamyod qildi, qasamyod qilganingiz, qasamyodingizni, ajratilgan
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Meros taqsimlanayotgan vaqtda agar u yerda merosxoʻr boʻlmagan qarindoshlar, yetimlar va kambag‘allar hozir boʻlsa, ularga ham ushbu merosdan biron narsa bering va ularga koʻngil ochadigan shirin soʻzlarni ayting.
Sizlarga oʻlimtik hayvon, qon, choʻchqa goʻshti, Allohdan oʻzganing nomi bilan soʻyilgan, boʻg‘ilib oʻlgan, urib oʻldirilgan, tepalikdan yiqilib tushib oʻlgan, suzib oʻldirilgan, yirtqich hayvonlar ularning bir boʻlagini parchalab yegan jonivorlar harom qilindi. Biroq jonlari chiqmasdan burun yetib kelib, ularni soʻyib olsangiz, haloldir. Shu bilan birga, but-sanamlarga atab soʻyilgan hayvonlar, fol choʻplariga qarab qismatingizni bilish uchun fol ochish ham harom qilindi. Bugun esa endi kofirlar diningizga zarar yetkaza olishdan umidlarni uzdilar. Shuning uchun ham ulardan aslo qoʻrqmanglar, faqat Mendan qoʻrqinglar. Bugun diningizni kamoliga yetkazdim, neʼmatimni sizlarga toʻliq qilib berdim hamda sizlar uchun Islomni tanlab, din boʻlishiga rozi boʻldim. Agarda kimki qattiq ocharchilikda nochor qolib, gunohga mayl boʻlmagan holda harom qilinganlardan bir miqdor yesa, gunoh boʻlmaydi. Shubhasiz, Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Keyin iymon keltirganlar: “Jon-jahdlari bilan, albatta, sizlar bilan birgamiz deb, qasam ichganlar manavilarmi?” – deydilar. U munofiqlarning qilgan amallari behuda ketdi va ziyon koʻrganlardan boʻlib qoldilar.
Ey iymon keltirganlar, agar sizlardan biringizga oʻlim holati yaqinlashib qolsa, vasiyat chog‘ida orangizdan ikki nafar adolatli kishini guvoh qilinglar. Agarda boshqa yerlarda safarda boʻlib oʻlim musibati sizlarga yetib qolsa, unda, oʻzingizdan boʻlmagan boshqa ikki nafar kimsani guvoh qilinglar. U ikki guvohni namozdan keyin ushlab turasizlar. Agarda ular haqida gumon qilsangizlar, unda ular: “Qarindosh boʻlsa ham, u qasamni arzimas bahoga sotmaymiz. Allohning guvohligini yashirmaymiz. Agar bunday qilsak, bizlar, albatta, gunohkorlardan boʻlib qolamiz”, – deb Alloh nomiga qasam ichsinlar.
Agar u ikki shohidning gunoh ish qilib xiyonat qilganligi fosh boʻlib qolsa, unda ularning oʻrinlariga meros olishga haqi boʻlgan kimsalardan boshqa ikki nafar munosibroq kishi guvohlikka turadi. Ular ham: “Bizning guvohligimiz shohidlik uchun u ikkovining guvohligidan koʻra toʻg‘riroqdir. Biz haddimizdan oshmaganmiz aks holda, biz beshak zolimlardan boʻlib qolamiz”, – deb Alloh nomiga qasam ichsinlar.
Agar ularga biron bir oyat kelsa, albatta, iymon keltirishlariga doir jon-jahd bilan Allohga qasam ichadilar. Ey Rasulim, ularga: “Shubhasiz, oyatlar Allohning huzuridadir”, – deb ayting. Ularga oyat va moʻʼjizalar kelganda ham iymonga kelmasliklarini sezmayapsizmi?
Hamda men, albatta, sizlarning foydangizga nasihat qiluvchilardanman deb, u ikkoviga qasam ichdi.
