Hamda bu odamlarga Alloh va Uning Rasuli tomonidan “Hajjul Akbar” boʻlgan Qurbon hayiti kunidagi bildirgisidir. Albatta, Alloh va Rasulining mushriklar bilan orasi ochiqdir. Bordi-yu tavba qilsangiz, u oʻzingiz uchun yaxshi ishdir. Agar iymondan yuz oʻgirsangiz, u holda Allohni ojiz qiluvchi emasligingizni bilib qoʻyinglar. Ey Rasulim, kufr keltirgan kimsalarga alamli azob haqida “xushxabar” bering.

