Ey Muhammad, ularga: “Allohning bandalari uchun chiqargan ziynatni va pokiza rizqlarni kim haromga chiqardi?” – deb ayting. Yana ularga: “Ular bu dunyo hayotida iymon keltirgan kimsalar va boshqalar uchundir, qiyomat kunida esa moʻminlarga xosdir”, – deb ayting. Shunday qilib, biladigan qavmlar uchun oyatlarni batafsil bayon qilib bermoqdamiz.