Yana ular: “Ularga Allohning rahmati yetib kelmaydi deya ont ichganlaringiz anavi bechora musulmonlarmi?” – deb aytadilar. Shundan keyin arosatda qolganlarga: “Jannatga kiringlar, endi sizlarga hech qanday xavfu xatar yoʻq va sizlar g‘am-tashvish ham chekmaysizlar”, – deyiladi.
Ey Rasulim, odamlarni ogohlantirib qoʻyingki, ularga azob keladigan qiyomat kunida zulm qilganlar: “Ey Robbimiz, bizlarga ozgina muhlat bergin, Sening chaqirig‘ingni qabul qilamiz va payg‘ambarlarga ergashamiz”, – deydilar. Shunda ularga: “Ilgari dunyoda ekaningizda aslo oxirat jazosiga duch kelmay, sizlar uchun zavol yoʻqligi haqida qasam ichmagan edingizmi?!” – deyiladi.
U jahannamning yettita darvozasi boʻlib, ulardan har bir eshik uchun zolimlarning gunohlari darajasiga qarab ajratilgan bir boʻlak bor.
Xuddi ilgari ahli kitobdan hukmlarning oson qismini olib, qiyinini chetga surib, taqsimlab oluvchilarga nozil qilganimizdek.
Kofirlar jon-jahdlari bilan: “Alloh oʻlganlarni qayta tiriltirmaydi”, – deb Alloh nomi bilan qasam ichdilar. Yoʻq, albatta, tiriltiradi. Bu Uning zimmasidagi haq vaʼdadir. Lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmaydilar.
Munofiqlar agar siz buyursangiz, albatta, jihodga chiqishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichdilar. Ularga: “Qasam ichmanglar, jihod maʼlum bir toatdir, qasam ichishga hojat yoʻqdir. Alloh qilayotgan barcha ishlaringizdan xabardor Zotdir.
Munofiqlar agar siz buyursangiz, albatta, jihodga chiqishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichdilar. Ularga: “Qasam ichmanglar, jihod maʼlum bir toatdir, qasam ichishga hojat yoʻqdir. Alloh qilayotgan barcha ishlaringizdan xabardor Zotdir.
Ular Alloh nomiga oʻzaro qasam ichib bir-birlariga: “Albatta, Solihni va unga ergashgan ahlini tunda oʻldiramiz, soʻngra uning vorisiga: “Bizlar na Solihning va na ahlining oʻlimiga guvoh boʻlmadik, Chindan ham bizlar rostgoʻy kishilarmiz”, – deymiz.
Qiyomat soati qoim boʻladigan kunda jinoyatchi kimsalar dunyo hayotida bir soatdan ortiq turmaganlariga doir qasam ichadilar. Ular dunyoda ham mana shunday haqdan yuz oʻgiruvchi edilar.
Makka kofirlari agar ularga biror ogohlantiruvchi payg‘ambar kelsa, albatta, unga iymon keltirib har qanday ummatlardan koʻra hidoyatliroq boʻlishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichgan edilar. Vaqtiki, ularga ogohlantiruvchi payg‘ambar kelgach, bu ularni hidoyatdan yanada uzoqlashtirdi.
Ey Muhammad, Robbingizning rahmati boʻlgan payg‘ambarlikni ular taqsim qiladilarmi?! Dunyo hayotida ularning oralarida maishatlarini Biz taqsimladik va baʼzilari baʼzilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qoʻydik. Robbingizning rahmati esa ular yig‘ib boradigan boyliklaridan yaxshiroqdir.
Ey Muhammad, Robbingizning rahmati boʻlgan payg‘ambarlikni ular taqsim qiladilarmi?! Dunyo hayotida ularning oralarida maishatlarini Biz taqsimladik va baʼzilari baʼzilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qoʻydik. Robbingizning rahmati esa ular yig‘ib boradigan boyliklaridan yaxshiroqdir.
Alloh buyurgan ishlarni taqsimlovchi farishtalarga qasam boʻlsin.