Shubhasiz, mening yolg‘iz Egam bu kitobni nozil qilgan Allohdir. U solih kishilarni oʻziga doʻst tutadi.
От искомого вами масдар-узак ٱلَّذِى образовано 1464 аятов.
ular ki, va ular ki, ki, va kishilarni, kishilarga, , kishining, u ki;, va ular ki;, U (Rabb) ki
Ниже приведены эти аяты с арабским текстом и узбекским переводом.
Shubhasiz, mening yolg‘iz Egam bu kitobni nozil qilgan Allohdir. U solih kishilarni oʻziga doʻst tutadi.
Undan oʻzga sizlar iltijo qilayotgan narsalar sizlarga yordam qilishga qodir emaslar va ular oʻzlariga ham yordam koʻrsata olmaydilar.
Albatta, taqvo qilgan kimsalarga shaytondan bir vasvasa kelib qolsa, darrov Allohni yodga oladilar. Ana oʻshanda ular vasvasadan qutulib haqni koʻruvchilardan boʻladilar.
Albatta, Robbingiz huzuridagi farishtalar Unga qullik qilishda takabburlik qilmaydilar. Hamda Unga tasbeh aytib, yolg‘iz Unga sajda qiladilar.
Albatta, haqiqiy moʻminlar Allohning nomi esga olinganda qalblari titraydigan, Uning oyatlari tilovat qilinganda iymonlari yanada ortadigan va yolg‘iz Robbilariga suyanadigan kimsalardir.
Shuningdek, ular namozlarini toʻliq ado qiladilar va ularga rizq qilib berganlarimizdan muhtojlarga ehson qiladilar.
Robbingiz jangda hozir boʻlgan farishtalarga vahiy qilib: “Shubhasiz, Men sizlar bilan birgaman. Iymon keltirganlarni jangda sobitqadam qilinglar. Men kufr keltirganlarning qalblariga qoʻrquv solaman. Sizlar mushriklarning boʻyniga urib oʻldiringlar. Hamda ularning har bir barmoqlarini urib sindiringlar”, – deganini yodga olinglar.

Ey iymon keltirganlar, jangda toʻda holidagi kufr keltirganlar bilan roʻbaroʻ kelib qolsangiz, ularga orqa oʻgirib qochmanglar.
Ey iymon keltirganlar, jangda toʻda holidagi kufr keltirganlar bilan roʻbaroʻ kelib qolsangiz, ularga orqa oʻgirib qochmanglar.
Ey iymon keltirganlar, Allohga va Rasuliga itoat qilinglar! Oʻzlaringiz Qurʼon hukmlarini eshitib turib, undan yuz oʻgirib ketmanglar!
Hamda ular Qurʼon hukmlarini eshitmaganlari hollarida “eshitdik”, – degan kimsalar kabi boʻlmanglar.
Chunki Alloh nazdida Yer yuzidagi jonzotlarning eng yomoni haqdan yiroq boʻlib kar va soqov boʻlib olib, aql yuritmaydigan kimsalardir.
Ey iymon keltirganlar! Sizlarni huzurli hayotga chorlovchi narsa bilan daʼvat qilsa, darhol Allohga va Rasulga itoat qilib, javob beringlar! Hamda bilib qoʻyinglarki, albatta, Alloh kishi bilan uning qalbi orasini egallab turadi. Shak-shubhasiz, Uning huzurida jam boʻlasizlar.
Sizlardan faqat zolim kimsalarga xos boʻlmay, balki hamma uchun keladigan balolardan qoʻrqinglar. Shuningdek, bilib qoʻyinglarki, albatta, Alloh azobi qattiq boʻlgan Zotdir.
Ey iymon keltirganlar! Alloh va Rasulga osiy boʻlib xiyonat qilmanglar. Hamda bila turib oralaringizdagi omonatlaringizga xiyonat qilmanglar.
Ey iymon keltirganlar! Agar Allohga itoat qilib taqvo qilsangiz, sizlarga haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat yoʻlini qilib qoʻyadi. Hamda gunohlaringizni kechib, sizlarni mag‘firat qiladi. Alloh buyuk fazlu karam sohibidir.
Ey Rasulim, kufr keltirganlarning sizni ushlab olish, oʻldirish yoki Makkadan chiqarib yuborish uchun sizga makr qilganlarini eslang. Ular oʻzlaricha makr qilar edilar, Alloh ham ularga qarshi makr qilar edi. Biroq Alloh makr qiluvchilarning yaxshirog‘idir.
Albatta, kufr keltirganlar mol-dunyolarini Allohning yoʻlidan odamlarni toʻsish uchun sarflaydilar. Ular yana sarflashda davom etaveradilar, biroq bu qilmishlari ularga nadomat boʻlib qoladi keyin esa, mag‘lubiyatga uchraydilar. Kufr keltirganlar jahannam sari toʻplanib keltiriladilar.